Nizomiy nomidagi tdpu tabiiy fanlar fakulteti


Oltingugurt  (IV)  oksidini  aniqlash  usullari



Download 95,33 Kb.
bet3/3
Sana13.01.2020
Hajmi95,33 Kb.
#33793
1   2   3
Bog'liq
kurs ishi anorganika


Oltingugurt  (IV)  oksidini  aniqlash  usullari 
Oltingugurt (IV) oksidi miqdorini aniqlash muhim  va ochiq yerlarda havoni tahlil qilishning tez-tez amalga oshiriladigan bosqichlaridan hisoblanadi. Qo'yilgan maqsadga bog‘liq ravishda tanlanadigan bir qancha aniqlash usullari mavjud.

Oltingugurt (IV) oksidini yodometrik-kolorimetrik aniqlash. Avvaldan yodometrik usul sulfat kislota ishlab chiqarishda katta konsentratsiyadagi SO ni aniqlash uchun qo‘llanib kelinadi, shu bilan birga bu usulni atmosferadagi kam konsentratsiyali SO2 ni aniqlash uchun ham qo‘llash mumkin. O‘lchashni joyida olib borish ushbu usulning yutug‘Ii hisoblansa, katta miqdordagi NO2 ga sezgirligi asosiy kamchiligi hisoblanadi.

Bu usul 0,0001 g yod eritmasini SO2 ishtirokida kraxmal indicator bilan rangsizlanish darajasini aniqlashga asoslangan bo'lib, solishtiruvchi eritma sifatida SO2 saqlanmagan havo o'tkazilgan eritma olinadi. Toza havoning yuborilishi ko‘k rangni yorqin siyoh rangga o’tishiga olib keladi.

Ishlash tartibi. Havo namunasi 0,5—2 daqiqa tezlik bilan aspirator yordamida g‘ovak plastinkali 25 ml 0,0001 g yod eritmasi va 25 ml kraxmal eritmasi to‘ldirilgan yuvuvchi shisha idish orqali (1/da 4g kraxmal eritilgan) o'tkaziladi. So‘ngra SO2 saqlamagan havo xuddi shunday aralashma bilan to'ldirilgan ikkinchi shisha idish orqali o‘tkaziladi. Havoni  o‘tkazgandan so‘ng ikkala suyuqlik teng hajmda, 100 ml lik ikkita silindrga quyiladi va o'lchash ishlari olib boriladi. Solishtirish eritmasi solingan silindrdan shuncha suyuqlik o'tkazilinadi, qaysiki ikkala silindrda ham bo‘yalish jadalligi bir xil bo'lsin. Namunadagi SO2 ni miqdorini quyidagi formula bilan hisoblanadi:

X=V (1—V,/V2)-3,2.

Bunda V — 0,0001 g li yod eritmasining hajmi, ml;

V — solishtirish eritmasi, hajmi ml;

V2 —ishchi eritma hajmi, ml.

SO ni yod-kraxmalli eritmasining rangsizlanishi avtomatik kolorimetrik usulga asoslangan.



Oltingugurt (IV) oksidini polyarografik aniqlash usuli.

Ushbu usulning kolorimetrik usulga qaraganda sezgirligi kam bo'lib, katta diapazonda o'lchashni ta’minlaydi va katta miqdorda NO2 ishtirok etsa ham qo'llanilsa bo'ladi.

Kam konsentratsiyadagi SO 2 ni aniqlash uchun kamida 3 ml havo namunasi talab etiladi.

Havo namunasi 30 – daqiqa tezlik bilan 30 daqiqa davomida yuvuvchi shisha idish orqali yuboriladi. Shisha idishga 100 ml yuttiruvchi eritma quyiladi, sezgirlikni oshirish zarur bo'lganda eritmani hajmi 50 ml gacha kamaytiriladi. Namuna o'tkazilgandan keyin olingan 5—10 ml eritma polyarografni elektrolizyoriga joylashtiriladi, 10 daqiqa davomida toza azot eritma orqali o'tkaziladi va bir vaqtda xuddi shunday hajmda atsetat buffer eritmasi o'tkaziladi. Ushbu ikki eritma havosiz aralashtiriladi va aralashma orqali 1,5 daqiqa davomida azot yuboriladi. So'ngra azotni yuborish to'xtatiladi va 0,35 dan 1,00 V gacha kuchlanish to'g'ri kelganda polyarograflanadi. Xuddi shunday holatda 3-30 mkg/ml miqdorda SO2 li sulfat eritmasi bo'yicha kolibrlangan (darajalangan) egri chiziq chiziladi. Aniqlash uchun quyidagi reaktivlar qo'llaniladi: Yuttiruvchi eritma: 0,05 g NaOH dagi 2 % li glitserin eritmasi. Bufer atsetat: 0,5 g natriy atsetati eritmasidagi (pH 3,85-3,95) 2,5 g li sirka kislotasi. Standart sulfat eritmasi: 1  yuttiruvchi eritmada 1,484 g metabisulfit Na2S, 0,5 yoki 1,625 g NaHSO3 eritiladi va titriyodometrik usulda aniqlanadi (1 ml da 1 mg SO2 bor). 



II.3 SO3 ning xossalari, tabiatda tarqalishi va olinishi.

Oltingugurt (VI) oksidi



Oltingugurt (IV) oksidi juda zaharli moddadir. U shilliq qavatlarga va nafas yo'llariga ta'sir qiladb, organik birikmalarni yo'q qilib yuboradi. Shuning uchun ushbu modda og’zi berk muhrlangan shisha idishlarda saqlanadi.

Yuqori temperaturada va katalizator ishtirokida SO2 da oltingugurt +4 dan kislorod bilan oltingugurt uch oksid (SO3) gacha oksidlanadi (SO2 ni katalitik oksidlash).

2SO2 + O2 = 2SO3 kat, V2O5, t = 4500C

SO3 - uch xil modifikasiyada bо‘ladi:

1.gaz holida monomer SO.

2. eng barqaror - SO3 shoyidek yaltiroq ignasimon havoda kuchli hidli, tc=400C, suv bilan shiddatli birikib sulfat kislota hosil qiladi.

3. muzga о‘xshash – SO3 modifikasiyada, tc = 16,80C, tq= 44,80C.
Bug‘ holida SO3 molekulasi tо‘g‘ri uchburchak shaklida bо‘lib markazda S atomi sp2 gibridlanish holatida bо‘ladi.

SO3 bug’lari yig’ilganda suyuq holdagi uchuvchan modda olinadi (qaynash harorati 44,8oC). Bu birikma trimerlardan tashkil topgan (SO3)3.



SO3 suyuqlik holida trimerlangan (SO3)3 bо‘ladi. Ularda oltingugurt atomlari sp3 - gibridlangan bо‘ladi va kislorod atomlari bilan tetraedr hosil qiladi. Tetraedrlar bir–birlari bilan kislorod kо‘priklari orqali bog‘langan bо‘ladi. SO3 qattiq holatda geterozan - jirli polimer strukturasiga ega.

Agar suyuqlik sovitilsa 16,8 oC larda qotib tiniq massa hosil qiladi. U muzga o’xshash va asbestsimon polimer tuzilishiga ega bo’lgan birikma hosil qiladi.



 

Ushbu strukturaviy formulada SO3 molekulalari monomer, dimer va trimer holatidagi tuzilshi keltirilgan. Oltingugurt trioksidining turli shakllari SO3 molekulalarining donor - aktseptor aloqalari shakllanishi tufayli polimerlanish qobiliyati bilan bog'liq. SO3 ning polimer tuzilmalari bir-biriga oson aylanadi va qattiq SO3 odatda nisbiy tarkibi oltingugurt angidridini ishlab chiqarish sharoitlariga bog'liq bo'lgan turli shakllarning aralashmasidan iborat.

SO3 - bu odatdagi kislota oksidi bo’lib, oltingugurt angidrididir. Uning kimyoviy faolligi juda yuqori. Shuning uchun u suv bilan o'zaro ta'sirlashganda sulfat kislota hosil qiladi:

SO3 + H2O = H2SO4

Biroq, bu reaksiyada oltingugurt kislotasi aerozol shaklida hosil bo'ladi va shuning uchun sanoatda oltingugurt (VI) oksidi oltingugurt kislotasida eriydi, keyinchalik u suvda kerakli konsentratsiyali sulfat kislota hosil qiladi.

2KOH + SO3 = K2SO4 + H2O

SO3 kuchli oksidlovchi xususiyatlari borligi bilan ajralib turadi, odatda oltingugurt (VI) oksidi reaksiyada oksidlovchi vazifasini bajarganda dioksidiga aylanadi:

5SO3 + 2P = P2O5 + 5SO2

3SO3 + H2S = 4SO2 + H2O

2SO3 + 2KI = SO2 + I2 + K2SO4

Vodorod xlorid bilan o'zaro ta'sirlashish natijasida xlorosulfon kislotasi hosil bo'ladi:

SO3 + HCl = HSO3Cl

Shu bilan birga oltingugurt dixloridi va xlor bilan o'zaro ta'sirlanib, tionil xloridni hosil qiladi:

SO3 + Cl2 + 2SCl2 = 3SOCl2



SO3 ning sulfat kislotadagi eritmasi havoda tutaydi, chunki SO3 – ajralib chiqadi va havodagi suv bug‘lari bilan oq tutun hosil qiladi. Shuning uchun ichida SO3 erigan sulfat kislotasiga «tutovchi» (oleum) kislota deyiladi. Sulfat kislota cheklanmagan miqdorda oltingugurt (VI) oksidini eritadi, demak oleum tarkibi har xil bо‘ladi va umumiy formula H2SO4 • xSO3 bilan ifodalanadi. X=1 bо‘lganda pirosulfat (H2S2O7) kislotaning rangsiz kristallari hosil bо‘ladi.

S+6 birikmalari. Bunday kuchga ega bo’lgan birikmalar SO3, SF6, SO2Cl2 va sulfatlar kiradi.

SF6 - rangsiz gaz, u bosim ostida - 50,5 oC da suyuqlikka aylanadi. U kislorodda ham vodorodda ham yonmaydi va unga suv ta’sir etmaydi. SF6 kimyoviy jihatdan juda inert. Buning sababi markaziy atomning koordinatsion to’yinganligi va SF6 ning ionlanish energiyasi qiymati juda yuqoriligi bilan tushuntiriladi. Oltingugurtni bevosita ftor bilan ta’siridan hosil bo’ladi:

                    S+3F2=SF6

Sulfid angidridga katalizator ishtirokida to’g’ridan to’g’ri xlor ta’sir ettirilganda  u sulfuril xloridga aylanadi:

                   SO2+Cl2=SO2Cl2

Sulfuril xloradning suv bilan ta’siridan sulfat kislota hosil bo’ladi:

                    SO2Cl2+2H2O= H2SO4+2HCl

Xulosa.

Oltingugurtning lotincha nomlanishi, ya'ni, "sulfur" ning kelib chiqish ildizi ma'lum emas. O‘zbek tilidagi biz bilgan nomlanishi esa turkiy tildagi "Oltin" va forscha "Gugurt" so‘zlarining qo‘shilishidan yasalgan. Uning "Yonish", "Olov" so‘zlariga aloqadorligi taxmin qilinadi. Oltingugurt haqiqatan ham yaxshi yonadi va bejizga u forslarda gugurt bilan qiyoslanmagan. Rus tilida oltingugurtni sera ("сера") deyiladi. Qadimgi rus tilida har qanday yonuvchan moddani sera deyilgan. Element nomi ham shundan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.

Shu orqali biz oltingugurtning kislorodli birikmalarini ham o’rgandik. Ushbu moddalar ya’ni SO, SO2 va SO3 moddalarining qaynash - suyuqlanish temperaturalarini, zararli va foydali tomonlarini bilib oldik. Sanoatda va albattda qishloq xo’jaligida ushbu oksidlar qay darajada muhim ekanligini bilib oldik. Bu oksidlar inson organizmi uchun ham xavfli gaz sanaladi.

Oltingugurtning Yer qa'rida tarqalish ulushi ham anchayin qiziq statistikani taqdim qiladi. Xususan, Yer po‘stining tashqi qatlamlarida oltingugurt ulushi atiga 0,03% atrofida bo‘ladi. Lekin litosfera bo‘ylab chuqurlashgan sari, oltingugurt ulushi ortib boradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Yer sayyorasida oltingugurtning umumiy ulushi 3% ga yaqin miqdorni tashkil qiladi.

Oltingugurt (IV) oksidi sanoatda keng qo'llaniladi. U sulfat kislota, selluloza sanoatida, sun’iy shoyi ishlab chiqarishda, oqartiruvchi va konservalovchi vosita sifatida, sovutgich qurilmalarida, neft sanoatida ekstraksiyalovchi modda  sifatida ishlatiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar Ro’rxati.

1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent, “O’zbekiston”, 2017 yil, 488 bet.

2. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O’zbekiston”, 2016 yil, 56 bet.

3. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Toshkent, “O’zbekiston”, 2017 yil, 104 bet.

4. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.

5. Mirziyoyev Sh.M. Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi.



6. Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining ta'limto‘g‘risidagi qonuni.

7. Oliy ta’lim muassasalarini o’quv adabiyotlari bilan ta’minlash to’g’risida Vazirlar Maxkamasining 816-son qarori

8. Rose Marie Gallagher, Paul Ingram. Complete Chemistry. OXFORD University Press USA, 2011, 320 p.

9. Taro Saito “Inorganik Chemistry”, 2004. 166 p.

10. K. Ахmеrоv, А. Djаlilоv “Umumiy vа аnоrgаnik kimyo”. Darslik. Tоshkеnt, 2003. 464 b.

11. A.S.Rafikov, D.O.Abdusamatova, Sh.I.Karimov, A.R.Tulaganov, S.X.Karimov. “Kimyo”. Darslik. Toshkent, 2017. 402 b.

12. www.bilim.uz;

13. www.lex.uz;

14. http://ziyonet.uz

15. http://titli.uz



GLOSSARIY

O’zbekcha nomi

Inglizcha nomi

Ruscha nomi

Ma’nosi

Aralashma

Mix

Смесь

Tarkibida ikki va undan оrtiq sоf mоddalar bo’lgan aralashma.

Diffuziya

Diffuzion

Диффузия

Gaz va suyuqlikdagi zarrachalarning issiqlik harakati natijasida o’z-o’zidan tarqalishi.

Ekvivalent hаjm

Equvalent volume

Эквива-лентный объем

Mоddаning ekvivalent mаssаsigа mоs kеluvchi hajmi.

Ekvivalent massa

Equvalent weight

Эквива-лентная масса

1 mol vodorod atomlari (H) bilan qoldiqsiz reaksiyaga kirishadigan yoki reaksiyalarda shunchа vоdоrodni o’rnini oladigan moddalar massasi.

Erigаnmоddаningfоizkonsen-trasiyasi

Percentage of permeate

Процент-ная концен-трациярастворен-ного вещества

Erigаn mоddа mаssаsini eritmаning mаssаsigа nisbаti, 100 g eritmаdаgi erigаn mоddаning mаssаsi.

Eruvchanlik kоeffisiеnti

Solubility factor

Коэффици-ент раст-воримости

100 g erituvchida erishi mumkin bo’lgan mоddaning maksimal massasi.

Gazning nisbiy zichligi

Relative density of gaz

Относи-тельная плотность газа

Gаzlаrning molyar massalari nisbati.

Gеterоgеn aralashma

Heteroge-neous mix

Гетероген-ная смесь

Mоddalari o’zarо chеgara sirtlari bilan ajralgan aralashma.

Gоmоgеn aralashma

Homoge-neous mix

Гомогенная смесь

Mоddalari o’zarо chеgara sirtlari bilan ajralmagan aralashma.

Indеferеnt оksid

Indifferent oxide

Индефе-рентный оксид

Asоslаrgа hаm, kislоtаlаrgа hаm mоs kеlmаydi, ulаr bilаn reaksiyagа kirishmаydi, tuzlаrni hоsil qilmаydi.

Konsentra-siya

Concenta-tion

Концентра-ция

Eritmа tаrkibidаgi erigаn mоddа vа erituvchining miqdоri.

Modda miqdori

Quantity of substance

Количество вещества

Fizik kаttаliklаrdаn biri bo’lib, 12 g uglyerоddа nеchtа аtоm bo’lsа, bаrchа mоddаlаrning shunchа sоndаgi zаrrаchаlаri (mоlеkulаlаri, аtоmlаri, iоnlаri) shu mоddаning 1 mоl miqdоrigа tеng.

Mol

Mol

Моль

Mоddа miqdоrining o’lchоv birligi.

Molyarkonsentra-siya

Molarity

Молярная концентра-ция

Erigаn mоddа miqdоrini eritmаning hаjmigа nisbаti, 1 dm3 yoki 1 litr eritmаdаgi erigаn mоddаning mоllаr sоni.

Molyar massa

Molar mass

Молярная масса

1 mol moddaning massasi.

Murakkab moddalar

Difficult substances

Сложные вещества

Turli elementlarning atomlaridan tashkil topgan moddalar.

Nisbiy atom massa

Relative nuclear weight

Относи-тельная атомная масса

Berilgan element atomining o’rtacha massasini uglerod 12C atomi massasining 1/12 qismiga nisbatiga teng bo’lgan kattalik.

Nisbiy molekulyar massa

Relative molecular weight

Относи-тельная молекуляр-ная масса

Berilgan modda molekulasi o’rtacha massasini uglerod (12C) atomi massasining 1/2 qismiga nisbatiga teng bo’lgan kattalik.

Noorganik moddalar

Inorganic substances

Неоргани-ческие вещества

Minyeral mоddalar, оddiy va murakkab mоddalar, оksid, asоs, kislоta va tuzlar.


Nizomiy nomidagi TDPU “Tabiiy fanlar” fakulteti “Kimyo va uni o`qitish metodikasi” ta`lim yo`nalishi 2-kurs 201-guruh talabasi Abdullayev Saidjonning “Oltingugurtning kislorodli birikmalari” mavzusida yozilgan kurs ishiga ilmiy rahbar

XULOSASI

Nizomiy nomidagi TDPU

“Tabiiy fanlar ” fakulteti

“Kimyo va uni o`qitish metodikasi” kafedrasi mudiri

A.Yu.Iskandarov






Download 95,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish