1-bosqich magistranti: N.Asadullayeva
Nizomiy nomidagi TDPU fizika -matematika fakulteti “Algebra,geometriya, matematik analiz” kafedrasi
M-I yo‘nalishi 1 kurslar uchun namunaviy o’quv reja
TAHLILI
Namunaviy o'quv dasturi - o'quv rejadagi aniq fanlar bo'yicha davlat ta'lim standartlariga asosan tayanch OTMlarining tegishli kafedralari tomonidan ishlab chiqiladigan, o'quv materiallarni o'zlashtirishga va o'qitish mazmuniga qo'yiladigan majburiy talablarni o'z ichiga oladigan O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan, OTMlari bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun tavsiya etiladigan me'yoriy hujjat xisoblanadi.
Namunaviy o'quv dasturi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
• Kirish
• Asosiy qism
• Amaliy mashg'ulot mavzulari
• Seminar mavzulari
• Mustaqil ta'lim mavzulari
• Tavsiya etiladigan darsliklar va o'quv qo'llanmalar ro'yxati.
Davlat ta'lim standartlari talablaridan kelib chiqib, ma'lum fanlardan chizma-hisob, kurs ishlari, loyihalari va ularning mavzu va yo'nalishlari ham keltirilishi mumkin.
Namunaviy o'quv dasturiga kamida 2 ta tashqi taqriz olinadi.
Namunaviy o'quv dasturlari vazirlikning tegishli boshqarmasi tomonidan tasdiqga tavsiya etiladi va ro'yxatga olinadi. Bu haqda o'quv dasturning bosh varog'iga belgi qo'yiladi.
Namunaviy o'quv dastur davlat ta'lim standartlariga o'zgartirishlar kiritilgan taqdirda yoki o'zga xollarda 5 yilda bir marta qayta ishlab chiqilishi va ushbu tartibga qayta tasdiqdan o'tishi zarur.
1-bosqich magistranti: N.Asadullayeva
Nizomiy nomidagi TDPU fizika -matematika fakulteti “Algebra,geometriya, matematik analiz” kafedrasi
M-I yo‘nalishi 1 kurslar uchun geometriya fanidan fan dasturi
TAHLILI
Fan dasturi me'yoriy hujjat sifatida Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim faoliyatining asosi bo'lib xisoblanadi. Unda o'quv fanlari bo'yicha talabalar tomonidan o'zlashtiriladigan asosiy bilim va zaruriy ko'nikmalar nazarda tutiladi.
Men tanishgan fan dasturi geometriya fan dasturi bo’lib, titul varog’ida Oliy va o’rta ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va №БВ-БД-1 10100-2.05 ro’yxatga olingan.
Ta’lim yunalishi ko’rsatilgan matematika va informatika. Fanning kodi Geom2013, o’quv yili, semester 1,2,3 , ects kredtlar15 jadvalning birinchi qismida yoritilgan. Jadvalning ikkinchi qismida modul turi, ta’lim turi, haftadagi dars soatlar ko’rsatilgan. Jadvalning uchhinchinchi qismida Fanning nomi(geometriya), auditoriya mashg’ulotlari(226 soat), mustaqil ta’lim(224 soat), jami yuklama(450 soat) ko’rsatilgan. Jadvalning keying qismida fanning maqsadi va asosiy nazariy qism yoritilgan. Jadvalning keying qismida amaliy mashg’ulot mavzulari va tavsiyalar ko’rsatilgan, mustaqil ta’lim va mustaqil ta’lim mavzulari ,fan kurs ishining taxminiy mavzulari yoritilgan. Fanning o’qitilish natijalari, metodlari, kredir olish talablari , foydalanilgan adabiyotlar, qo’shimcha adabiyotlar va axborot manbalari talab darajasida yoritilgan. Tarizchilar ko’rib chiqilgan. O’quv – uslubiy birlashmalar faoliyatining muvofiqlashtiruvchi kengashida maqullangan va Oliy va o’rta ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanishiga rozilik berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |