6.3. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi yuzasidan chiqarilgan ilmiy
xulosalarni umumlashtirishga doir ko‘rsatma!ar.
Ilmiy xulosa har qanday tadqiqot ishining mag'zi va uning eng zaruriy
qismidir. Ilmiy xulosa tadqiqotchining kuzatgan, tavsiflagan hodisasi haqidagi ilmiy
qarashalri majmuidir. Ilmiy xulosa ixcham, tushunarli, aniq, tadqiqotchi bayon etgan
tavsiflardan kelib chiqqan holda shakllantirilishi zarur.
0 ‘zbek tili yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik dissertatsiyasi mavzusini tadqiq
etish jarayonida talaba ko‘tarilgan nazariy muammoni til materiallari yordamida
ilmiy asoslab berishi, xulosalarim umumlashtirishi, erishgan natijalarini umumiy
xulosalarda birma-bir bayon etishi lozim bo‘ladi.
Magistrlik dissertatsiyasida mavjud bo‘lgan har bir bob, band (paragraf),
albatta, o‘z ilmiy xulosasi bilan yakunlanishi lozim. Bandlaming xulosalari bo‘lim
xulosasida, bo'limlamiki bob xulosalarida va nihoyat, boblaming xulosalari ishning
umumiy xulosasida yakunlanishi lozim.
Xulosalar mana shu tarzda bosqichma-bosqich biri ikkinchisini to‘ldirib kelgan
taqdirdagina magistrlik dissertatsiyasida yaxlitlik va izchillik saqlangan bo‘ladi.
Bunday izchil ilmiy xulosalar tizimiga ega bo‘lmagan magistrlik dissertatsiyasi
mukammal ilmiy tadqiqot emas, balki tartibsiz hodisalar tavsifidan iborat ish bo‘lib
qoladi.
Talaba 0 ‘zbek tili yo‘nalishi bo‘yicha yoziladigan magistrlik dissertatsiyasi
mavzusida ko‘tarilgan nazariy muammoni tadqiq etishda mavzuga aloqador o‘zbek
adiblarining badiiy asarlaridan, zarur o'rinlarda publitsistik va so‘zlashuv nutqi
materiallaridan foydalanib ish ko‘radi. Mavzuni yoritishda faktik materiallar
vazifasini o'tovchi bunday misollar magistrlik dissertatsiyasi mavzusi mohiyatiga
muvofiq kelishi, to‘g‘ri va o'rinli tanlanishi lozim. Zero, to‘g‘ri va o‘rinli tanlangan
faktik materiallar mavzu yuzasidan haqqoniy ilmiy xulosalar chiqarishga yordam
beradi.
Magistrlik dissertatsiyasida ko'tarilgan nazariy muammo yuzasidan ilmiy
asoslangan nazariy xulosalar chiqarishda talaba tanlagan tadqiq usuli ham muhim
ahamiyatga ega.
Zamonaviy tilshunoslikda tilga sistem yondashuv asosida til materiallrini
tavsiflash, chog‘ishtirish-qiyoslash, zidlash, bevosita ishtirokchilarga ajratish,
transformasiyalash, modellashtirish kabi tahlil usullaridan foydalanish samarali natija
bermoqda.
O'zbek tili yo'nalishi bo'yicha yoziladigan magistrlik dissertatsiyasida mavzu
yechimiga xizmat qiluvchi bu kabi tadqiq usullarining to'gri tanlanishi maqsadga
muvofiq. To'gri tanlangan tadqiq usuli magistrlik dissertatsiyasida o'ranilayotgan til
hodisasining nafaqat bevosita kuzatishda berilgan umumiy jihatini, balki faqat nutqda
reallashuvchi yashirin xususiyatlarini ham aniqlashga imkon beradi hamda mavzu
bo'yicha asosli va to'gri ilmiy xulosalar chiqarishga yordam beradi.
Talaba magistrlik
dissertatsiyasi
mavzusiga oid nazariy
xulosalami
umumlashtirish jarayonida ko'tarilgan muammo yuzasidan o'z shaxsiy qarashlarini
ham ifoda etishi lozim bo'ladi. Ba’zan magistratura talabasining kuzatishlari asosida
chiqargan shaxsiy xulosalari mavjud ilmiy manbalardagi nazariy xulosalarga mos
kelmasligi mumkin. Bunday holatda talaba o'z ilmiy qarashlarini to'plagan faktik
materiallari asosida to'g'ri asoslay olsa, magistrlik dissertatsiyasining ilmiy-nazariy
qimmati yanada oshadi.
Talaba magistrlik dissertatsiyasi mavzusida ko‘tarilgan muammo yuzasidan
to'g'ri nazariy xulosalar chiqarishi uchun mavzuga aloqador barcha ilmiy manbalami
chuqur o'rganishi, ulami qiyosiy tahlil qilishi lozim. Shundan so'ng u umumlashma
xulosalar chiqarishi va to'plagan faktik materiallari asosida rejadagi masalalarni
yoritib berishi lozim bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |