MALAKAVIY AMALIYOT NATIJALARINI YAKUNLASH VA HISOBOTINI HIMOYA QILISH
Amaliyot hisoboti barcha ilovalar bilan birgalikda universitetning “Amaliy matematika va informatika” kafedrasiga amaliyotdan qaytgandan so’ng bir kun davomida topshiriladi. Kafedra tomonidan tayinlangan amaliyot rahbarlari hisobotlarni tekshiradi, o’z mulohazalarini bayon etadi va taqriz yozadi. Kafedrada belgilangan grafikka binoan kafedra tomonidan tuzilgan hay’at oldida (fakultet dekani yoki muovini qatnashishi shart) amaliyot hisoboti talaba tomonidan himoya qilinadi. Malakaviy amaliyot hisoboti kafedra tomonidan ishlab chiqilgan “Talabalar malakaviy amaliyotini tashkil etish va reyting tizimida baholash bo’yicha uslubiy ko’rsatma”ga binoan baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |