Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 216- guruh talabasi Mirzaeva Sadoqat Mavzu:ta’lim mazmuni. - Reja:
- 1. Ta’lim mazmuni tushunchasining umumiy xususiyatlari.
- 2. Ta’lim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari.
- 3. Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlar/
- Ta’lim jarayoni pedagogik jarayonning ajralmas, muhim qismlaridan biri bolib u oqitish, bilim, konikma va malaka hosil qilish masalalari bilan shugullanadi. Talim nazariyasini Didaktika tushunchasi bilan ham ifodalanadi. Didaktika sozi grekcha Didasko sozidan olingan bolib, Oqitish, orgatish degan manoni bildiradi. Didaktikaning organish obekti oquv jarayoni, oquv jarayonining rivojlanish qonuniyatlari, oqitish tamoyillari, metodlari va shakllaridir. Talim jarayonining asosiy mohiyati tarixan toplangan ijtimoiy bilim va tajribani yosh avlodga yetkazish, avlodlar ortasidagi ozaro bogliqlikni malum tizim orqali amalga oshirish bolib hisoblanadi.
- Talim tizimi har bir jamiyatning rivojlanish darajasidan hamda shu jamiyatning talablaridan kelib chiqqan holda shakllanadi. O’sib kelayotgan yosh avlod talim jarayonida: > Zarur bilimlar bilan qurollantiriladi; > Kerakli malakalarga ega boladi, Konikmalar hosil qiladi;
- Bilish jarayoni kabi talim jarayonida ham oquvchi bilmaslikdan bilishga, notogri va noaniq bilishdan toboro toliqroq va aniqroq, chuqurroq bilishgacha bolgan yolni bosib otadi.Bu jarayonda hissiy idrok etish ham abstrakt tafakkur ham, amalda sinab korish ham boladi. Muayyan fan va hodisalar obektiv dunyoni bilish jarayonidan organiladi va ularning tashqi, ichki mohiyatini ozlashtirish jarayonida omillar aniqlanadi. Mushohada, tasavvur va abstrakt tafakkurga asoslanib faktlar umumlashtiriladi va ilmiy xulosalar chiqarish natijasida nazariyalar, qonunlar va kategoriyalar yaratiladi.
- Bilim olish darajasi Olingan bilimni yodda saqlash tushunish Qollash tahlil sintez baholash
- Talimning mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi. Talimning mazmuni deganda, oquvchilarning oqish jarayonida egallab olishi lozim bolgan hamda tizimga solingan bilim, malaka va konikmalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi. Talimning mazmuni bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi: 1. Ijtimoiy ishlab chiqarishning eng zarur extiyojlar, ijtimoiy tozimning xususiyatlari. 2. Davlatning xalq talimi va muayyan turdagi oquv yurti oldiga qoyadigan maqsad va vazifalar. 3. Oqitish qoidalaridan kelib chiqadigan va oquvchilarning imkoniyatlarini (yosh imkoniyatlari va boshqalar) etiborga oluvchi didaktik talablar.
- Pedagogik obyektni loyihalashtirishning tartibi tayyorlov, loyihani ishlab chiqish, loyiha sifatini tekshirish jarayonlaridan iborat. Tayyorlov jarayonida obyektni tahlil etish, shakllarini tanlash, didaktik ta’minoti, ta’lim jarayonining joyi va vaqti, moddiy-texnika ta’minoti aniqlashtiriladi. Loyihani ishlab chiqish jarayonida uni tizimga keltiruvchi omillarni tanlash, tarkibiy qismlar orasidagi aloqalar va о‘zaro bog‘liqliklarni aniqlashtirish hamda hujjatni tayyorlashdan iborat bо‘ladi.
- Loyiha sifatini tekshirish uni amalga oshirish jarayonini fikran tajribadan о‘tkazish, ekspert bahosi, tahrirlash, loyihani amalga oshirish bо‘yicha qaror qabul qilish jarayonlarini о‘z ichiga oladi. V. P. Bespalko tomonidan pedagogik jarayonning loyihalashtirilishi tarkibiy qismlar sifatida maqsad, asosiy qonun-qoidalar, mazmun, metodlar, vositalar va shakllar nazarda tutiladi. Pedagogik jarayon quyidagi: maqsad, mazmun, jarayon, baholash, natija kabi tarkibiy qismlardan iborat ekanligi kо‘rsatib о‘tilgan3. Loyihalashtirishni pedagogik jarayonning tarkibiy qismlariga mos ravishda amalga oshirish maqsadga muvofiq, yani:
- − о‘quv jarayonning pedagogik tizim sifatida loyihalashtirilishi kerak bо‘lgan elementi ajratib olinadi;
- − maqsad qismi loyihalanadi;
-
- − qо‘yilgan maqsadlarga asosan о‘quv materialining mazmuni tizimlashtiriladi, ya’ni ma’lum bir tizimga keltiriladi;
- − kompetensiyalarni rivojlantirish qonuniyatlarini va bir tizimga keltirilgan mazmunning mantig’ini hisobga olgan holda, talabalarning bilim egallashi va amalda qо‘llashni о‘rganishi bо‘yicha о‘qituvchining harakatlar dasturi tuziladi.
- Bundan kelib chiqadiki, ta’lim jarayonini loyihalashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan jarayon hisoblanadi. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning boshlang‘ich bosqichi – ta’lim maqsadini belgilashdan iborat.
- Ta’lim maqsadi didaktikaning asosiy – “nima uchun о‘qitish”ni aniqlovchi kategoriyasi bо‘lib, yо‘naltirish, boshqarish vazifalarini amalga oshiradi, pedagogik faoliyatning kutilajak natijasini belgilaydi. Maqsad tashqi va ichki rejalarni о‘z ichiga oladi. Tashqi reja jamiyat ehtiyojlarini, ishlab chiqarish talablarini, fan va texnikaning rivojlanish darajasini aks ettiradi. Ichki reja shaxsning о‘ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Maqsadlar refleksiv va bosqichli bо‘lib, aniq ifodalanadi va dinamik xarakterga ega bо‘ladi. Pedagogik faoliyatning maqsadlari ichki va tashqi omillarga mos ravishda о‘zgarib turadi.
- V. S. Bezrukova ta’kidlaydiki: “Jamiyat va davlat ehtiyojlari, ta’lim standartlari va oliy ma’lumotli mutaxassislarga bо‘lgan talablar bozorini о‘rganish natijalari ta’lim maqsadlarini belgilashning an’anaviy metodologik asoslari hisoblanadi, lekin maqsadlarni belgilashning о‘ziga xos xususiyatlarini kо‘rib chiqishda ijtimoiy vazifalar bilan bir qatorda, ta’lim jarayonining xarakterini va maqsadga erishishga qaratilgan harakatlar tezligini belgilaydigan omillar hisoblanadigan shaxsning ichki intilishlarini, kasbiy qiziqishlarini, maqsadlarni amalga oshirishga tayyorlik darajasini, psixologik xususiyatlarini ham hisobga olish zarur”4.
-
- – ta’lim tizimining umumiy tuzilmasini va uning muayyan bо‘linmalarini aks ettirish;
- – shaxsning psixologik tuzilishini hisobga olish;
- – bilimlarni о‘zlashtirish darajasi bо‘yicha tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |