II. 0 ‘ZBEK TILI BC
DISSERTATSIYASI
[A YOZILADIGAN MAGISTRLIK
ULARI VA tlM lY RAHBARLARNI
BELGILASH TARTIBI
0 ‘zbek
tili bo‘yicha yoziladigan magistrlik dissertatsiyalari mavzulari
mutaxassislik kafedrasi ilmiy-tadiqiqot ishlarining umumiy yo‘nalishi asosida kafedra
professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlanadi va aw al kafedrada, so‘ngra fakultet
hamda oliy o‘quv yurti ilmiy kengashida muhokama etilib tasdiqlanadi. Dissertatsiya
ishi mavzulari va ilmiy rahbarlar kafedra taqdimnomasiga muvofiq “Magistratura
bo'limi” tavsiyasi asosida birinchi o ‘quv yilining ikkinchi semestri boshlanishiga
qadar oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan dissertatsiya ishi mavzulari birinchi o ‘quv yilining ikkinchi
semestri boshlangandan keyin ikki hafita davomida talabalarga taqdim etiladi.
Dissertatsiya ishi mavzulari taqdim etilganidan keyin bir hafta muddatda ilmiy rahbar
bilan birgalikda magistratura talabasining o‘matilgan shakldagi “Shaxsiy ish rejasi”
ishlab chiqiladi va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi.
Magistrlik dissertatsiyalari mavzulari banki har o‘quv yili boshida
mutaxassislik kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan yangilanib turadi.
0 ‘zbek
tili bo‘yicha yoziladigan magistrlik dissertatsiyalari mavzularini
belgilashda tilshunoslikning eng dolzarb muammolariga e’tibor qaratilishi lozim.
Magistrlik dissertatsiyalari mavzulari “0 ‘zbek tili” fani tarmog‘ining muayyan
muammosi yechimiga, til hodisalari statistik tahliliga qaratilgan bo‘lishi shart.
Ta’limdagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida magistrlik
dissertatsiyasi mavzularini doktorlik dissertatsiyalari mavzularining ma’lum bir
boblari bo‘yicha belgilash maqsadga muvofiq. Albatta, ta’limda uzviylik va
uzluksizlikning ta’minlanishi magistratura talabasiga tanlagan mavzusini yanada
chuqurroq va atroflicha o‘rganishiga imkon yaratadi.
0 ‘zbek
tili bo'yicha magistrlik dissertatsiyalari mavzulari magistratura
talabasi tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi, Talaba magistrlik dissertatsiyasi
mavzusini tanlashda quyidagi masalalargajiddiy e’tibor qaratishi lozim bo‘ladi:
1. Talaba magistrlik dissertatsiyasi mavzusini tanlashda mavzuning hozirgi
kunda dolzarbligi darajasiga, tilshunoslikda qay darajada tadqiq etilganligiga e’tibor
qaratishi lozim.
2. Talaba magistrlik dissertatsiyasi mavzusini tanlashda mavzuga doir ilmiy
tasawuri va nazariy bilimining mavjudligiga alohida e’tibor qaratishi lozim.
3. Talaba magistrlik dissertatsiyasi mavzusini tanlashda mavzuning sof nazariy
yoki amaliy xarakterda ekaniga e’tibor qaratishi lozim.
Talaba magistrlik dissertatsiyasini o‘zi izlanish olib borayotgan muayyan
mavzu bo'yicha yozish huquqiga ham ega. Buning uchun talaba o‘z mavzusi va
uning rejasi haqidagi ma’Iumotlami kafedra, fakultet va oliy o ‘quv yurti Ilmiy
kengashi muhokamasidan o‘tkazishi lozim boiadi. Mavzu muhokamadan o‘tgandan
so‘ng u talabaga magistrlik dissertatsiyasi mavzusi sifatida taqdim etilishi mumkin.
“Magistratura to‘g‘risidagi nizom”ga binoan magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy
rahbar tayinlanadi. Ilmiy rahbar talabaga magistrlik dissertatsiyasini yozishida ilmiy-
amaliy yordam ko‘rsatadi, tayyorlanayotgan dissertatsiyaning sifatini nazorat qilib
boradi.
0 ‘zbek tili bo'yicha magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbar mutaxassislik
kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan, ilmiy tadqiqot institutlari va boshqa oliy o‘quv
yurtlaridan taklif qilingan yuqori malakali mutaxassislardan -fan doktorlari va
professorlardan tayinlanadi. Ba’zan istisno tariqasida 0 ‘zbek tili yo‘nalishi bo‘yicha
magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy kengash qarori bilan oxirgi uch yil davomida
tilshunoslikning dolzarb mavzularida ilmiy faoliyat olib borayotgan fan nomzodlari
(dotsent) yoki ilmiy tadqiqot institutlarinmg yetakchi mutaxassislari rahbarlik
qilishlari mumkin.
Magistrlik dissertatsiyasi ikki fan tutashligida (yoki tanlangan rahbar kichik
yo‘nalish mutaxassisi) bajarilganda maslahatchi taklif etilishi mumkin.
“Magistratura to‘g‘risidagi nizom”ga binoan bitta ilmiy rahbar bir vaqtida
uchtagacha magistratura talabasining ilmiy faoliyatiga rahbarlik qilishi mumkin.
Ilmiy rahbar magistrlik dissertatsiyasi haqida xulosalarini himoyadan kamida 3
kun oldin himoya hay’atiga yozma ravishda taqdim etishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |