Nizamiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 66,17 Kb.
bet1/8
Sana01.06.2022
Hajmi66,17 Kb.
#624293
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdulaziz. Kurs ishi.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZAMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSİXOLOGIYA FAKULTETI

PSIXOLOGIYA KAFEDRASI

_____________________ ”fanidan


KURS ISHI

Mavzu: O‘zini o‘zi baholash va motivatsiya va motivlarning individual farqlari.
Bajardi: 2-kurs talabasi
_______________________
(I.F.SH)

Ilmiy rahbar:


_______________________
(I.F.SH)


TOSHKENT – 2022
MUNDARIJA:

Kirish ………………………………..……………..

I BOB . Mavzuning adabiyotlardagi tahlili...............................

1.1-§ Shaxsning o‘zini o‘zi baholashi haqida…………………….


1.2-§ Motivatsiya va motivning nazariy asoslari haqida tushuncha…...………………

II BOB Mavzuning emperik o’rganilishi..........................
2.1-§ Sinaluvchilarning shaxs sifatida shakllanishida o’ziga o‘zi baxo berishning ta’sirini o’rganish ……………………………………….
2.2-§ Motivatsiya va motivlarning individual farqlarini o‘rganish …………………………………………….…………………

Xulosa …………………………………………………
Foidalanilgan adabiyotlar ruyhati…………………………

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim siyosatining muhim masalalaridan biri yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Albatta, barkamol inson deganda ma’naviy jihatdan yetuk o’z Vatanining tarixi buguni va kelajagi uchun qayg’uradigan, shuningdek jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shish ishtiyoqida yonib yashaydigan shaxsni tushunish bugungi kun talabiga mos keladi. Lekin ushbu tushunchaga tahliliy yondashilsa, uning naqadar serqirra murakkab va har tomonlama umuminsoniy qadriyatlarga mos kelishini idrok etish mumkin.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Kelajakda O’zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan faxrlanib kelishi lozim”. Darhaqiqat, O’zbekistonning kelajagi hozirgi kun yoshlari bo’lib, aqlan, ahloqan kamoloti muhimdir. Ayniqsa, ularni bilim cho’qqilarini, kasb malakalarini egallashlari, jamiyat faoliyatiga faol kirib borishlari, jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchlari hisoblanadi. Ertangi kun davomchilari bo’lgan yoshlar nafaqat bilim cho’qqilarini egallabgina qolmasdan balki ularda fidoiylik, Vatanga sadoqat, insoniylik tuyg’ularini shakllantirishlari lozim.
“Har qanday millatning ravnaqi, umumbashariy tarixida tutgan o’rni, mavqei va shuhrati bevosita o’z farzandlarining aqliy va jismoniy yetuk shaxs, barkamol avlod bo’lib yetishishiga bog’liq. Barchamiz bugun chuqur anglab oldik – faqat zamonaviy asosda talim-tarbiya olgan, jaxonning manaman degan mamalakatlaridagi tengdoshlari bilan har qanday sohada bellasha oladigan jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko’tarishga qodir,”- Birinchi Prizidentimizning mana shu so’zlarini hisobga olgan holda kichik maktab yoshidagi bolalarning barkamol avlod, komil inson qilib tarbiyalashda shaxs sifatida tog’ri shakllanishiga e’tiborni qaratish mavzuning dolzarbligini belgilab beradi. Shu bilan birga raqobatbardosh har tomonlama yetuk shahs xususiyatlarini o’zida namoyon qilgan yoshlarimizni tarbiyalash Kadrlar tayyorlash milliy modelimizning ham asosiy vazifalaridan biri ekanligini ta’kidlab o’tishimiz joyizdir.
XXI asr buyuk o’zgarishlar asri bo’layotganligiga hech shubxa yo’q. Bu o’zgarishlar eng avvalo inson tafakkurida uning fikrlash tarzida ro’y berayotganligi hech kimga sir emas. Tabiiyki, bu holat shaxs ma’naviyati va bu orqali jamiyatning ma’naviy qiyofasiga o’z tasirini ko’rsatmay qolmaydi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prizidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish ishining hayotiy zaruriyati va dolzarbligi haqida gapirar ekanlar: “Milliy g’oya birinchi navbatda yosh avlodni vatanparvarlik , el-yurtiga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini singdirishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo’lishi zarur”, deb alohida ta’kidlardilar. Bu vazifalar, birinchi navbatda kelajakning bunyodkorlari bo’lmish yosh avlodning bilim olish, yuqori malakali kadr bo’lib o’z xalqi va yurtiga sidqidildan hizmat qilish, ozod yurt ravnaqi va baxt saodati uchun halol mehnat qilishga o’rgatishni nazarda tutadi.
Bu o’rinda o’sib kelayotgan yosh avlodni ruhiyati qonunyatlarini o’rganuvchi yosh davrlar va pedagogik psixologiya fanining o’rni va ro’li benihoya kattadir. Yosh avlodni yangicha ta’lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutahassislar qilib tarbiyalash uzluksiz ta’limning bir bo’g’ini bo’lgan maktabda tahsil olayotgan yoshlar maktab ta’limi va tarbiyasining o’rnini nixoyatda oshiradi. Bu ish esa o’zidan tashqari, atrofdagilar bilan bo’ladigan munosabatlarda eng ilg’or va vatan taraqqiyotiga hizmat qiluvchi fikrlarni omma ongiga singdirish kabi muhim vazifani bajarishga hizmat qiladi. “Avvalambor, yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan barkamol shaхslar etib tarbiyalash, maktab ta’lim – tarbiya ishlarining samarasini tashkil etadi”, deb yuqori ishonch bilan aytishimiz mumkin.
Inson psixologiyasini bilish, o’z taraqqiyoti va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrida ham optimal tarzda ishga yaroqlilikni, turli o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro’y berayotgan jarayonlarni obektiv va to’g’ri idrok etish qobilyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi va bu ishlarni ta’limning kichik bog’inlarida amalga oshirish kerakligi ayon bo’lib qoldi.

Download 66,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish