Yaponiya
Yaponiya (
yaponcha
⽇本
Nippon, Nihon) — Sharqiy
Osiyoda
,
Tinch okeandagi
orollarda
joylashgan davlat. Yaponiya hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shimoli-sharqdan janubi-
gʻarbga qariyb 9.13 ming kmga choʻzilgan; eng yirik orollari: Hokkaido, Honshu, Shikoku va
Kyushu. Shimolidan Oxota dengizi, sharq va janubi-sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va
Sharqiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Maydon 377,8 ming km². Aholisi 126 mln. kishi (2021).
Poytaxti —
Tokio shahri
. Yaponiya maʼmuriy jihatdan 47 prefekturaga boʻlinadi.
Yaponiya —
konstitutsiyaviy
monarxiya
. Amaldagi banana 1947 yil 3 mayda kuchga kirgan
(keyinchalik tuzatishlar kiritilgan).
Davlat
boshligʻi —
imperator
(1989 yildan Akihito).
Konstitutsiyaning 1-moddasiga koʻra, u "davlat va xalq birligi ramzi"dir. Imperator oilasining er
aʼzolari imperatorlik taxti uchun merosxoʻr hisoblanadi. Konstitutsiyaga muvofiq, imperator
mustaqil hokimiyatga ega emas. Imperatorning davlat ishlariga aloqador boʻlgan har qanday
faoliyati Vazirlar mahkamasi maslahati va maʼqullashi bilan amalga oshiriladi. Qonun
chiqaruvchi oliy hokimiyatni 2 palatali parlament (Vakillar palatasi va Maslahatchilar
palatasi), ijroiya hokimiyatni Bosh vazir boshchiligidagi hukumat (Vazirlar mahkamasi)
amalga oshiradi.
Yaponiya moʻʼtadil, subtropik va tropik mintaqalarda joylashgan. Qirgʻoq chizigʻining umumiy
uzunligi. 30 ming km ga yaqin. Honshu orolining janubiy sohili, Sekoku va Kyushu orollarining
qirgʻoqlarida qoʻltiq koʻp; bu yerda murakkab qirgʻoq chizigʻiga ega boʻlgan Ichki Yapon
dengizi joylashgan. Ryukyuning janubiy orollari marjon riflari bilan oʻralgan.
Davlat tuzumi
Tabiati
Yaponiya hududining 3/4 qismi qir va togʻlardan iborat; pasttekisliklar sohil boʻylab
ayrimayrim joylashgan. Hokkaydo oroldagi tizmalarning baʼzi choʻqqilari 2000 m dan oshadi
(Asahi choʻqqisi — 2290 m). Honshu orolning shimoliy qismida 3 ta boʻylama togʻ tizmalari
boʻlib, ular vodiy va soyliklar bilan boʻlingan; orolda bir qancha vulkan, jumladan, Yaponiyadagi
eng baland vulkan — Fujiyama (bal. 3776 m) qad koʻtargan. Honshu orolning markaziy
qismidagi tizmalarning choʻqqilari alp selyefli va yilning koʻp qismida qor bilan qoplanib
turadi. Sekoku orolning eng baland joyi 1981 m (Isidzuti choʻqqisi), Kyushu orolniki 1788 m
(Kuzyu vulkani). Yaponiya hududi kuchli seysmik zonada joylashgan (1855, 1891, 1897, 1923,
1995 yillarda falokatli zilzilalar boʻlgan). Yaponiyadagi 150 vulkandan 40 tachasi soʻnmagan.
Vulkanli rayonlarda mineral va termal buloklar koʻp. 26 mingdan ortiq issiq suv manbalari bor.
Foydali qazilmalardan koʻmir, gaz, temir rudasi, oltingugurt, marganets, qoʻrgʻoshinrux, mis
rudalari neft, xromit, oltin, kumush, pirit, kaolin, talk va simob konlari mavjud.
Iqlimi mussonli, shimolida moʻʼtadil, janubida subtropik, Ryukyu orollarida asosan tropik
ikdim. Hokkaydo orolda, Sapporoda yanvarning oʻrtacha temperaturasi —5°, iyulniki 22°,
Okinawada
yanvarning oʻrtacha temperaturasi 16°, iyulniki 28°. Materikdan esgan qishki
musson Yaponiya hududiga sovuq havo olib keladi va koʻp yogʻin keltiradi. Yiliga 30
martagacha tayfun boʻladi; bu vaqtda kuchli shamol esib, jala quyadi, oʻrtacha yillik yogʻin
1800 mm; Hokkaydo orolning sharqida yillik yogʻin 800–1200 mm, Sekoku va Kyushu
orollarida 3000 mm, baʼzi joylarda 4000 mm gacha.
Yaponiyaning daryolari qisqa, sersuv va tez oqadi. 24 ta eng katta daryosidan faqat 6 tasining
uz. 200 km dan oshadi, jumladan, Shinano daryosining uz. 367 km. Tayfun vaqtida daryolar
toshadi. Koʻpgina daryolarning suvi sugʻorishga va gidroenergiya resurslari sifatida
sarflanadi. Mayda koʻl koʻp va ular ichimlik suvi manbai boʻlib xizmat qiladi. Eng katta koʻl —
Biva (maydon 670,2 km², chuq. 103,8 m).
Tuproqlari shimolida podzol va oʻtloqibotqoq, janubida qoʻngʻir oʻrmon, subtropik va
tropiklarda sariq va qizil tuproq. Tekisliklarda allyuvial tuproqlar tarqalgan. Yaponiya
hududining 67% oʻrmon va butazorlardan iborat; oʻrmonlarining 41,4% ekib oʻstirilgan. Jami
700 turdan koʻp daraxt va buta hamda 5599 tur oʻt oʻsimligi oʻsadi. Endemik oʻsimlik koʻp.
Oʻrmonlar, asosan, igna bargli va keng bargli daraxtlardan iborat.
Yaponiyada sut emizuvchi hayvonlarning 132 turi, qushlarning 490 turi, sudralib
yuruvchilarning 110 turi mavjud. Yaponiya qirgʻoqlariga tutash dengiz suvlarida baliqlarning
3000 ga yaqin turi, mollyuskalarning 1200 dan ortiq turi yashaydi.
Aholisining 99% dan koʻpi yaponlar. Hokkaydo orolda mamlakatning eng qadimiy aholisi —
aynlar (50 ming kishi atrofida) saqlanib qolgan. Shuningdek, koreys, xitoy va boshqalar
yashaydi. Rasmiy til — yapon tili. Asosiy dinlari — sintoizm va buddizm; konfutsiylik va
daosizm aqidalari katta taʼsirga ega. Xristianlik, islom va hinduizmga eʼtiqod qiluvchilar ham