O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TABIIY FANLAR FAKULTETI
“KIMYO VA UNI O`QITISH METODIKASI” KAFEDRASI
Himoyaga ruxsat etildi
Tabiiy fanlar fakulteti dekani
__________K.A.Saparov
“_____” _____2019 yil
5110300- “Kimyo o`qitish metodikasi” ta`lim yo`nalishi
2-kurs 201-guruh talabasi Abdullayev Saidjon Soliyevichning
“Anorganik kimyo ” fanidan
“Oltingugurtning kislorodli birikmalari” mavzusidagi
KURS ISHI
|
“Tasdiqlayman”
“Kimyo va uni o`qitish metodikasi” kafedrasi mudiri
________A.Yu.Iskandarov
“____” “_____” 2019 yil
|
Ilmiy rahbar
“Kimyo va uni o`qitish metodikasi” kafedrasi mudiri
________A.Yu.Iskandarov
“____” “_____” 2019 yil
|
|
|
Mundarija
Kirish.
I.1 O’zbekistonda talim tizimidagi islohatlar………………………………… 4
Asosiy qism.
II.1 Oltingugurt haqida umumiy malumot……………………………….…. 7
II.2 SO va SO2 ning xossalari, tabiatda tarqalishi, ishlatilishi va olinishi... 17
II.3 SO3 ning xossalari, tabiatda tarqalishi, ishlatilishi va olinishi………... 23
Xulosa………………………………………………………………..………….. 26
Foydalanilgan adabiyotlar Ro’rxati…………...……………………………… 27
ANNOTATSIYA
Mazkur kurs ishi “ Oltingugurtning kislorodli birikmalari “ mavzusida yozilgan. Oltingugurt va uning oksidlari haqida tar’if, ularning bir-biridan farqi haqida malumotlar keltirilgan. Ushbu oksidlarning tabiatda qanday holatda uchrashi, qanday xolatlarda ishlatish mumkun va ishlatish mumkun bo’lmagan xolatlat, qanday tarzda olinishi, inson hayoti uchun qanday roli borligi keng yoritib berilgan. Masala yechishning fan olimpiadasi talablariga moss usullari berilgan.
АННОТАЦИЯ
Курсовая работа называется «Кислородные соединения серы». Сера и ее оксиды описаны в терминах тарифов и различий. Существует много подробностей о том, как эти оксиды встречаются в природе, при каких условиях они могут использоваться и где их нельзя использовать, как они извлекаются и какова их роль в жизни человека. Моховские методы решения поставлены с учетом требований олимпиады.
ANNOTATION
The course work is titled "Oxygen Compounds of Sulfur". The sulfur and its oxides are described in terms of tariffs and differences. There is a great deal of detail about how these oxides occur in nature, under what conditions they can be used and where they cannot be used, how they are extracted, and their role in human life. Moss methods for solving the problem are given to the Olympiad requirements.
KIRISH
O’zbekistonda talim tizimidagi islohatlar. Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilangan.
Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.
2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirilib boriladi.
Keyingi bir yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yetmishga yakin qaror, farmon va farmoyishlari qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi.
O‘rta maxsus ta’lim tizimiga joriy yilda birinchi marta 10-sinflarga o‘quvchilar qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul jarayoni bilan barobor olib borildi. Bunda asosan ota-onalar va o‘quvchilarning xohish va istaklari inobatga olindi.
Prezidentimiz sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha ota-onalar va o‘quvchilarning fiklarnini inobatga olish, ular bilan «ochiq eshiklar» kunlari kabi tadbirlar tashkil qilib, uchrashuvlar o‘tkazish kerakligini alohida ta’kidladi.
2016/2017 o‘quv yilida 466 mingdan ortiq o‘quvchilar umumta’lim maktablarini tamomlagan bo‘lib, shundan 170 mingdan ziyodi kasb-hunar kollejlariga o‘qishga kirgan. 288 ming, ya’ni oltmish foizidan ortig‘i 10 sinflarda o‘qishlarini davom etirmoqda.
Yig‘ilishda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilinar ekan, yoshlarning kasb-hunar egalashi, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Bunda yoshlarning ulug‘ ajdodlarimiz merosini o‘rganishi, ularga mos yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ulug‘ ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi ham aynan ana shu vazifani amalga oshirishdagi ilk qadam bo‘ldi.
Mazkur maktabning tashkil etilishi kadrlarni yoshligidanoq tayyorlab borish, sohada yetuk hamda zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlashga zamin yaratadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan Astronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etiladi.
Maktablar oldiga qo‘yilayotgan talablardan biri – yuqori malakali, sohasining bilimdoni bo‘lgan o‘qituvchi-pedagoglar bazasini shakllantirish bilan birgalikda, maktabda chet tilini xam o‘qitishdir. Bu kabi ixtisoslashgan maktablarning tashkil etilayotgani yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilishda hududlar imkoniyati va salohiyatini o‘rgangan holda 8-9 sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bu ta’limning keyingi bosqichida o‘quvchilarning hunar egallashida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Endilikda umumta’lim maktablari bitiruvchilarini elikka yaqin kasbga o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari negizida zamonaviy jihozlangan o‘quv ishlab chiqarish markazlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ba’zi kasb-hunar kollejlari tegishli vazirlik va idoralarga korxona va tashkilotlarga biriktiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘lmoqda.
Bu kadrlar tayyorlashda mazkur muassasalarning ulushini oshirish va kafolatlangan ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.
Prezidentimiz soha rahbarlariga bu borada joylarga chiqib qaysi hududga qanday soha bo‘yicha mutaxassislar zarurligini o‘rganib chiqish vazifasini topshirdi.
Yig‘ilishda ta’lim muassasalari bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini takomillashtirish, yoshlarga zamonaviy talablar asosida ta’lim berish bugungi kunning asosiy masalalaridan biridir. Bu borada oliy ta’lim muassasalariga bo‘ladigan test sinovlarining ochiq va oshkoraligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlatimiz rahbari oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishiga bo‘ladigan test sinovlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish, bunda rivojlangan xorijiy davlatlarda sinovdan o‘tgan eng ilg‘or tajribalarni tatbiq etish, test sinovlarining shaffofligini ta’minlash yuzasidan ham ko‘rsatmalar berdi.
Yig‘ilishda yoshlarda oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga bo‘lgan talabning oshib borayotganini, bunda muhim bo‘lgan test sinovlari tizimining esa eskirgani qayd etildi.
Davlatimiz rahbari mutassadi rahbarlarga ta’lim tizimini takomilashtirish, o‘quv adabiyotlari bilan sifatli ta’minlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasida tegishli topshiriqlar berdi.
II. Asosiy qism.
II.1 Oltingugurt haqida umumiy ma’lumot.
16-raqamli element hammaga yaxshi tanish. Odamzot oltingugurtni juda qadim zamonlardan yaxshi biladi. Lekin, oltingugurt mustaqil kimyoviy element sifatida faqatgina 1777-yilga kelib tan olingan. Oltingugurtni alohida kimyoviy element ekanligini isbotlagan olim mashhur farang kimyogari Antuan Lavuaze (1743-1794) bo‘ladi.
Oltingugurtning lotincha nomlanishi, ya'ni, "sulfur" ning kelib chiqish ildizi ma'lum emas. O‘zbek tilidagi biz bilgan nomlanishi esa turkiy tildagi "Oltin" va forscha "Gugurt" so‘zlarining qo‘shilishidan yasalgan. Uning "Yonish", "Olov" so‘zlariga aloqadorligi taxmin qilinadi. Oltingugurt haqiqatan ham yaxshi yonadi va bejizga u forslarda gugurt bilan qiyoslanmagan. Rus tilida oltingugurtni sera ("сера") deyiladi. Qadimgi rus tilida har qanday yonuvchan moddani sera deyilgan. Element nomi ham shundan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
Qadimgi yunonlar oltingugurtni "Tion" deb nomlashgani tarixiy manbalarda qayd etiladi. Tarkibida oltingugurt mavjud bo‘lgan kimyoviy birikmalarning nomlanishida "-tio" qo‘shimchasi mavjudligi aynan shu fakt bilan bog‘liq.
Davriy jadvalda oltingugurt shundoqqina kislorodning tagidagi katakchada joylashgan. Oltingugurt atomlari ko‘p hollarda o‘zini xuddi kislorod bilan o‘xshash tarzda tutadi. Lekin, tashqi ko‘rinishidan bu ikki element hech qanday umumiylikka ega emas. Siz yaxshi bilasizki, kislorod bu - rangsiz va hidsiz gaz. Oltingugurt esa yorqin sariq rangli qattiq moddadir.
Oltingugurtning bir necha xil allotropik shakllari mavjud. Masalan, erib turgan oltingugurtni sovuq suvga to‘kib yuborilsa, qo‘ng‘ir tusli elastik tolalar hosil bo‘ladi. Ushbu moddani plastik oltingugurt deyiladi. Lekin vaqt o‘tishi bilan bunday plastik oltingugurt ham asta-sekinlik bilan biz yaxshi taniydigan sariq oddiy oltingugurt qayta aylanadi.
Kislorod, oltingugurt va ushbu guruhga mansub boshqa elementlarni kimyogarlar ba'zan xalkogenlar deb ham yuritishadi. Mazkur nomning kelib chiqishi yunonchadagi "mis tug‘diruvchi" degan so‘z bilan bog‘liqdir. Haqiqatan ham, ko‘plab metallarning rudasi, shu jumladan mis rudasi ham, odatda mazkur metallning yoki kislorod bilan, yoki oltingugurt bilan birikmasi ko‘rinishida bo‘ladi.
Tabiatda sof holdagi oltingugurt Italiyaning Sitsiliya orolida, AQSHning Luiziana va Texas shtatlaridagi konlarda mo‘l uchraydi. Ushbu konlarda oltingugurt odatda suyuq holda qazib olinadi. Chunki, shunisi qulayroq. Kondan oltingugurtni suyuq holda qazib olish jarayoni muhandislikda Frash jarayoni deb nomlanadi. Bunda, oltingugurt qatlamlari joylashgan chuqurliklarga burg‘ulash orqali ikkita tuynuk ochiladi va tuynuklardan biri orqali ichkariga qaynab turgan suv bosim ostida haydaladi. Bilasiz, suv 100 °C da qaynaydi. Oltingugurtning erib, suyuqlanishi uchun 113 °C kerak bo‘ladi. Oradagi 13 °Cfarqni yer qa'riga bosim bilan kirib borayotgan suvning shiddati hosil qilib beradi va natijada, ichkaridagi suvning harorati oltingugurtning eritishga yetarli bo‘lib kirib boradi. Erib, suyuqlangan oltingugurt boshqa bir, ya'ni, ikkinchi tuynukdan so‘rib olinadi.
Oltingugurtni odatda ikki xil ko‘rinishda uchratish mumkin. Agar oltingugurtni qaynatib, bug‘lanib chiqayotgan qismini biror sovuq yuza bilan ta'sirlashishiga sharoit yaratib berilsa, oltingugurt bug‘lari kukun shaklida qaytib tushadi va biz yaxshi taniydigan, odatda uzumni zararkunandalardan himoya qilish uchun ishlatiladigan oltingugurt kukuni hosil bo‘ladi. Agar, qaynab suyuqlangan oltingugurtni o‘z holiga qo‘yib, o‘zi tabiiy sovishini kutilsa, natijada oltingugurt qumoq-qumoq bo‘lib to‘planib, oltingugurt kesaklarini hosil qiladi.
Oltingugurtning Yer qa'rida tarqalish ulushi ham anchayin qiziq statistikani taqdim qiladi. Xususan, Yer po‘stining tashqi qatlamlarida oltingugurt ulushi atiga 0,03% atrofida bo‘ladi. Lekin litosfera bo‘ylab chuqurlashgan sari, oltingugurt ulushi ortib boradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Yer sayyorasida oltingugurtning umumiy ulushi 3% ga yaqin miqdorni tashkil qiladi.
Oltingugurt kesagi bilan bog‘liq noxush bir taassurot mavjud. Gap shundaki, XIX asrning oxirlarigacha ham odamlar xonalarni dezinfeksiya qilish uchun oltingugurtning shunday qumoqlarini tutatib yoqishar edi. Oltingugurt yonish jarayonida zangori va shitirlab ovoz chiqaruvchi olov hosil bo‘ladi. Bu jarayonda oltingugurt havodagi kislorod bilan birika boshlaydi va oltingugurt dioksidi (SO2) hosil qiladi. Oltingugurt dioksidi nomidan ham ma'lumki, bitta oltingugurt atomi va ikkita kislorod atomidan iborat bo‘ladi. U keskin o‘tkir hidli, bo‘g‘uvchi gaz bo‘ladi. Xonani dezinfeksiya qilish uchun oltingugurt qumoqlari tutatilganda, xonani albatta oltingugurt dioksidining mazkur o‘tkir noxush hidi qamrab olardi va u odamlarga juda yomon ta'sir qilardi. Lekin, o‘sha zamonlarda odamlar shunga chidashga majbur edilar. Chunki, ulardan kasallar yotgan xonani zararsizlantirish uchun boshqa samaraliroq usul bo‘lmagan. Oltingugurt dioksidi qanchalik sassiq bo‘lmasin, lekin, sof holdagi oltingugurt o‘zi hidga ega emas.
Oltingugurt dioksidi odatda oltingugurt yonganda, yoki eriganda hosil bo‘ladi. Oltingugurtni har doim ham odamlar o‘zi ataylab yoqishmaydi. Yuqorida, Yer qa'rida oltingugurt miqdori anchagina ko‘p ekanini eslab o‘tgandik. o‘sha chuqur yer qatlamlarida to‘planib qolgan oltingugurt konlari yaqinida Yer mantiyasining tektonik faolligi yuzaga kelsa, ya'ni, vulqonlarning ildiziga yaqin joylarda katta oltingugurt miqdorlari mavjud bo‘lsa, vulqon faolligi yuzaga kelgan paytlarda oltingugurt dioksidi yer qa'ridan ham atmosferaga ko‘tarila boshlaydi. Masalan, Sitsiliya orolidagi vulqonlar yaqinida oltingugurt dioksidining o‘tkir hidini darhol payqash mumkin.
Oltingugurt dioksididan tashqari oltingugurtning yana boshqa ko‘plab birikmalari mavjudki, ular ham hidining xushbo‘yligi bilan maqtana olmaydi. Oltingugurtning deyarli barcha birikmalari qandaydir sassiq, qo‘lansa hidga ega bo‘ladi, yoki, umuman hidsiz bo‘ladi. Ko‘pchilikka yoqmaydigan sarimsoqpiyozning hidi, yoki, oddiy piyozning hidi ham, uning tarkibidagi oltingugurt moddasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, xantal va rediskaning hidi ham undagi oltingugurt moddasi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Qo‘lansa hidli va tarkibida oltingugurt tutadigan moddalar umumiy tarzda merkaptanlar deyiladi. Birinchi jahon urushi paytida tomonlar bir-biriga nisbatan qo‘llagan eng zaharli gazlardan biri xantal gazi deb atalgan. Aslida-ku, bu gaz ham emas, balki uchuvchan suyuqlik bo‘lib, hidi sarimsoqpiyozning o‘ta qo‘lansa hidiga o‘xshash bo‘lgan. Tarix darsliklarida ushbu gazni "iprit" tarzida qayd etiladi. Uning kimyoviy formulasi esa C4H8Cl2S shaklida keltiriladi. Ushbu gaz undan nafas olgan odamga o‘ta bo‘g‘uvchi salbiy ta'sir ko‘rsatib, ko‘rish organlarini ham zararlagan. Uning suyuq holda teriga kelib tushishidan esa, uzoq vaqt qichishib azob beradigan va o‘ta sekin bitadigan yara-shishlar hosil bo‘lgan.
Lekin, ushbu bayon qilinganlar orqali oltingugurt hayot uchun xavfli modda ekan degan xulosa chiqarmaslik kerak. Chunki, oltingugurt hayot uchun g‘oyat zarur bo‘lgan vitaminlar tarkibida, shuningdek, penitsillinda, sulfanilamid preparatlarida, hamda, maishiy turmushda ishlatiladigan bo‘yoq moddalar tarkibida bo‘ladi. Shuningdek, barcha turdagi tirik to‘qimalarda albatta oltingugurt birikmalari mavjud bo‘ladi.
Yaxshiyamki, odam organizmida mavjud bo‘ladigan oltingugurt birikmalari hidga ega emas. Biroq, muayyan sharoitlarda ular ham hidlanib qolishi hech gap emas. Terida, soch tolalarida va qushlarning patida oltingugurt birikmalari ko‘p bo‘ladi. Siz so‘yilgan tovuq, o‘rdak, yoki g‘oz patini kuydirib tozalash jarayonini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. o‘sha kuydirish jarayonida atrofga tarqaladigan hid aynan patlardagi oltingugurt birikmalaridan taraladi. Soch kuyganda ham shunga o‘xshash hid chiqadi va u hid ham sochdagi oltingugurt birikmalari tufayli yuzaga keladi.
Tuxum ham tarkiban oltingugurt va uning birikmalariga boy bo‘ladi. Tuxum eskirgani sari undagi mazkur oltingugurt birikmalari nisbatan sodda molekulalarga parchalandi. Shu jarayonda, tarkibi bir atom oltingugurt va ikki atom vodoroddan iborat serovodorod moddasi hosil bo‘ladi. Serovodorod - aynigan tuxumga shunday qo‘lansa hid beradigan birikmadir. Ya'ni, palag‘da bo‘lgan tuxumning hidi aynan serovodorod tufayli yuzaga keladi.
Hidi o‘ra qo‘lansa va chidab bo‘lmas darajada sassiq bo‘lishiga qaramay, serovodorod birmuncha foydali kimyoviy modda sanaladi. U bilan ishlashda oson bo‘lishi uchun kimyogarlar serovodorodni suvda eritishadi. Suvda erigan serovodorod boshqa ko‘plab atomlar bilan birikishi mumkin va bunday birikish jarayonidan sulfidlar deb ataluvchi alohida turkum kimyoviy moddalar hosil bo‘ladi. Sulfidlarning turli xillari mavjud bo‘lib, ularning o‘zini tutishi ham turli-tumandir. Ulardan ayrimlari oddiy suvda ham erishi mumkin; boshqalarini eritish uchun esa kuchli yoki kuchsiz kislotalar zarur bo‘ladi. Kimyogarlar notanish muayyan moddaning nimadan tarkib topganini aniqlash uchun, unga serovodorod bilan ta'sir ko‘rsatib ko‘rishadi. Bunda, serovodorod bilan ta'sir ko‘rsatilgach Sulfidlarning o‘zini qanday tutishini kuzatiladi. Bu kimyoviy tahlil usullari ichida keng tarqalgan usullardan biri sanaladi.
Serovodorod orqali kimyoviy tahlil usuli ushbu sohadagi eng sodda va oson o‘rganiladigan usullardan biri bo‘lgani uchun, kollej va institutlarning kimyo laboratoriyalarida odatda ushbu modda hidi anqib turadi.
1839-yilda AQSHlik Charlz Gudir tasodifan, oltingugurt va rezina aralashmasini qizib turgan tancha ustiga to‘kib yuboradi. U to‘kilib ketgan mazkur aralashmani sidirib olar ekan, rezina avvalgidan ko‘ra yanada elastik bo‘lib qolgani, boz ustiga, hamon o‘zining suv shimmaslik xususiyatini saqlab qolganini payqadi. Shu tarzda, Charlz Gudir biz hozirda vulkanizatsiyadeb ataydigan jarayonni kashf qilgan edi.
Tabiatda erkin holda uchraydi. Oltingugurtning Italiya, AQSh, Yaponiya, Rossiyada katta konlari bor.
FeS – temir kolchedani; ZnS – rux aldamasi; РbS - qo’rg’oshin yaltirog’i; Вi2S3 – vismut yaltirog’i; СаSO4 • 2H2O – gips; ВаSO4; MgSO4 • 7H2O;
Na2SO4 • 10H2O glauber tuzi ko’rinishida birikmalar holida uchraydi. Oltingugurt neft, toshko’mir, o’simlik va hayvonlar tarkibida bo’ladi.
Oltingugurtning bir qancha allotropik shakl o’zgarishlari bor.Odatdagi sharoitda mo’rt sariq rangli kristallar hosil qilib, 112,8oC da suyuqlanadi, =2,07 g/sm3. Suvda erimaydi, lekin CS2, benzolda eriydi. Rombik oltingugurt. 95,6оC dan past haroratda barqaror. U oktaedrik romb holida kristallanadi.
Monoklinik yoki prizmatik oltingugurt. 95,6оC dan yuqori haroratda uzun ignasimon kristallar holida bo’ladi.
119oC da oltingugurt suyuqlanadi. 160оCda jigarrangga kiradi, 250оC dan oshganda uning qovushqoqligi kamayadi. 400оC da harakatchan, 446,6оC da qaynatdi.
Agar oltingugurt kuchli qizdirib, keyin birdan sovutilsa, idishning tubida jigar-sariq yumshoq oltingugurt hosil bo’ladi, u kauchukka o’xshab cho’ziladi. Shunday oltingugurt plastik oltingugurt deyiladi. Plastik oltingugurtning amorf shakl o’zgarishi hisoblanadi.
Oltingugurt past haroratda S8 holida bo’ladi. Harorat oshirilsa uning molekulyar massasi kamayadi. Oltingugurt bug’larida S8, S6,(500oC), 1000oC da S2 va 20000C da S holida bo’ladi. S8 molekulasi “toj” shakliga o’xshash ko’rinishda bo’ladi:
Tabiiy izotopda massa sonlari: 1632S (95,02%), 1633S (0,75%), 1634S (0,02%).
Olinish usullari. Amerikada Frank usuli qo’llaniladi. 170оC qizdirilgan suvni truba orqali oltingugurtga beriladi. Oltingugurtga tekkan issiq suv uni suyuqlantiradi va siqilgan havo bilan yer yuzasiga chiqaziladi.
Oltingugurt rudalarida yoqib, qizdirib ajratiladi. Olingan oltingugurt haydaladi.
FеАsS2 + FеS + S + As
Oltingugurtni gazlardan olish uchun Н2S va SO2 ni yuqori haroratda katalizator ishtirokida o’tkaziladi.
2Н2S + SO2 3S + 2H2O
Oltingugurt sulfatlarga uglerod ta’sir ettitilganda ham hosil bo’ladi:
CaSO4 + 4C = 4CO + CaS
Agar sulfidlar gidrolizlansa, ulardan H2S olinib, so’ngra ularni yonishidan oltingugurt olinadi:
CaS + H2O + CO2 = H2S + CaCO3
2H2S + O2 = 2S + 2H2O
Tibbiyot maqsadlari uchun kerak bo’ladigan oltingugurt natriy tiosulfatdan olinadi:
Na2S2O3 + H2SO4 = H2S2O3 + Na2SO4
H2S2O3 = H2O + SO2 + S
Oltingugurtdan СS2, qora porox, gugurt, oltingugurtli bo’yoqlar, iprit, sulfat kislota va boshqalar olinadi.
Kimyoviy xossalari. Kuchli oksidlovchilar bilan, o’zining elektronlarini berib qaytaruvchanlik xossasini namoyon qiladi.
S + O2 = SO2 S + 3F2 = SF6
S + 6HNO3 = H2SO4 + 6NO2 + 2HOH
Qaytaruvchilar bilan oltingugurt oksidlovchi bo’ladi:
Zn + S = ZnS 3S + 6KOH = K2SO3 + 2K2S + 3HOH
H2 + S = H2S Na2SO3 + S = Na2S2O3
Oltingugurt azot bilan bir necha xil birikmalar hosil qiladi: S4N4, S15N2, S16N2. Oltingugurt tetranitrid- sariq kristall modda,+178oC da syuqlanadi. U qizdirilganda portlaydi:
S4N4= 4S+2N2
U suyuq holatdagi oltingugurt va ammiak ta’siridan hosil boladi:
10S+16 NH3=S4N4+6(NH4)2S
Do'stlaringiz bilan baham: |