Nizomiy nomidagi tdpu tarix fakulteti 2-bosqich 201-guruh talabasi Toshmatova Mehrinisoning O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Download 88,76 Kb.
Sana05.07.2022
Hajmi88,76 Kb.
#740508
Bog'liq
Ma-

Nizomiy nomidagi TDPU 2-bosqich 201-guruh talabasi Choriyorov Shohjahonning O’zbek tilining sohalarda qo’llanishi fanidan mustaqil ishi

Ma’lumot-axborot hujjatlari

Reja: 1. Ma’lumot axborot hujjatlari 2. Ularning korxona,tashkilot muassasalarda ishlatilish o‘rni.

MA‘LUMOT – AXBOROT HUJJATLARI  Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish yuritish jarayonida ayniqsa ko‘p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tilxat, tushuntirish xati, e’lon, hisobot kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi.  

ARIZA Ariza muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmy hujjat sanaladi. Ariza amaliyotda eng ko‘p qo‘llanadigan va keng tarqalgan hujjat turidir.

Arizada quyidagi zaruriy qismlar ifodalanishi lozim: ariza yo‘llanadigan muassasa nomi yoki rahbarning vazifasi, unvoni, ismi, ota ismi va familiyasi: - ariza yozuvchining turar joyi yoki vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi; - hujjat nomi (Ariza); - ariza matni (iltimos, taklif yoki shikoyat); - zarur bo‘lgan holatda ilova qilinadigan hujjatlar nomi ; - qog‘ozning chap tomonida ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy); qog‘ozning o‘ng tomonida ariza yozuvchining imzosi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi. 

BAYoNNOMA -turli yig’ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini , majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat. U voqyelikning o`rni, vaqti va holati haqida ma’lumot berish bilan birgalikda, qarorlarning to`g’ri qabul qilinganligini tekshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishga imkon beradi

Bayonnomaning asosiy zaruriy qismlari: 1. Muassasa nomi. 2. Sarlavha (bamaslahat ish ko`ruvchi organ yoki yig’ilishning nomi). 3. Hujjatning nomi (Bayonnoma). 4. Yig’ilish sanasi. 5. Shartli raqami. 6. Yig’ilish joyi. 7. Tasdiqlash ustxati (agar bayonnoma tasdiqlanishi zarur bo`lsa). 8. Yig’ilish raisi va kotibining familiyasi va ismi. 9. Matn: a) qatnashuvchilar ro`yxati yoki soni; b) kun tartibi; v) eshitildi; g) so`zga chiqdilar; d) qaror qilindi. 10. Ilovalar (agar ular mavjud bo`lsa). 11. Imzolar (159-160-b.).

DALOLATNOMA Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog’liq biron-bir bo`lib o`tgan (sodir bo`lgan) voqyea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat. Dalolatnoma tuzishda xilma-xil maqsadlar ko`zlanadi, lekin uni tuzishdan asosiy maqsad sodir bo`lgan voqyea-hodisalarni yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir

Dalolatnomaning zaruriy qismlari: 1. Idora, muassasa va tarkibiy bo`linma nomi. 2. Tuzilgan sanasi va joyi. 3. Tartib raqami va tasdiq belgisi (zarur hollarda). 4. Matn sarlavhasi. 5. Hujjat turi nomi (Dalolatnoma). 6. Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbarining buyrug’i, idoraning qarori yoki ko`rsatmasi kabilar). 7. Komissiya tarkibi (Raisi va a’zolar). 8. Ishtirok etuvchilar (guvohlar). 9. Dalolatnoma matni. 10. Ilovalar (har bir ilovaning necha betligi ko`rsatiladi). 11. Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari. 12. Ijro haqidagi belgi.

Ishonchnoma – inson faoliyati jarayonida shunday paytlar bo‘ladiki, alohida bir kishi, tashkilot yoki muassasa boshqa bir shaxs, tashkilot yoki muassasa bilan bo‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarini amalga oshirishda, oldi-berdi qilishda vositachilik qiladigan boshqa shaxslarning ko‘magiga muhtoj bo‘ladi. Ana shu vositachilikni qonun-qoidalar yordamida amalga oshirish maqsadida ularning qo‘liga ishonch qog‘ozi – ishonchnoma beriladi. Ishonchnomani olgan kishi boshqa bir shaxs, tashkilot yoki muassasa oldida uni berganlar nomidan ish ko‘rish huquqiga ega bo‘ladi.

Tilxat – pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoki boshqa biror narsa olinganligini, shuningdek, ma’lum bir majburiyatlarning bajarilishini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat. Tilxatlarning aksariyati qarzga pul olishda, mol-mulkni saqlashga topshirishda, oldi-sotdi ishlarini rasmiylashtirishda tuziladi. Yuridik jihatdan to‘g‘ri tuzilgan tilxatdan zarur hollarda sud jarayonida foydalanish mumkin. Tilxat qo‘lda yoziladi , bir nusxada tayyorlanadi va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi

Tilxatning asosiy zaruriy qismlari: - Hujjatning nomi (Tilxat). - Matn: - tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otasining ismi, familiyasi; - pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otasining ismi, familiyasi (zaruriyat bo‘lganda muassasa nomi); - pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsaning nomi va ularning miqdori (zaruriyat bo‘lganda bahosi); - olinayotgan buyumning texnik holati (agar u mashina, apparatlar bo‘lsa). - Tilxat berilgan sana. - Tilxat muallifining imzosi. - Guvohlarning familiyasi, ismi, otasining ismi; yashash manzili va imzosi.

Tushuntirish xati. Xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa yoki bo‘lim rahbariga yoxud yuqori tashkilotga yo‘llanuvchi hujjat tushuntirish xati deb ataladi. Tushuntirish xati ichki va tashqi xususiyatga ega.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 88,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish