Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti d. Lutfullayeva, M. Saparniyazova


  Magistrlik dissertatsiyasi mavzuga aloqador ilmiy manba va faktik



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/47
Sana01.01.2022
Hajmi1,72 Mb.
#285382
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47
Bog'liq
o`zbek tili va adabiyoti bo`yicha magistrlik dissertatsiyasini yozish va himoya qilish tartibi (d. lutfullayeva, m. saparniyozova)

6.2.  Magistrlik dissertatsiyasi mavzuga aloqador ilmiy manba va faktik 

materiallardan foydalanish tartibi.

0 ‘zbek  tili  yo'nalishi  bo'yicha  magistrlik  dissertatsiyasini  yozishdan  aw al 

tadqiqotning  metodologik  asosini  to‘g‘ri  belgilashga  yordam  beruvchi  manbalami 

sinchiklab o'rganish muhim ahamiyatga ega.

O'zbek  tili yo'nalishi  bo'yicha yoziladigan magistrlik  dissertatsiyasiga tilning 

o'zaro aloqa-bog'lanishda bo'lgan birliklar yig'indisidan iborat butunlik ekanligini va 

til  birliklarining  ziddiyatli,  ikkilangan  tabiatga  egaligini  e’tirof  etuvchi  dialektika 

kategoriyalari metodologik asos vazifasini o'taydi.

Magistrlik  dissertatsiyasining  metodologik  asosini  belgilashda  mavzuga 

aloqador ilmiy-nazariy  manbalar,  O’zR DTS,  fanga oid o'quv dasturlari, “Davlat tili 

haqida”gi  qonun,  O’zR  Prezidentining  ta’lim  sohasiga  oid  farmoyishlari, 

“Magistratura  haqidagi 

nizom” 

kabilar 


muhim 

o'rin 


tutadi. 

Magistrlik 

dissertatsiyasining  metodologik  asosi  belgilangach,  mavzuga  oid  eng  zarur 

adabiyotlami tahlil qilish, ulaming ro'yxati (bibliografiyasi)ni tuzish lozim bo'ladi.

O'zbek  tili yo'nalishi  bo'yicha magistrlik  dissertatsiyasini yozishda mavzuga 

aloqador  nashr  etilganiga  kamida  o'n-o'n  besh  yil  bo'lgan  ilmiy-nazariy,  o'quv- 

uslubiy  adabiyotlar:  darsliklar,  uslubiy  qo'llanmalar,  monografiyalar,  ilmiy  maqola 

va tezislardan, shu bilan birga,  elektron darsliklardan foydalanish lozim.  Shuningdek, 

talaba  dissertatsiyani  yozishda  tilshunoslik  masalalarini  yorituvchi  “O'zbek  tili  va 

adabiyoti”,  “Til  va  adabiyot  ta’limi”,  “Filologiya  masalalari”,  “O'zMU  ilmiy 

xabarlari”,  “TDPU  ilmiy  xabarlari”,  “Ta’lim  tizimida  ijtimoiy-gumanitar  fanlar”, 

“Filologiya  masalalari” 

ilmiy-metodik  jurnali,  “Xorijiy  filologiya:  til,  adabiyot, 

ta’lim jumallari materiallaridan o'rinli foydalansa maqsadga muvofiq bo'ladi.

Magistrlik  dissertatsiyasi  mavzusiga oid  ilmiy  adabiyotlaming yetarli  bo'lishi, 

ularda  mavzuning  chuqur  tahlil  etilishi  talabaga  dissertatsya  rejasini  hamda 

yoritiladigan asosiy masalalarni to'g'ri belgilab olishga imkon yaratadi.

Mavzuga  oid  mavjud  adabiyotlami  o'rganish  orqaii  talaba  magistrlik 

dissertatsiyasining  maqsad  va  vazifalarini  belgilab  oladi,  ishda  nimaga  e’tibor 

qaratishi  lozimligini  fahmlaydi,  asosiy  va  ikkilamchi  masalalarni  ajratadi.  Ilmiy




31

manbalami  o'rganish  asosida talaba  mavzuning  o'rganilganlik  darajasini  belgilaydi, 

mavzuning qaysi jihatlari hali o‘rganilmaganligini anglab yetadi.

0 ‘zbek  tili  yo‘nalishi  bo‘yicha  magistrlik  dissertatsiyasi  mavzusiga  aloqador 

ilmiy  manbalaming  rahbar tavsiyasi  asosida belgilanishi  maqsadga  muvofiq.  Negaki 

hozirgi  davrda ko'plab ilmiy  manbalar nashr etilayotgani  quvonarli boisa-da,  ularda 

ay rim  bir-biriga  zid  nazariy  qarashlaming  aks  etishi  talabani  chalg'itishga,  xato 

xulosa  chiqarishiga  sabab  bo‘lishi  mumkin.  Shu  sababli  mavzuga  oid  foydalanish 

uchun tavsiya etiladigan adabiyotlami tilshunos olimlar tomonidan ma’qullangan eng 

so‘nggi  nazariy xulosalar asosida yozilganligiga e’tibor qaratish  muhim ahamiyatga 

ega.

Magistrlik  dissertatsiyasi  mavzusiga  oid  ilmiy  manbalami  o‘rganishni  mavzu 



bo‘yicha dastlabki  ma’lumot beruvchi  darslik  va o‘quv  qoilanmalandan boshlashni 

tavsiya  etamiz.  Darslik  va  o‘quv  qoilanmalarida  mavzuga  aloqador  enh  muhim 

tushunchalar yoritilgan  boiadi.  Ulami  tahlil  qilish  asosida  mavzu bo'yicha umumiy 

tasawurga  ega  boiish  mumkin.  Talaba  asosiy  manbalami  sinchiklab  o‘rganib, 

ulardagi nazariy xulosalarga tanqidiy munosabat bildirishi lozim boiadi.

Talaba  magistrlik  dissertatsiyasi  mavzusiga  aloqador  qancha  ko‘p  ilmiy 

manbani  o‘qib  o‘rgansa,  ulami  birma-bir  tahlil  qilsa,  mavzu  yuzasidan  shunchalik 

ko‘p  maiumotga  ega boiadi.  Mavjud  ilmiy  manbalami  sinchiklab  o'rganish  orqali 

talaba mavzuning o'rganilgan va oiganilmagan jihatlarini  aniqlaydi, mavzu bo‘yicha 

umumlashma xulosalar chiqaradi.

0 ‘zbek 

tili  yo‘nalishi 

bo‘yicha  magistrlik  dissertatsiyasida  talaba  imiy 

amnbalardan muhim nazariy qarashlami sitata qilib keltirishi mumkin.  Sitatalar ilmiy 

manbadan hech o‘zgartirishsiz aynan ko'chmladi. Ilmiy manbadan keltirilgan bunday 

sitatalar talabaning nazariy  xulosasini  asoslashga yordam beradi.  Ilmiy  manbalardan 

sitata  sifatida  olingan  nazariy  qarashlarga  sahifa  so'nggida  yoki  qavs  ichida 

manbaning  adabiyotlar  ro‘yxatidagi  raqamini  ko‘rsatgan  holda  havola berish  lozim 

boiadi.  Havolada  asar  muallifi,  nomi,  nashriyoti,  nashr  yili  va  sahifasi  aniq 

ko‘rsatilishi zarur.

Talaba mavzuga oid  asosiy  ilmiy  manbalami  sinchiklab o‘rgangach,  magistrlik 

dissertatsiyasining  xomaki  rejasini  tuzadi.  Rejada  ko‘rsatilgan  asosiy  masalalar 

magistrlik dissertatsiyasining qanday boblardan tarkib topishini belgilab beradi.

0 ‘zbek  tili  yo‘nalishi  bo‘yicha  yoziladigan  magistrlik  dissertatsiyasining 

muhim  bosqichlaridan  yana  biri  faktik  material  yig‘ish  hamda  tajriba-sinov 

(eksperement) ishlarini o‘tkazishdir.

Til hodisalariga oid faktik materiallar nutq ko'rinishlaridan, lug'atlardan tanlab 

olinadi.  Magistrlik dissertatsiyasini yozish jarayonida talaba kamida uch marta faktik 

material yig‘adi:

Ilk  bosqichda  faktik  material,  odatda,  mavzuning  o‘rganilish  tarixi  bilan 

tanishish jarayonida ilmiy  adabiyotlardan yig‘iladi.  Bu faktik  materiallar  magistrlik 

dissertatsiyasining  predmetini,  metodologik  asosini  belgilashda  zamin  vazifasini 

o‘taydi.

Ikkinchi  marta faktik  material  magistrlik dissertatsiyasining  moddiy, ashyoviy 

asosi  sifatida  juda  katta  miqdorda  yigiladi.  Bu  bosqichda  o'rganilayotgan  til 

hodisasining  qoilanilish holatlari  (grammatik  shakllari,  uslubiy  ko'rinishlari,  tarixiy




32

variantlari  v.h.)ni  qayd  etish:  kartochkalarga  ko‘chirish,  har  bir  kartochkada hodisa 

to‘g‘risida  o‘z  qaydlarini,  til  hodisasi  olingan  manbani 

aniq  (kerak  bo'lganda 

osongina topa oladigan shaklda) ko‘rsatib berish vazifasi amalga oshiriladi.  Yig‘ilgan 

materiallar  yuzlab  kartochkalarni  tashkil  etishi  mumkin.  Shundan  keyingina  talaba 

yig‘gan faktik materiallarini  sistemalashtirish, tartibga solish ustida ishlaydi. Bunda u 

kartochkalarni ularda qayd etilgan hodisalaming o‘zaro o'xshash va farqliligiga ko‘ra 

guruhlaydi va ulaming sistematik kataloglarini tuzadi

Sistemalashtirilgan  faktik  materiallar  katalogi  talaba  qayd  qilgan  til 

hodisalarining  ilk  tasnifidir.  Faktik  materiallaming  mukammalligi  magistrlik 

dissertatsiyasi muvaffaqiyatini ta’minlaydi.

Sistemalashtirish yakunlangach, faktik material batafsil tavsiflanadi.  Tavsiflash 

jarayonida  til  hodisasiga  aloqador  faktik  materiallaming  yetarli  emasligi  sezilsa, 

uchinchi marta endi - maqsadli ravishda faktik material yig‘iladi.

Faktik  materiallar  bazasi  til  hodisasining  mufassal  tavsifini  beruvchi  manba 

sifatida muhim ahamiyatga ega.


Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish