amaliyotning baholash mezoni
Amaliyotchi talabalar o‘zlari biriktirilgan kafedra mavzulariga oid vazifa-topshiriqlarni bajarishlari yetarli.
5 baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
Amaliyotning mohiyati va mazmunini to‘liq yorita olsa;
Auditoriya sharoitida va mustaqil ravishda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llay olsa;
Amaliyotdagi o‘rgangan mavzularini va ma’lumotlarni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa;
Amaliyot bo‘yicha materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lsa;
Amaliyot doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
Amaliyot bo‘yicha berilgan savollarga aniq va lo‘nda javob bera olsa;
Amaliyot hisobotini puxta tayyorlangan bo‘lsa;
Amaliyotda berilgan mustaqil topshiriqlarni to‘liq va aniq bajargan bo‘lsa;
Do'stlaringiz bilan baham: |