Nizamiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


II BOB Mavzuning emperik o’rganilishi



Download 47,08 Kb.
bet6/8
Sana19.05.2022
Hajmi47,08 Kb.
#604799
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ABDURASULOV SHUHRAT QUDRATOVICH.

II BOB Mavzuning emperik o’rganilishi.
2.1-§ Inson kapitalini rivojlantirish taraqqiyotning muhim omili sifatida.
Inson kapitali tor maʼnoda – bu insonning intellekti, sogʻligʻi, bilimi, sifatli va unumli mehnati hamda uning turmush sifatidir. Mazkur terminni keng maʼnoda iqtisodiy rivojlanishning intensiv ishlab chiqarish omili, jamiyat va oilani rivojlantirish, mehnat resurslarining bilimli qismi, intellektual va boshqaruv mehnati, yashash va ish joyi muhitidir deb qarasak mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki inson kapitali shaxsga ega boʻlgan bilim, koʻnikma va qobiliyatlarning yigʻindisigina emas.
Boisi bu toʻplangan bilim, malaka va qobiliyat zaxirasi hisoblanadi. Bunday zaxira esa u yoki boshqa bir muhitda inson tomonidan ijtimoiy qayta ishlashga sarflanadi va mehnat unumdorligi hamda ishlab chiqarishning oʻsishiga zamin yaratadi. Oʻz navbati, toʻplangan bilim, koʻnikma va qobiliyat zaxirasining maqsadga muvofiq ishlatilishi esa faoliyatning yuqori unumdorligida xodimning ish haqi (daromadi) oʻsishiga olib kelib, yangi bilim va koʻnikmalar zaxirasini toʻplab kelajakda unumli qoʻllashga xizmat qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Maqsad - ilm-fanni tubdan rivojlantirish, yuksak natijadorlikka yoʻnaltirilgan ixtisosliklar boʻyicha milliy laboratoriyalar tizimini yaratish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, xalqaro reytinglarda mamlakatimiz fani nufuzini koʻtarish, asosiy maqsadimiz – mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirishdir”, degan soʻzlari inson resurslarini rivojlantirish sohasiga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning yana bir amaliy ifodasidir.
Taʼlim va sogʻliqni saqlash yoʻnalishiga mablagʻ ajratish inson kapitaliga kiritiladigan investitsiyalarning muhim qismi hisoblanadi. Birinchidan, taʼlim qay darajada rivojlangan boʻlsa, milliy iqtisodiyotda shunga mos kasbiy tayyorgarlikka ega boʻlgan xodimlar faoliyat koʻrsatadi va shunga mos iqtisodiy oʻsishga erishiladi. Taʼlim sohasi iqtisodiy oʻsishning kafolati boʻlib hisoblanadi.
Jahonning yetakchi olimlari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar har bir qoʻshimcha taʼlim yili inson umumiy daromadini oʻrtacha 10 foizga oshirishini koʻrsatgan. Albatta, ushbu jarayonda taʼlim sifatiga eʼtibor ham muhim omil boʻladi. Ikkinchidan, taʼlim bilan bir qatorda sogʻliqni saqlashga mablagʻ ajratish ham muhim hisoblanadi. Bu kasalliklar va oʻlimning qisqarishiga, inson umrining mehnatga layoqatli qismining uzayishiga, shu bilan bir qatorda, inson kapitalining faoliyat koʻrsatish vaqtini uzayishiga olib keladi. Mamlakatda aholining intellektual salohiyati yuqori darajaga koʻtarilishi iqtisodiyot real sektorida innovatsion faoliyatni rivojlantirishga zamin yaratadi. Natijada jamiyat aʼzolari ehtiyoji qondirilishi doimiy ravishda taʼminlanib boriladi. Inson kapitalini rivojlantirish dunyo boʻyicha yetakchi oliy taʼlim muassasalarini oʻz ichiga olgan raqobatbardosh va moslashuvchan taʼlim tizimiga asoslangan. Butun dunyo boʻylab barcha oliy taʼlim muassasalarining mehnat jamoalari oʻz taʼlim muassasalarining nufuzi, uning global reytingda yuqori oʻrni uchun kurashadi.
Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlantirish strategiyasining bosh maqsadi – mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi omil sifatida inson kapitalini rivojlantirishdir. Yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-sentyabrdagi PF-5544-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2019-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi”da Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilga borib Global innovatsion indeks reytingi boʻyicha jahonning 50 ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish asosiy vazifasi turibdi.
Respublikadagi kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga, shu jumladan Oʻzbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish, bunda mazkur oliy taʼlim muassasalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish vazifalari belgilangan.
Bizga maʼlumki, har qanday mamlakatning innovatsion iqtisodiyotga oʻtish davrida yetarli miqdorda zarur va yuqori malakali kadrlarga talabning ortishi mehnat bozoridagi asosiy muammolardan biridir. Jahon tajribasida bunday muammoni “skills gap” – yaʼni kadrlar boʻshligʻi, deb nomlashadi. Bunday muammoning asosiy sabablaridan biri, mutaxassis xodimlarning miqdoriy jihatdan yoʻqligi emas, balki faoliyat turiga qarab ularning zarur malaka va kompetensiyaga ega emasligi hisoblanadi. Ana shu nuqtayi nazardan aytganda inson resurslarini rivojlantirish, jumladan xodimlar malakasini oshirish bugungi kunning asosiy talablaridan biridir.
Yuqori malaka va koʻnikmaga ega kadrlar islohotlar samarasining garovidir.
Shu maqsadda viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarning malaka oshirish darajasi maqsadli oʻrganildi. Davlat organlari va tashkilotlarining viloyatdagi oʻrganilgan boshqarma va boʻlinmalardagi jami xodimlar soni 3152 tani tashkil etib, ularning 799 nafari, yaʼni 25,3 foizigina u yoki bu sohada malaka oshirgan va qayta tayyorlovdan oʻtgan. Ana shundan kelib chiqqan holda boshqarmalar va tashkilotlarning malaka oshirmagan xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlovdan oʻtkazish boʻyicha “buyurtma portfellari” yaratilib, ularni bosqichma-bosqich malaka oshirish kurslariga yuborish belgilandi. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining Samarqand filiali hamda boshqa malaka oshirish institutlari va markazlari bilan yaqin hamkorlikda ishlanmoqda.
Agar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar shiddati bugungi kundagidek muntazamlik kasb etsa, yaqin 15-20 yil ichida Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlarida safida turishimiz mumkin boʻladi. Birgina raqamning oʻzi bunga asos boʻla olishi mumkin, masalan barchamizga maʼlumki mamlakatimiz aholisining qariyb 100 foizi savodli. Rivojlanayotgan davlatlarning barchasi ham bunday koʻrsatkichga ega emas. Demak, davlatimiz bu borada mustahkam pozitsiyaga ega. Endi bor kuch va imkoniyatlarni safarbar etadigan, boshqacha aytganda, bizga mamlakatni innovatsion rivojlanish sari yetaklaydigan raqobatbardosh, malakali kadrlar, sifatli taʼlim beruvchi oliy oʻquv yurtlari hamda yetakchi olimlar kerak boʻladi.
2020-yil yurtimizda “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb nom berilgani ham bejizga emas. Aslida, bundan koʻzlangan maqsad ilmiy-fan va taʼlim-tarbiyani Yangi Oʻzbekistonning tamal toshiga aylantirish orzusi mujassamdir.



Download 47,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish