I-laboratoriya ishi.
Olma po’stida vujudga keladigan potentsiallar farqini o’lchash.
Ish uchun zarur vositalar: millivoltmetr, potentsallari farqini o’lchashga mo’ljallangan moslama, Petri chashkasi (2 dona). P va G shaklidagi agarli sifonchalar, kaliy xloridning 0,01 pa 0,001 n eritmalari, pipetkalar, fil’tr qog’oz, ksilol yoki skalpel, paxta, olma.
Potentsiallar farqini o’lchash uchun mo’ljallangan sistema rasmda qo’rsatilgandek qilib yig’iladi (8-rasm) va millivoltmetr elektr tarmog’iga ulanadi. Olmaning tepa tomonidan G shaklidagi agarli sifonning kalta uchi sig’adigan kattalikda teshik ochiladi. So’ngra olma Petri chashkaga shundan joylashtiriladiki undagi teshik tepaga qarasin. Petri chashkaga 0,01 n kaliy xlorid eritmasi quylib, mazkur eritma II shaklidagi agarli sifoncha vositasida, o’lchash moslamasining oraliq stakanidagi eritma bilan ulanadi. G-shaklidagi sifoncha vositasida esa olma po’stidagi teshik oraliq stakanlarning ikkinchisidagi eritma bilan ulanadi. Oraliq stakanlardagi eritmalarga tushirilib qo’yilgan elektrodlarning shtekkerlari millivoltmetrga ulanib, potentsiallar farqining dastlabki qiymati o’lchab olinadi. O’lchash ishlari har 5 minutda takrorlanib, turg’un kattaliklarga eritmaguncha davom ettiriladi. O’lchab olingan kattaliklar yozib boriladi. Turg’un kattaliklarga erishilgach, chashkadagi eritma kaliy xloridning 0,001 n eritmasiga almashtiriladi va tezlik bilan potentsiallar farqi o’lchab olinadi, keyin esa o’lchash ishlari yuqorida ko’rsatilganidek, har 5 minutda takrorlanadi. Potentsial turg’unlashgach, olma moslamadan olinib, uning eritmaga tegib turgan tomonidagi qismi ksilolda qo’llangan paxta bilan artiladi. Ksilol bo’lmagan taqdirda olmaning eritmaga tegib turadigan tomonidagi po’sti skalpel yordamida shilib tashlanadi va chashkadagi eritmaga joylashtirilib, dastlabki tartibda, oldin kaliy xloridning 0,01 n, keyin esa uniig 0,001 n eritmalarida potentsiallar farqi o’lchab olinadi.
8 -rasm. Olma po’sti orqali kelib chiqadigan fazalararo potentsiallar farqini o’lchashga mo’ljallangan moslamaning chizmasi.
1-olma, 2-Petri chashkasi, 3-oraliq stakanlar, 4-xlorlangan kumush elektrodlar. 5-Pshaklidagi, 6-G shaklkdagi agarli sifonchalar.
Qo’lga kiritilgan ma’lumotlar asosida, fazalararo potentsiallar kattaligining eritmadagi ionlar kontsentratsiyalariga bo’lgan bog’liqligini aks ettiruvchi grafik chiziladi. Bunda abstsiss o’qiga minutlarda ifodalangan vaqt, ordinata o’qiga esa millivoltlarda ifodalangan fazalararo potentsiallar farqining kattaliklari tushiriladi. Olma po’stining ksilol bilan artilishi grafikda strelkalar yordamida belgilab qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |