9- Laboratoriya ishi
Tirik to’qimalarda potentsiallar farqi. Qurbaqa ko’ndalang-targ’il muskul normal va zararlanish potentsiallar farqini o’lchash
Ish uchun zarur vositalar: millivoltmetr, qutblanmaydigan elaktrodlar o’rnatiladigan shtativ, agarli sifon, sovuq qonli hayvonlarga ishlatiladigan Ringer eritmasi, fiziologik eritma, kaliy xloridning 1% li eritmasi, doka, ip, preparat nabori, qurbaqalar.
Q urbaqaning orqa oyog’idan boldir muskuli ajratib olinadi (boldir muskuli preparatini tayyorlash metodiilovada keltirilgan). Preparat o’lchov moslamasiga shunday joylashtirilsinki, u eritma qo’yish uchun mo’ljallangan stakan (I) ustida vertikal holatda osilib turilsin. Buning uchun muskulning distal qismidagi tog’ay ligaturaga olinadi va shtativga o’rnatilgan sterjen (7) ga bog’lanadi (10-rasmga qarang).
10-rasm. Muskul shikastlanish potentsialini o’lchashga mo’ljallangan moslamaning sxemasi:
1-eritma quyiladigan stakan, 2-muskul, 3-dokadan tayyorlangan tasma, 4-agarli sifon, 5-kaliy xloridning to’yingan eritmalari quyilgan stakanlar, 6-xlorlangan kumush elektrodlar, 7-sterjen, 8-ligatura.
Muskulni elektrodlardan biriga ulash maqsadida unga o’ralgan doka tasmaning ikkinchi uchi elektrod tushirilgan kontakt eritmaga botiriladi. Muskulning ikkinchi zlektrod lokasi agarli sifon vositasida amalga oshiriladi. So’ngra muskulning proksimal tomonidan muskul uzunligining 1/5 ulushiga teng qismi qirqib tashlanadi va stakan (1) ga qo’yib qo’yilgan fiziologik eritmaga bunday tushiriladiki, muskul uzunligining yarim eritmaga botsin. Shu ishlar bajarilgach o’lchash ishlari amalga oshiriladi.
Dastlabki 10 minut davomida muskulning shikastlanish potentsiali uning fiziologik eritmadagi xolatida o’lchab olinadi. Bunday o’lchash ishlari har 5 minutda takrorlanishi shart. So’ngra, stakan (I) dagi fiziologik eritma kaliy xloridning 1,1% li eritmasiga almashtirilib, navbatdagi 20 minut davomida, shikastlanish potentsialining o’zgarishi qayd etiladi. Shunday qilib, har biri 5 minut davom etadigan to’rtta o’lchashdan keyin o’lchash ishlari yana yangidan fiziologik eritmada takrorlanadi. Bu xil o’lchash shikastlanish potentsialining dastlabki kattaligi tiklanmaguncha davom ettiriladi.
Qo’lga kiritilgan ma’lumotlar koordinata sistemasiga tushiriladi, ya’ni abstsiss o’qiga minutlarda ifodalangan vaqt ordinata o’qiga esa mallivoltlarda ifodalangan shikasyalanish potentsiali kattaliklari tushiriladi. Grafikda eritmalarning almashtirilish paytlari strelkalar vositasida ko’rsatiladi.
Eslatma. I. Muskul va doka tasma qurib qolmasligi uchun ular fiziologik eritma bilan qo’llab turilishi shart. 2. Eritmalar almashtirilganda, muskul navbatdagi eritma bilan chayilishi shart. 3. O’lchash ishlarini boshlashdan oldin, muskulning qutblik holati aniqlangan bo’lishi shart.
Ish bajarilib bo’lingach, grafik ma’lumotlari asosida, ish yuzasidan tegishli xulosalar chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |