Reja:
Nisbiylik nazariyasi
1
Harakatning nisbiyligi
2
Maxsus nisbiylik nazariyasi
3
Nisbiylik nazariyasida "Almashtirishlar" degan soz bir inertsial sistemada yuz bergan biror voqeaning koordinata va vaqtini bilgan xolda, shu voqeaning boshqa inertsial sistemadagi koordinata va vaqtini topishga imkon beradigan formulani anglatadi.
Nisbiylik nazariyasi ochilgandan hozirgi kunga kelib bir qarashda aql o‘yinidek ko‘ringan holatidan tartibli, nazariy jihatdan puxta, amaliyotda esa to‘liq o‘z o‘rnini topgan fizik nazariya bo‘lib, olamni tushunishimiz asosi, olamning hozirgi zamon fizik manzarasini tushuntirishning bir qismidir.
Nyuton dinamikaning asosiy qonuni (F=ma) ni absolyut deb xisoblanadi chunki bu qonun absolyut fazodagi xarakatni tasvirlaydi.
Vaqt esa bir-birini urnini olayotgan xodisalarning izma-iz kelish tartibini, davom etish muddatini ifodalaydi. SHunday qilib, fazo va vaqt ulchanuvchan kattaliklardir.
Tezliklarni qo‘shishning relyativistik qonunini keltirib chiqarmasdan, garchi uslubiy jihatdan juda to‘g‘ri bo‘lmasada, quyidagicha yozish mumkin:
A.Eynshteyn yuqorida qayd etilgan ikki postulatga asoslanib, yangi fizik nazariyani-nisbiylik nazariyasini yaratdi. Lekin, buning uchun u fazo va vaqt xossalari haqidagi mavjud tasavvurni qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi va yangi relyativistik kinematika va relyativistik dinamikani yaratdi.
Nisbiylik nazariyasida "Almashtirishlar" degan so’z bir inertsial sistemada yuz bergan biror voqeaning koordinata va vaqtini bilgan xolda, shu voqeaning boshqa inertsial sistemadagi koordinata va vaqtini topishga imkon beradigan formulani anglatadi.
Aytaylik, bizga ikkita inertsial sistema berilgan bo’lsin, bulardan birini temir yo’l yekasida turgan K kuzatuvchi, ikkinchisini platformada turgan K1 kuzatuvchi deb olaylik K va K' kuzatuvchilarni tegishlicha XYZ va X'Y'Z' koordinatalar sistemasi bilan bog’laylik
Eynshteyn fizika uchun muhim bo’lgan ikkita pastulotni bayon qildi:
1. Barcha inertsial sanoq sistemalarda tabiat qonunlari bir xildir. Bu pastulot maxsus nisbiylik printsipi deyiladi.
2. Barcha inertsial sanoq sistemalarida yorug’likning vakuumdagi tezligi bir xil bo’lib, u yorug’lik manbaining xarakat tezligiga bog’liq emas. Bu pastulot yorug’lik tezligining doimiylik printsipidir.
Maxsus nisbiylik nazariyasi
Maxsus nisbiylik prinitsipi va yorug’lik tezligining doimiylik printsipiga asoslangan ta’limot maxsus nisbiylik nazariyasi deyiladi. Bu nazariyaga asosan, bir sanoq sistemada bir vaqtda sodir bo’ladigan voqealar, boshqa sistemalarda ayni bir vaqtda ro’y bermaydi.
Maxsus nisbiylik nazariyasi 1905 yilda A. Eynshteyn (1879- 1955) tomonidan yaratildi. Bu nazariya faqat inertsial sanoq sistemalarida ya’ni birbiriga nisbatan togri chiziqli tekis xarakatlanayotgan sanoq sistemalarda yuz beradigan tabiat xodisalarini organadi. Shuning uchun xam bu nazariyaga maxsus nisbiylik nazariyasi deyiladi.
Mexanika qonuni nuqtai nazaridan jism har qanday, xatto yorug’lik tezligidan katta tezlik bilan xarakatlanishi mumkin. Aslida bunday bo’lishi mumkin emas. Tajribalar yorug’likning vakumdagi tezligi absolyutdir, bu barcha inertsial sitemalarda bir xil bo’lib, undan katta tezlik mavjud emasligini ko’rsatadi. Adabiyotlar: - Matveev A.N. “Elektrodinamika” 34-44-betlar
- Rumer Yu.B., M.S.Rivkin “Teori osnositelnosti” Uchpedgiz, Moskva 1960g. 5-10 betlar.
- Raximov A.U., Otaqulov B.O. “Elektrodinamika va nisbiylik nazarisi” 1-kitob 12-16 betlar
- Bolotonskiy B.M “Svechenie Vavilova-Cherenkova” Moskva “Nauka” 1964g.
Do'stlaringiz bilan baham: |