4.1. Ruhiy holatning imo-ishoralar yordamida ifodalanishi.
4.3. Bob yuzasidan xulosalar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.
darajasi belgilanadi, o'rganilganlik darajasi, maqsad va vazifalari, tekshirish obyekti
magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va hajmi to‘g‘risida umumiy ma’lumot
beriladi.
Ma’lumki, til kishilar o'rtasida muloqot vositasi vazifasini bajargani bois o‘zaro
muloqotda tilning semantik jihati markaziy o‘rinni egallaydi. Umuman, tilning
moddiy va ma’naviy dunyoni aks ettirishi jarayonida semantika o‘ziga xos o‘rin
kelingan. Til birliklarining semantik jihatini o‘rganish natijasida har bir tilda tilga xos
semantik kategoriyalar ajratildi, semantik kategoriyalami ifodalovchi birliklar
tahlilga tortildi. Mana shunday semantik kategoriyalardan biri ruhiy holat
masalalari bilan shug‘ullanib kelayotgan tilshunoslar diqqat-e’tiborini tortib keldi. Bu
masalani roman-german tillari misolida o‘rgangan qator tilshunoslar bu semantik
26
kategoriyani funksional-semantik maydonga birlashtirib, uning ifoda vositalarini
aniqlashdi. Ammo qator tilshunosliklarda, jumladan, o'zbek tilshunosligida bu masala
maxsus tadqiqot obyekti bo'lgan emas. Bu holat tanlangan mavzuning o'zbek
tilshunosligida lingvistik semantika yo'nalishining dolzarb muammolaridan bin
ekanini ko'rsatadi.
Ruhiy holat semantik kategoriyasi barcha tillarga xos universal hodisadir. Holat
semantik maydonini tashkil etuvchi mikromaydon ko'nnishlari rang-barang bo'lib,
ular ichida ruhiy holat semantik kategoriyasi lingvistik mohiyati, o'ziga xos ifoda
vositalariga ega ekanligi bilan ajralib turadi.
O'zbek tilshunosligida til birliklari orqali holat ma’nosining ifodalanishi
masalasi leksik aspektda, holat fe’llari misolida ilk marta monografik aspektda
R.Rasulov tomonidan o'rganildi. Uning “O'zbek tili fe’llarining ma’no tuzilishi”
nomli tadqiqot ishi va qator maqolalarida o'zbek tilidagi holat fe’llarining tasnifi va
semantik tahliliga munosabat bildirildi. Ammo holat semantik kategoriyasi tilning
turli sath birliklari orqali namoyon bo'luvchi hodisa bo'lib, uni barcha sathda
ifodalanishi masalasini monografik aspektda o'rganish muhim ahamiyatga ega.
Dissertatsiyada o'zbek tilidagi ruhiy holatni ifodalovchi verbal va noverbal
vositalami aniqlash va ulaming nutqiy voqelanishi muammosini yoritish maqsad qilib
belgilandi. Belgilangan maqsadga erishish uchun dissertatsiya oldiga quyidagi
vazifalar qo'yildi:
- holat semantik kategoriyasining ilmiy talqiniga tavsif berish va o'rganilish
darajasini aniqlash;
- o'zbek tilida holat semantik maydonini tashkil etuvchi birliklami tasniflash;
- o'zbek tilida ruhiy holatni ifodalovchi fonetik, leksik va sintaktik vositalami
aniqlash; ruhiy holat ifodalovchi leksik birliklaming ma’noviy guruhlarini belgilash;
- o'zbek tilida ruhiy holatning noverbal vositalar orqali ifodalanishi masalasini
o'rganish;
-in so n ruhiy holatini badiiy matnda aks ettirishda yozuvchi mahoratini
belgilash.
O'zbek tilidagi ruhiy holat ifodalovchi til birliklari tadqiqot obyekti hisoblanadi.
Magistrlik dissertatsiyasida zamonaviy tilshunoslikning tavsiflash, qiyoslash, zidlash,
leksik-semantik hamda kognitiv-pragmatik tahlil usullari keng qo'llaniladi.
Dissertatsiyaning “Ruhiy holat semantik kategoriyasining tavsifi: talqin va
Do'stlaringiz bilan baham: