Nippon, Nihon Sharqiy



Download 387,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana12.01.2022
Hajmi387,25 Kb.
#338747
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yaponiya - Vikipediya

Internet domen

.jp


Telefon prefiksi

+81


bilan tenglashtirildi. Xitoydagi Tan davlati tipida

markaziy maʼmuriyat tuzildi. 710 yilda birinchi

doimiy poytaxt — Nara qurildi, 794 yilda poytaxt

Kioto (Heyan)ga koʻchirildi. 8-asrda mamlakat

janubidagi avstronezlarning singdirilishi

natijasida yapon millati shakllandi. 10-asrda davlat chek yer egaligi tizimi barham topib,

aslzoda va ibodatxonalarning yermulklari (shoen) yerga egalikning asosiy shakliga aylandi.

11-asrdan sardorlar boshchiligida harbiy zodagonlar guruhlari tashkil topa boshladi. 12-

asrning oʻrtalarida Honshudan shimoli-sharqda Minamoto, janubi-gʻarbda Tayra ulardan eng

yirigi edi. Bu xonadonlarning oʻzaro kurashi 1185 yilda Tayraning magʻlubiyati bilan tugadi.

1192 yilda shimoli-sharqliklar oʻz sardorlari Yoritomo Minamotoni shogun (sarkarda) unvoni

bilan davlatning hukmdori deb eʼlon qildilar. Imperator sulolasi shogunlar hukmronligini xalq

oldida qonuniy boʻlishini kafolatlab turish uchun nomigagina saklab qolindi. Qarorgohi

Kamakura shahrida joylashgan syogunlarga harbiylar tabaqasi (busi) va shaxsiy vassallar

(ular maʼmuriy mansablarni egalladilar) asosiy tayanch boʻldi. Busi tabaqasining quyi qismi

mayda harbiy dvoryanlar — samuraylardan iborat edi. Xitoy va Koreyani zabt etgan moʻgʻullar

1274 va 1281 yillarda Yaponiyaga qarshi ekspeditsiyalar uyushtirdilar, lekin bu yurishlar

muvaffaqiyatsiz chiqdi. Dengizda paydo boʻlgan kuchli tayfun moʻgʻul qoʻshinlarini halok qildi.

Yaponiya tarixida bu tayfun "

kamikaze


" ("ilohiy shamol") nomini oddi. 13-asrdan savdo va

hunarmandchilik korporatsiyalari (dza) soni orta boshladi. 14—16-asrlarda syoendan yirik

zamindorlik — knyazlikka oʻtildi. 15—16-asrlarda deyarli uzluksiz dehqonlar qoʻzgʻolonlari

boʻlib turdi. 1485—93 yillarda boʻlib oʻtgan Yamashiro qoʻzgʻoloni ulardan eng yirigi edi. 15—

16-asrlarda Yaponiya bilan Xitoy va Koreya oʻrtasida savdosotiq avj oldi. 16-asrning

oʻrtalaridan Yaponiyaga kirib kelgan yevropalik missionerlar xristianlikni tarqata boshladilar.

1603 yil Ieyasu Tokugava (1542—1616) syogun deb eʼlon qilindi va uning qarorgohi Edo (hoz.

Tokio)ga koʻchirildi. Tokugava syogunlari sulosasi mamlakatni 1867 yilgacha boshqardi.

Ularning hukmronligi davrida Yaponiya markazlashgan monarxiya davlatiga aylandi. Hukumat

qatʼiy qoidalar bilan 4 tabaqa tizimi (samuray, dehqon, hunarmand va savdogarlar)ni oʻrnatdi.

Tokugava hukumatining yevropaliklar ekspansiyasi va xristianlik xalq harakatining

mafkurasiga aylanayotganligiga qarshi qator tadbirlarni koʻrishi natijasida Yaponiya qariyb 2,5

asr mobaynida "yopiq" davlatga aylandi. Shu yoʻl bilan mamlakat mustamlaka boʻlishdan

saqlanib qoldi. 17-asr oxiri — 18-asr boshlari Tokugavalar Yaponiyasi uchun eng yuksalish

davri boʻddi. Bu davrda aholining savodxonlik darajasi jahon miqyosida ham ilgʻor oʻringa

chiqdi. 18-asr oxiri — 19-asrning 1-yarmida manufakturalar paydo boʻla boshladi. 1854—58

yillarda AQSH, Buyuk 

Britaniya

Fransiya


 bilan tuzilgan Ansey shartnomalariga koʻra, Yaponiya

oʻz holicha ajralib yashash siyosatidan voz kechishga majbur boʻddi va suvereniteti

cheklangan holda jahon bozoriga qoʻshildi. 1867—68 yillarda Yaponiyada dehqonlar, shahar

kambagʻallari, savdosanoat korchalonlari, dvoryanlarning quyi tabaqalari, saroy aslzodalari va

muxolifatdagi baʼzi yirik zodagonlardan iborat keng omma syogunlarga qarshi chiqdi.



Natijada burjua inqilobi — Meyji isin sodir boʻldi, shogun hukumachi agʻdarildi va hokimiyat

imperator Mutsuxito (1867—1912 ylarda hukmronlik qilgan) qoʻliga oʻtdi. Shu davrdan

boshlab Yaponiya imperator va uning hukumati boshchiligida tub ijtimoiysiyosiy va iqtisodiy

islohotlar yoʻliga oʻtib, tezlashgan modernizatsiya orqali gʻarb davlatlari darajasiga yetishni

oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi.

1869-yilda poytaxt rasman Tokioga koʻchirildi. 1871—72 yillarda knyazliklar tugatilib, oʻrniga

prefekturalar tashkil etildi, avvalgi 4 tabaqa oʻrniga 3 tabaqa [oliy dvoryanlar (sobiq zodagon

knyazlar, saroy aslzodalari), dvoryanlar (barcha sobiq samuraylar), oddiy xalq (bunga

savdosanoat korchalonlari ham kiritildi)] taʼsis etildi. Barcha tabaqalarning tengligi, kasb

tanlash va mamlakat boʻylab koʻchib yurish erkinligi haqida qonunlar qabul qilindi. 1872 —73

yillarda oʻtkazilgan yer islohotidan keyin yer, asosan, dvoryan yer egalari va boy dehqonlar

qoʻliga oʻtdi. 1873 yildan mamlakatda yil sanasini belgilashda imperator hukmronlik qilgan

davr nomi bilan bir qatorda grigoriy kalendari ham joriy etildi. 1879 yil birinchi siyosiy partiya

tuzildi. 1868—85 yillarda xususiy sarmoya yordamida qishloq xoʻjaligi xom ashyosiga ishlov

beradigan 1300 korxona qurildi. 1889-yil imperatorga mutlaq vakolatlar beruvchi konstitutsiya

qabul qilindi, 1890 yilda parlament taʼsis etildi.

19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Yaponiyaning hukmron doiralari agressiv tashqi siyosat tuta

boshlab, 1894 yilda Koreyada qoʻtarilgan dehqonlar qoʻzgolonini bostirish niqobi ostida u

yerga qoʻshin yubordi va Xitoy bilan boʻlgan urush (1894—95) natijasida Tayvan va

Penxuledao orollarini, rusyapon urushi (1904—05) oqibatida esa Shimoliy Saxalinni egalladi.

Yaponiya va Buyuk Britaniya oʻrtasida 1902, 1905 va 1911 yillarda imzolangan shartnomalar

asosida oʻzaro hamkorlik harbiy-siyosiy ittifoq darajasiga qoʻgarildi va ikki tomon Koreya

hamda Xitoyda oʻz mavqelarini yanada mustahkamladi. 1910 yil avgustda Yaponiya Koreyani

oʻz mustamlakasiga aylantirdi. Yapon monopoliyalari Janubiy Manjuriyani, keyinroq Xitoyning

boshqa rayonlarini oʻz taʼsir doirasiga kiritdi.

Birinchi jahon urushi

 boshlanishidan Yaponiya hukmron doiralari Uzoq Sharqdagi oʻz

mavqelarini yanada mustahkamlash va kengaytirish uchun foydalandilar. 1914 yil 23

avgustda Yaponiya Olmoniyaga qarshi urush ochdi va oktyabrda Olmoniyaga qarashli

Marshall, Mariana, Karolina orollarini, shuningdek, Xitoyning Shanʼdun provinsiyasini u yerda

Olmoniya

 ijaraga olgan hudud bilan birga bosib oldi. Yaponiyaning mustamlakachilik siyosati

kuchayib 1918—22 yillarda Uzoq Sharqdagi Rossiyaga qarashli bir qancha oʻlkalarni ishgʻol

etib turdi. 1920 yildan Yaponiya iqtisodiyotida tushkunlik boshlanib, u 1925 yilgacha davom

etdi. 1925 yil 20 yanvar dan Yaponiya bilan sobiq SSSR oʻrtasida oʻzaro munosabatlarning

asosiy tamoyillari toʻgʻrisida Pekin konvensiyasi imzolandi. 1926 yil 25 dekabrda Yaponiya

taxtiga imperator Hirohito (1901—89) oʻtirdi. 1929—33 yillarda boʻlgan jahon iqtisodiy inqirozi

natijasida vujudga kelgan holatda Yaponiyada harbiyfashistik diktatura oʻrnatishga intiluvchi

oʻta reaksion "yosh ofitserlar" guruhi faollashdi. 1931 yil Yaponiya Manjuriyani bosib olishga



kirishdi. 1933—36 yillarda Xitoyga qarshi agressiyani kuchaytirdi. 1936 yil 25 noyabrda

Yaponiya fashistlar Germaniyasi bilan "Antikomintern pakti"ni imzoladi. 1937 yil iyulda Xitoyni

bosib olish uchun urush boshladi va 1938 yil uning butun sharqiy qismini bosib oldi. Yaponiya

qoʻshinlari shoʻro armiyasi tomonidan Hasan koʻli yonida (1938) va XalxinGol jangi (1939)da

tormor keltirilgach, Yaponiya hukumati Yevropa davlatlari va AQSHning Janubiy Sharqiy

Osiyodagi mustamlakalariga hujum qilishga oʻtdi. 1940 yil Hindixitoyning shimoliy qismini

bosib oldi. Shu yil 27 sentyabrda Olmoniya, Italiya va Yaponiya oʻrtasida "Uchlar pakti"

imzolandi. Ikkinchi jahon urushida Olmoniya va 

Italiya

 ittifoqchisi sifatida qatnashdi.

1941-yil 7 dekabrda Yaponiya AQShning PyorlXarbordagi harbiy bazasiga hujum qilishi bilan

Ikkinchi jahon urushiga

 kirdi. 1942 yilYaponiya imperiyasi Buyuk Britaniya va Fransiyaning

Janubiy Sharqiy Osiyodagi koʻplab mustamlakalarini egallab ulkan hududni oʻz nazoratiga

oldi. Ammo 1943 yildan egallagan hududlarini yoʻqota boshladi. 1945 yil AQSH harbiyhavo

kuchlari Yaponiyaning 

Hiroshima

 (6 avgust) va 

Nagasaki

 (9 avgust) shahrilariga atom

bombasi tashladi. Sovet hukumati 1945 yil 9 avgustda Yaponiyaga qarshi Manjuriya strategik

operatsiyasini boshladi. 1945 yil 2 sentyabrda Yaponiya soʻzsiz taslim boʻlganligi toʻgʻrisidagi

aktga imzo chekdi va uning hududini ittifoqchilar nomidan AQSH qoʻshinlari okkupatsiya qildi.

1946—48 yillarda boʻlib oʻtgan Tokio sud jarayonida asosiy yapon harbiy jinoyatchilari jazoga

tortildi.

Urushdan soʻng Yaponiyada tub siyosiy va ijtimoiyiqgisodiy islohotlar oʻtkazilib, qurolli kuchlar

va oʻng tashkilotlar tarqatib yuborildi, dvoryan yer egaligi tugatildi, avvalgi monopolistik

konsernlar qayta tashkil etildi. 1947 yilgi konstitutsiyaga binoan mamlakat xalqaro

mojarolarni qurol kuchi bilan hal qilishdan va shu maqsadda qurolli kuchlar tuzishdan voz

kechdi.


1951 yil 8 sentyabrda Yaponiya bilan 

AQSH


Buyuk Britaniya

Fransiya


 va boshqalar davlatlar

oʻrtasida 

San Fransisko

 sulh shartnomasi imzolanib, mamlakat suvereniteti tiklandi hamda

Yaponiya bosib olgan barcha mustamlakalaridan voz kechdi. Shu yili Yaponiya bilan AQSH

oʻrtasida imzolangan xavfsizlikni kafolatlash toʻgʻrisidagi shartnomaga koʻra, Yaponiyada

AQSH harbiy bazalari joylashtirildi. 1956 yil 19 oktyabrda SSSR bilan Yaponiya oʻrtasida urush

holatiga barham berish, diplomatiya munosabatlarini tiklash toʻgʻrisida qoʻshma bayonot

imzolandi.

1950-yillar boshidan Yaponiya iqtisodiyoti tez surʼatlar bilan rivojlandi. 1960-yillarning oxiriga

kelib "yapon moʻʼjizasi" atamasi paydo boʻldi va u yalpi milliy mahsulot va sanoat ishlab

chiqarish hajmi boʻyicha kapitalistik dunyoda 2-oʻringa chiqdi. 1990-yillarda Yaponiya jahon

miqyosidagi eng katta sarmoyador davlatga aylandi. Yaponiya — 1956 yildan BMT aʼzosi.

Milliy bayrami — 23 dekabr — imperator tugʻilgan kun (1933). 

Oʻzbekiston

 suverenitetini 1991

yil 28 dekabrda tan olgan va 1992 yil 26 yanvarda diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan.



Liberaldemokratik partiya, 1955 yil asos solingan; Yaponiya demokratik partiyasi, 1996 yil

tuzilgan; Yangi Komeyto partiyasi, 1964 yil tashkil etilgan; Yaponiya Sotsialdemokratik

partiyasi, 1945 yil asos solingan; Yaponiya Kommunistik partiyasi, 1922 yil tashkil etilgan;

Yangi konservativ partiya, 2002 yil tuzilgan. Yaponiya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi —

Shinrengo, 1989 yil 21 noyabrda Yaponiya kasaba uyushmalari Bosh kengashi (1950 yil

tuzilgan) va Umumyapon xususiy korxonalar xodimlari kasaba uyushmasi (1987 yil tashkil

etilgan)ning qoʻshilishi natijasida tuzilgan.

Yaponiya — iqtisodiy qudrati boʻyicha jahonda AQShdan keyingi oʻrinda turadigan yuksak

darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmi

boʻyicha jahonda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Ulkan korxonalar bilan birga mayda

korxonalar ham mavjud (ayniqsa, yengil va oziq-ovqat sanoatida). Yaponiya iqtisodiyoti

chetdan keltiriladigan xom ashyo va yoqilgʻiga asoslangan. Yaponiya jahon bozoriga

sanoatning fanga asoslangan murakkab tarmoqlari mahsulotlari, zamonaviy konstruksion

materiallar yetkazib beruvchi mamlakat. Yaponiya jahon yalpi milliy mahsulotining 13% dan

ortigʻini ishlab chiqarish bilan birga, yirik xalqaro iqtisodiy, savdo va moliya tashkilotlari

hamda "sakkizlik" davlatlarida yetakchi mavqega ega. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning

ulushi 38%, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlashniki 2%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 60%

ni tashkil etadi. Yalpi ichki mahsuloti 4,3 trillion AQSH dollariga teng (2003).

Sanoatida iqtisodiy faol aholining 25% band. Energetika, metallurgiya, avtomobilsozlik,

kemasozlik, kimyo, neft kimyosi, qurilish materiallari sanoati kabi tayanch tarmoqlar chetdan

olinadigan xom ashyo hamda texnologiyaning eng yangi yutuqlari asosida deyarli butunlay

yangidan barpo etildi. Energetika sanoati ham asosan, chetdan keltirilgan neftga asoslangan.

Yiliga oʻrtacha 1,097 trillion kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi; uning 706,4 mlrd. kVtsoati

issiqlik elektr stansiyalarida, 91,8 mlrd. kVtsoati GESlarda, 295 mlrd. kVtsoati atom elektr

stansiyalariga toʻgʻri keladi (2002). 2003 yil 52 atom elektr stansiyasi ishladi. Yaponiya

sanoatida qora va rangli metallurgiya rivojlangan. Kon sanoatida koʻmir, gaz, temir va mis

rudasi, pirit, rux, qoʻrgʻoshinrux, marganets, kumush, oltin, simob, kaolin, talk va hokazo qazib

olinadi. Mashinasozlik va kimyo sanoati yuksak taraqqiy etgan. Avtomobillar, maishiy texnika,

elektron asboblar, aloqa vositalari, kema, poʻlat, sement, plastmassa, sintetik tola, robot

ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash, biotexnologiya mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining

ustuvor tarmoqlaridandir. Yaponiya sanoati 4 asosiy rayon: Keyxin (Tokio, Kanagava), Chukyo

Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari

Xoʻjaligi



(Aychi, Mie), Hanshin (Osaka, Hiogo), Kita Kyushu (Fukuoka)ga boʻlingan. Mazkur rayonlarda

jami sanoat mahsulotining 40% dan ortigʻi ishlab chiqariladi.

Qishloq xoʻjaligida hosildorlik boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlardan birida boʻlib, u yuqori

darajada mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan. Iqtisodiy faol aholining 4,2% qishloq

xoʻjaligida band. Hududining 12,9% yoki 4,8 mln. gektarida dehqonchilik qilinadi.

Dehqonchilikda asosiy ekin — sholi (2002 yil 11 mln. t sholi yetishtirilgan). Shuningdek,

kartoshka

, sabzavot, oz miqdorda bugʻdoy va dukkakli don ekinlari ekiladi. Mevachilik,

bogʻdorchilik, chorbogʻ xoʻjaligi rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, parranda

boqiladi; pillachilik va baliqchilik rivojlangan. Yaponiyada 3000 dan ortiq baliq ovlash portlari

boʻlib, dunyo boʻyicha ovlanadigan baliq va dengiz jonivorlarining 15% shu portlarga toʻgʻri

keladi.


Ichki yuk aylanmasida avtomobil transportining roli katta (yiliga oʻrtacha 5,5 mlrd. tonna yuk

tashiladi). Umumiy va ekspress yoʻllarning uz. 1,2 mln. km, shu jumladan, 4,4 ming km

tezyurar magistrallar. Yaponiyalarning uzunligi 43,7 ming km. Deyarli 1/2 qismi

elektrlashtirilgan. 1964 yildan tezligi soatiga 270 km gacha yetadigan "

Shinkansen

"

poyezdlari harakati yoʻlga qoʻyilgan. 9 shahardagi metropolitenning uz. 540 km. Yaponiyada



suv osti va yer usti tunnellari va koʻpriklar koʻp. Dunyoda eng katta Seykan tunneli (53,9 km)

Honshu va Hokkaydo orollarini birlashtiradi. Ichki suv yoʻllarining uz. 1770 km ga yaqin.

Dengiz savdo floti 5473 kemaga ega va uning umumiy tonnaji 40 mln. brutto reg. tonnaga

yetadi. Asosiy portlari — Kobe, Chiba, Yokohama, Nagoya, Osaka, Kavasaki, Tokio, Hakodate.

Tokio, Osaka, Niigata shahri yaqinida xalqaro aeroportlar bor. Mamlaktda neft quvurlari

400 km dan ziyod, gaz quvurlari 1800 km.

Yaponiya chetga mashina va uskunalar, metall buyumlar, elektronika, kimyo mahsulotlari,

elektrik asboblar chiqaradi; chetdan sanoat xom ashyosi, mineral yoqilgʻi, oziq-ovqat va

toʻqimachilik mahsulotlari oladi. 2003 yil Yaponiyaning importi 383,3 mlrd. AQSH dollarini,

eksporti 417,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Tashqi savdoda AQSH, Yevropa Ittifoqi

hamda Janubiy va Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qiladi. Xorijiy

sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — iyena.

Transporti

Tashqi savdosi

Tibbiy xizmati



Aholi salomatligining koʻrsatkichlari boʻyicha Yaponiya jahonda yetakchi oʻrinda turadi. 2001

yil 1,85 mln. oʻrinli 167,5 ming shifoxona va poliklinika boʻlgan (har 100 ming aholiga 1458

oʻrin). Yaponiyada 255,7 ming vrach, 90,8 ming tish vrachi, 217,4 ming farmatsevt faoliyat olib

boradi. Har 100 ming kishiga 201,5 vrach toʻgʻri keladi. Yaponiyada oʻz issiq suv manbalariga

ega boʻlgan 3023 kurort bor.

Yaponiyada maorif tizimi Maorif, madaniyat, sport, fan va texnologiya vazirligi va mahalliy

hokimiyat organlari tomonidan muvofiklashtirib turiladi. Maktabgacha tarbiya bolalar

bogʻchalarida (8389 xususiy bogʻchada 1,4 mln., 5785 davlat bogʻchasida 367,8 ming

tarbiyalanuvchi) amalga oshiriladi. 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun oʻqish

majburiy va bepul. Taʼlimning birinchi bosqichi 6 yillik boshlangʻich maktab (2003 yil 23,6

ming maktabda 7,2 mln. oʻquvchi). Ikkinchi bosqich 3 yilliq kichik oʻrta maktab (2003 yil 11,1

ming maktabda 3,74 mln. oʻquvchi). 16—18 yoshli bolalar 3 yillik katta oʻrta maktab (2003 yil

5,4 ming maktabda 3,8 mln. oʻquvchi)da taʼlim oladi. Oliy taʼlim universitet, professional kollej

va texnika institutlaridan iborat. 2004 yil mamlakatdagi 709 untda 2,8 mln. talaba oʻqidi, 84,2

ming oʻqituvchi ishladi. Untlarning 542 tasi xususiy. Yirik untlari: Tokio universiteti, Kioto

universiteti, Osaka universiteti (1886 yil tashkil etilgan) va boshqalar Yaponiyada ilmiy

tekshirish ishlariga yiliga qariyb 100 mlrd. AQSH dollari hajmida mablagʻ sarflanadi va bunda

xususiy sektor yetakchi mavqega ega. Yaponiya sohasida 756,3 ming kishi band. Ulardan

430,6 ming kishi ilmiy tadqiqotlarni xususiy kompaniyalar, 280,7 ming kishi untlar, 44,9 ming

kishi ijtimoiy tashkilotlarda olib boradilar. Yirik ilmiy tekshirish institutlari: aviakosmik texnika,

metallar, elektronika boʻyicha kompleks tadqiqotlar, kosmos va astronavtika, elektr

energetikasi, avtomobilsozlik, ixtiro va yangiliklar, Nomura kompleks, Mitsubisi kompleks

institutlari. Yaponiyada 2711 ommaviy kutubxona, 3599 muzey, 79 hayvonot bogʻi, 79

akvarium, 90 botanika bogʻi bor. Yirik kutubxonalari: Milliy parlament kutubxonasi (7,9 mln.

asar), Tokio universiteti kutubxonasi. Yirik muzeylari: Tokiodagi milliy muzey(1871 yil tashkil

etilgan), Milliy ilmiy muzey, Imperator saroyi, Kiotodagi milliy muzey (1889) va Milliy hoz.

zamon sanʼat muzeyi (1963), Nagoyadagi Tokugava badiiy muzeyi va boshqalarMatbuoti,

radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Yaponiyada 70,8 mln. nusxada 166 milliy va mahalliy

kundalik gaz. chiqadi. Yiriklari: "Iomiuri" ("Reportyor", 1874 yildan) "Asaxi" ("Chiqayotgan

quyosh", 1879 yildan), "Mayniti" ("Kundalik gazeta", 1872 yildan), "Nixon keydzay simbun"

("Yaponiya iqtisodiy gazetasi", 1876 yildan), "Sankey simbun" ("Sanoatiqtisodiy gazetasi",

1950 yildan). Shuningdek, 4178 oylik va haftalik jurnal, byulleten chiqadi. Yiriklari: "Bungey

syudzyu" ("Adabiybadiiy almanax", 1923 yildan), "Dziyu minsyu" ("Liberaldemokratiya", 1955

yildan), "Kurasi to seyji" ("Hayot va siyosat"), "Sekay" ("Koinot", 1946 yildan), "Tyuo koron"

("Markaziy sharh", 1886 yildan), "Ekonomisuto" ("Iqtisodchi", 1923 yildan), "Bunka xyoron"

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari




("Madaniy sharh"), "Gekkan syakayto" ("Sotsialdemokratik partiya oynomasi", 1957 yildan).

Umummilliy axborot agentliklari: Kiodo Susin (1945 yildan) va Jiji Sushin (1945 yildan).

Radioeshittirish 1925 yildan va telekoʻrsatuvlar 1953 yildan olib boriladi. Yaponiya

radiotelevideniye korporatsiyasi yarim hukumat tashkiloti hisoblanadi. 1925 yil tashkil etilgan.

222 xususiy aʼzoni birlashtirgan Tijorat eshittirishlar milliy assotsiatsiyasi 6900

teleradiostyani boshqaradi (1996).

Adabiyoti qadimdan mavjud boʻlgan xalq ogʻzaki ijodi (qoʻshiq, afsona va boshqalar)

zaminida vujudga kelgan. Afsona, ertak, tarixiy rivoyat va qoʻshiqlardan iborat "Kojiki"

("Qadimgi hodisalar yilnomasi", sintoizmning muqaddas kitobi hisoblanadi) toʻplami ilk marta

712 yilda tuzilgan. Bu asar yapon tilida bitilgan birinchi manba hisoblanadi. 759 yil 4516

folklor va 500 ga yaqin muallifning asarlaridan iborat yapon sheʼriyati antologiyasi —

"Manʼyosyu" ("Koʻp asrlik qoʻshiqlar toʻplami") yaratildi. 9-asrning oʻrtalarida birinchi adabiy

nasriy asar — "Taketorimonogatari" yaratiddi. 10-asr oxiri — 11-asr boshlarida adiba Murasaki

Sekibu (978—1016) yaratgan "Gendzimonogatari" ("Shahzoda Gendzi haqida qissa") asari

Yaponiya mumtoz adabiyotining choʻqqisi boʻldi. 12—16-asrlarda harbiy epopeyalar yaratildi,

badiiy kundaliklar keng tarqaldi, sheʼriyat antologiyalari tuzildi. 14— 15-asrlar xalq ijodiyoti va

Budda rivoyatlari asosida bir .pardali dramalar (niqob teatrlari uchun) yozildi. 16-asrdan

shahar adabiyoti paydo boʻldi. Hunarmandlar, savdo ahliga mansub shoirlarning toʻplamlari

tuzildi. 17—19-asrning 60-yillarida adabiyotda demokratik gʻoyalar avj oldi. 17-asr oxiri — 18-

asr boshlarida yirik dramaturg Takamatsu Mondzaemon samarali ijod qildi. Matsuo Basyo

(17-asr), Kobayasi Issa (18-asr oxiri — 19-asr boshi) sheʼriyatning xokku janrida asarlar

yaratdilar. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida nasr yanada yuksaldi. 19-asrning oʻrtalaridan

yapon adabiyotida sentimental roman janri vujudga keldi, yevropalik mualliflarning asarlari

tarjima qilina boshlandi. Simey Ftabatey (1864—1909) "Suzuvchi bulutlar" romani bilan yapon

adabiyotida tanqidiy realizmga asos soldi. Roka Tokutomi, Soseki Natsume va boshqalarning

asarlarida ham tanqidiy realizm gʻoyalari oʻz aksini topdi. 20-asrning boshlaridan sheʼriyatda

Yevropa sheʼriyatining taʼsiri va romantik gʻoyalar koʻzga tashlandi. Realist yozuvchilar

asarlarida ijtimoiy tanqid asosiy oʻrin oldi. E.Zolya ijodi taʼsirida naturalizm uchun kurash

harakati boshlandi. 1930—40 yillar adabiyotida "muqaddas urush"ni yoqlovchi apologetik

gʻoya hukmron boʻddi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda bir qancha yapon yozuvchilari

oʻz asarlarida "barqaror qadriyatlarni" izlash maqsadida milliy adabiyotning koʻp asrlik

anʼanalariga murojaat qildilar. Dzyunʼitiro Tanidzakining "Mayda qor" (1943—48), Yasunari

Kavabataning "Mingta turna" (1951), "Eski poytaxt" (1961—62) romanlari shu toifadagi asarlar

boʻlib, ularda kuchli ichki lirizm va goʻzallikning mumtoz talqini aks etdi. Shu bilan birga 1967

yil Yukio Misimaning goʻyoki yapon madaniyatiga xos boʻlgan jangovarlik anʼanalarni

Adabiyoti




tiklashga chorlovchi trilogiyasi ("Vatanparvar", "Xrizantema" va "Shahid boʻlgan qahramon

ovozi") yaratildi. Adabiyotda sengoxa oqimi qaror topgach, shu oqim vakillari boʻlgan turli

goyaviyestetik yoʻnalishdagi yozuvchilar oʻz ijodlarida inson shaxsiyatini qaror toptirish

manfaatlari yoʻlida militarizm va anʼanaviylikni inkor etdilar. Shu oqim vakillarining urush

mavzuiga oid asarlari, jumladan, Shohey Ookaning "Daladagi olovlar" (1951), Hiroshi

Nomaning "Boʻshliq mintaqasi" (1952), Shusaku Endoning "Dengiz va zahar" (1957) romanlari

yaratildi. Yosie Xottaning "Yolgʻizlik maydoni" asarida (1951) urushdan keyingi yapon ziyolilari

haqida hikoya qilinadi. 1950— 60 yillar yapon adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri

Yasushi Inouedir. Uning "Tempyoning cherepitsali tomi" (1957) va "Samarqandga sayohat"

(1969) tarixiy asarlari Buyuk ipak yoʻlida amalga oshirilgan maʼnaviy muloqot va Oʻrta

Osiyoning qadimiy shaharlariga bagʻishlangan. 1960—70 yillarda ilmiy fantastika va detektiv

roman janri rivojlandi. 1960—80 yillar yapon adabiyoti realistik va modernistik gʻoyalarning

oʻzaro harakat va kurashlarida rivojlandi. Bu davrda adiblardan Gomikava Jumpey, Ishikava

Takuzo, Kayko Takeshi, Oe Kenzaburo oʻz roman va qissalarida ijtimoiy va axloqiy

muammolarni koʻtardilar. Yaponiya adabiyotida Hiroshima fojiasi mavzusi keng oʻrin oldi

(Hotta Yoshiyo, Ibuse Masuji, Oda Makoto). Kobo Abe asarlarida realizm va fantastika

uygʻunlashgan holda falsafiy masalalar bayon etildi. Yaponiyada xitoy madaniyati taʼsirida

xitoy tilida ham adabiyot rivoj topgan. 14— 15-asr va 17—19-asr boshlarida yuksalgan.

Yaponiya adabiyotning yirik vakillari boʻlgan Ryunoske Akutagava, Kobo Abe, Yasunari

Kavabata (1968 yil Nobel mukofochi sohibi), Kendzaburo Oe (1994 yil Nobel mukofochi

sohibi) Murakami Haruki, B.Yosimoto kabi yozuvchilarning asarlari jahonda mashhur.

Qadimiy yaponlarning turar joylari yarim yertoʻlalar boʻlgan va uning tomi yogʻoch va qamish

bilan yopilgan. Mil. boshlarida yogʻoch sinchli uylar qurila boshladi. (Ise shahridagi sintoistlar

ibodatxonasi, 3—7-asrlar). 3—6-asrlarda podsholar uchun aylana va taqa shaklida ulkan

qoʻrgʻon (kafun)lar bunyod etilgan. 6-asrda buddizm tarqalishi munosabati bilan xitoy va

koreys meʼmorligi uslubida monastir, pagoda, ibodatxona va saroylar bunyod etilgan (Nara

shahridagi Xoryuji monastiri, 7-asr; Kito shahri yaqinidagi Byodoin saroyi, 11-asr). 8-asrda

Xitoy shaharsozligi uslubida Heyjokyo (hoz. Nara) va Heyan (hoz. Kito) shahrilariga asos

solindi. 14—16-asrlarda landshaft meʼmorligi, xitoycha bogʻparklar bunyod etish sanʼati, qalʼa

va saroy devorlariga rasm chizish rivojlandi. 16-asrdan shahar mudofaa inshootlari xandaq va

gʻisht devorlar bilan oʻraldi. Shu davrda hoz.gacha saqlanib qolgan anʼanaviy yapon turar joyi

shakllandi. 16-asrdan Edo (hoz. Tokio) shahrida qurilish avj oldi. 19-asr oxiridan shaharsozlik

rivojlandi, sanoat korxonalari qurish koʻpaydi, qurilishda gʻisht, keyinchalik temirbeton va

metall ishlatila boshlandi. Yapon meʼmorlari (Tatsuno Kingo, Katayama Otokuma)

binokorlikda Yevropa uslubidan foydalandilar yoki anʼanaviy yapon uysozligi shakllarini

Meʼmorligi




Gʻarbiy Yevropa meʼmorligi shakllari bilan uygʻunlashtirdilar. 20-asrning 20-asrlari oxiri Le

Korbyuzye taʼsirida funksionalizm uslubi yoyila boshladi. Ikkinchi jahon urushi yillari (1939—

45) Yaponiya shaharlari vayron boʻldi; 50-yillardan qurilish keng koʻlamda avj oldi. Milliy

meʼmorlik shakllarini zamonaviy konstruksiyalar bilan uygʻunlashtirish natijasida yapon

meʼmorligi jahonda mashhur boʻldi (Hiroshimadagi Tinchlik memorial parki, 1949—56;

Okayama shahridagi Kurashiki shahar zali, 1960; Kofudagi Yamanashi binosi, 1966;

hammasining meʼmori Tange Kenzo; Tokiodagi Metropoliten festival xoll, 1960—61, meʼmor

Mayokava Kunio; Tokioning Shinzyuku rayonidagi maydon ansambli va transportyoʻlovchilar

tuguni, 1960—67, meʼmor Sakakura Jundo; Kioto shahridagi Xalqaro konferensiyalar markazi

saroyi, 1966—70 yillar boshi, meʼmor Satio Otani). 18yozgi olimpiada oʻyinlari (1964) va

"EKSPO70" koʻrgazmasining oʻtkazilishi munosabati bilan yirik shaharlar, jumladan, Tokio va

Osaka markazlari rekonstruksiya qilindi, Tokioda ikki olimpiada majmuasi (Yoyogi, meʼmor

Tange Kendzo; Komadzava, meʼmorlar Murata Masasiko va Ashihara I.), Osakada bosh

pavilon koʻrgazmasi (meʼmor Tange Kenzo) qurildi. 1960-yillar oxirida yuksak seysmik

hududligiga qaramay, osmonoʻpar binolar bunyod etildi (Tokio, Osaka va boshqalar

shaharlarda). Yaponiyada milliy meʼmorlik anʼanalarining rivojlanishi K.Maekava, Yo.Taniguti,

K. Tange, K. Kurokava va boshqalar mashhur meʼmorlar faoliyati bilan bogʻliq.

Yaponiya sanʼatining qadimiy yodgorliklari jomon madaniyati davri (mil.av. 8—1-ming yilliklar

oʻrtalari)ga mansub. Mil.av. 1-asrda tayyorlangan bronza buyumlar, sopol idish namunalari

saqlangan. 6-asrda buddizm tarqalishi munosabati bilan ibodatxonalar yaratildi va ular budda

dinidagi mashhur personajlar tasvirlangan haykalchalar bilan bezatildi (Nara shahridagi

Xoryudzi, Yakusidzi monastirlaridagi haykallar). Ilk oʻrta asrlarda rang-tasvir va

haykaltaroshlikda portret janri shuningdek, teatr niqoblari sanʼati rivojlandi. Yaponiya rang-

tasviri buddizm hamda Xitoy sanʼati taʼsirida taraqqiy etdi. 11—12-asrlarda oʻziga xos milliy

xususiyatlarga ega boʻldi.

Bu davrda Fujivara Takayoshi, Fujivara Nobuzane va Toba Sojo kabi rassomlar mashhur

boʻldilar. 12—13-asrlar rang-tasviridagi portretlar oddiyligi va ifodaliligi bilan ajralib turadi

(Fujivara Takanobuning "Minamoto Yoritoma portreti"). 14—15-asrlarda budda sektasining

dzen maktablarida tush rang-tasviri rivoj topdi [Josetsu, Shubun, Toy Oda (Sessyu taxallusi

bilan mashhur) manzaralari]. 15-asrda dunyoviy professional rang-tasvir shakllandi. Kano

maktabi (asoschisi Kano Masanobu) va Tosa maktabi (asoschisi Tosa Matsunobu)

asarlarida xitoy mumtoz rang-tasviri oʻz aksini topdi. 15—17-asrlarda bezak yozuvi sanʼati

yuqori darajaga erishdi (Sotatsu Tavaraya, Ogata Korin). Bu davrda choy tarqalishi

munosabati bilan kulollik va chinni buyumlar tayyorlash avj oldi. 17-asr boshlarida yogʻochga

rangli gravyura ishlash sanʼati — ukiyyoe yapon sanʼatining yetakchi turiga aylandi (Moronobu

Tasviriy sanʼati




Hishikava, Harinobu Suzuki, Utamaro Kitagava, Hokusay Katsushika, Hiroshige Ando kabi

ustalar). 17—19-asrlarda miniatyura haykaltaroshligining oʻziga xos turi hamda kiyimlar

uchun tugmailgak bezaklar yasash rivojlandi. Yapon amaliy bezak sanʼati (kashtadoʻzlik, mato

toʻqish, loklangan buyumlar tayyorlash. toʻr toʻqish) buyumlari katga mahorat bilan

tayyorlandi. 19-asr oxirlaridan Yevropa sanʼati taʼsirida moyboʻyoq rang-tasvir — "yoga"

rivojlana boshladi (Asai Chu, Kuroda Seyki va boshqalar). Bu sohalagi rassomlar ijodida

impressionizm, fovizm taʼsiri yaqqol koʻzga tashlanadi (Umexara Ryudzaburo, Yasun Sotaro.).

20-asr 1-yarmida abstrakt sanʼat, ekspressionizm, syurrealizm taʼsiri seziladi. "Nihonga" rang-

tasvir ustalari Tomioka Tessey, Yokoyama Taykon, Takuechi Seyho kabilar milliy anʼanalar

ruhida asarlar yaratdilar. 1920—30 yillarda Okamoto Toki, Otsuki Genji, Yorimoto Shirin,

Yanase Masamu, Suzuki Kenji kabi rassomlar samarali ijod qildilar. Ikkinchi jahon urushidan

keyin rassomlar ijodidan ijtimoiy muammolar keng oʻrin oldi; koʻp asarlar Hiroshima va

Nagasakidagi atom bombasidan halok boʻlganlar fojiasiga bagʻishlandi (Maruki Iri va

Toshiko, Mita Genjiro, Sakurai Makoto, Fukuda Shinsey, Ono Tadashige, Ueno Makoto).

Zamonaviy yapon tasviriy sanʼatida grafika demokratik va ommaviy sanʼat turi sifatida

mashhur. Taniqli rassom N.Hirayama ijodida Buyuk ipak yoʻli manzaralari muhim oʻrin tutadi.

Tasviriy sanʼatda turli oqim va yoʻnalishlarning koʻpligi koʻzga tashlanib turadi.

Musiqasi qadimiy anʼanalarga boy boʻlib, oʻz taraqqiyoti jarayonida xitoy va koreys, hind va

Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari xalqlari musiqa madaniyati taʼsirida boyigan; u mehnat,

turmush, diniy marosimlar bilan bogʻlangan. Qoʻshiqlar bir ovozli, qoʻsh metrlar ustun.

Musiqiy cholgʻu asboblari xilmaxil: chertib chalinadigan — shamisen (lyutnya), koto (13 torli

sitra); puflama — nokan, shakuhachi (fleytalar), soo (lab organi), hichiriki (goboy turi); zarbli —

tayko, kotsuzumi, otsuzumi (barabanlar), shoko (gong). Professional musiqa diniy harakatlar

va teatr bilan bogʻliq boʻlgan; uning sarchashmalari 6—7-asrlarga borib taqaladi. 14-asrda

teatrning noo sanʼati (qoʻshiq, raqs, cholgʻu asboblar joʻrligida ijro etiladigan deklamatsiya),

16— 17-asrlarda dzyoruri qoʻgʻirchoq teatri musiqasi va kabuki (mumtoz yapon teatri

turlaridan biri) musiqasi shakllandi. Yaponiyada musiqa sanʼatini rivojlantirishda Musiqa

tadqiqotlari instituti (1879 yil tashkil etilgan, 1886 yildan Tokio musiqa maktabi) muhim rol

oʻynadi. 1897 yil yapon simfonik orkestrining birinchi konserti boʻlib oʻtdi. Yevropada musiqa

taʼlimini olgan Yamada Kosaku, Nobutoki Kiyoshi, Kiyose Yasuji, Matsudayra Yoritsune kabi

kompozitorlar kompozitorlarning yangi federatsiyasi (1930 yildan Yaponiya zamonaviy

musiqa uyushmasi)ni tuzdilar. Oʻz ijodlarida milliy anʼanalarga suyangan holda,Yevropaning

kompozitsion usullariga ham murojaat etdilar. 1960—80 yillarda Mamiya Mitio va Akutagava

Yasusi kabi kompozitorlar folklor va yapon mumtoz musiqasidan keng foydatandilar. 1940-

yillarning oxiridan Seki Akiko rahbarligida antiimperialistik xarakterdagi "Yaponiyaning

Musiqasi



kuylovchi ovozlari" ommaviy xor harakati keng yoyildi. 1950-yillarning oxiridan avangardizm

taʼsiri koʻzga tashlana boshladi, eksperimental musiqa turlari tarqaddi. Hoz. davrda ommaviy

va mumtoz musiqa bilan birga milliy musiqa turlari yoyilgan. Folklor musiqasini yigʻish,

oʻrganish va tarqatishga alohida eʼtibor beriladi. 1970-yillarda karaoke (boʻsh orkestr)

havaskorlar ijrochiligi paydo boʻlib, u aholi orasida juda ommalashdi. Kompozitorlardan Noda

Teruyaki, Hachimura Yoshio, Ikebe Shinitiro, ijrochi dirijyorlardan Abe Komei, Masashi Ueda,

Vatanabe Akeo, Ivaki Hiroyuki, Moro Takashi, pianinochi Tanaka Keyko, skripkachi Kubo Yoko

mashhur. Yaponiyada 20 dan ortiq simfonik orkestr, kamer cholgʻu ansambli, xor jamoalari va

boshqalar bor. Tokioda Davlat musiqa akademiyasi (1887 yildan), 20-asr musiqasi instituti

(1957 yildan), Milliy nafis sanʼat va musiqa unti, Toxo oliy musiqa maktabi faoliyat koʻrsatadi.

Teatr sarchashmalari qadimiy xalq dehqonchilik bayramlarida koʻrsatilgan tomoshalardan

boshlanadi. 7—8-asrlarda gigaku va bugaku deb nomlangan musiqali raqs tomoshalari paydo

boʻldi; ular yapon mumtoz teatrining shakllanishiga yordam berdi. 8—12-asrlarda sangaku

musiqali raqs tomoshalari keng yoyildi. 12-asr boshlarida musiqali tomoshalarning yangi

turlari’— dengaku va sarugaku rivojlandi. 14-asr oxiri — 15-asr boshlarida yapon teatrining

yangi turi — noo teatri (musiqa, raqs va dramatik harakatlardan iborat) vujudga keldi. 16-asr

oxiri — 17-asr boshlarida Kiotoda dzyoruri qoʻgʻirchoq teatri va kabuki teatri, 19-asr oxiri — 20-

asr boshlari teatrning yangi turlari — simpa va sinkokugeki paydo boʻldi. 20-asr boshlarida

Yevropa teatri taʼsirida singeki teatr yoʻnalishi (hoz. drama teatri) shakllandi. 20-asrning 1-

choragida Tokioda "Rodo gekidan" nomidagi birinchi ishchi teatri faoliyat koʻrsatdi.

Keyinchalik Tokioda "Sukizi shogekijo" va "Hayuza" teatrlari vujudga keldi; ularning

repertuaridan milliy dramaturglar Kobo Abe, Koyama Yushi pyesalari oʻrin oldi. 1947 yil

"Mingey" teatri oʻz faoliyatini boshladi. Teatr qoshida "Mingey" kinostudiyasi ishladi. 1966 yil

Tokioda "Kokuritsu gekijo" milliy teatr markazi tashkil etildi va u anʼanaviy janrlarni saqlash va

rivojlantirishda muhim rol oʻynadi. Yaponiyaning zamonaviy teatr sanʼati anʼanaviy teatr

(bugaku, noo, kabuki, joruri) va Yevropa tipidagi teatr (drama, opera, balet)ga boʻlinadi.

Bugaku teatrining anʼanalari mumtoz musiqa va raqsning rivojlanishida asos boʻldi. Teatr

artistlaridan Kita Minoru, Hosho Motomasa Kuro, Itimura Manzeamon, Nakamura Kanzaburo,

Nakamura Utaemon, Nakamura Bungori, Matsumoto Koshiro, Mizutani Yayeko, Shimada

Shogo, Tatsumi Ryutaro va boshqalar mashhur. Kinoshi. Yaponiyada birinchi badiiy film 1899

yilsuratga olingan. 1903 yil Tokioda birinchi doimiy kinoteatr, 1908 yil birinchi kinostudiya

tuzildi. 1923 yildan Kioto shahri kino markaziga aylandi. 1931 yil birinchi ovozli film ("Qoʻshni

ayol va xotinim", rejissyor Gosho Heynosku) yaratildi. 1936 yil Mizoguchi Kenji "Elegiya

Naniva" va "Gionlik opasingillar" filmlarini yaratdi. 1930-yillarda "YA. filmlar ishlab chiqarish

boʻyicha jahonda 2-oʻrinni egallab turdi. Urushgacha boʻlgan kinofirmalar ("Toho", "Shinko" va

Teatri



boshqalar)ning asosiy filmlari militaristik mazmunda boʻlgan. Urushdan keyingi yillarda yapon

kinoshida Imai Tadashi, Yamomoto Satsuo, Kinoshita Keysuke va boshqalar rejissyorlar ijodi

bilan bogʻliq boʻlgan ilgʻor gʻoyalar oʻz aksini topdi. Ular oʻz filmlarida Hiroshima fojiasi,

mehnatkashlarning ogʻir hayoti haqida hikoya qildilar. 1950—60 yillardagi eng yaxshi filmlar:

"Rashomon" (1950), "Qizil soqol" (1964; ikkalasining rejissyor Kurasava Akira), "Har qalay biz

yashayapmiz" (1951, rejissyor Imai Tadashi), "Hiroshima bolalari" (1952) va "Yalang orol"

(1960; ikkalasining rejissyor Sindo Kaneto). 1960-yillardagi mashhur rejissyorlar: Yamamoto

Satsuo, Koboyashi Masaki, Imai Tadashi. 1960—70-yillarda koʻproq hujjatli filmlar shuhrat

qozondi. S.Ogava, N. Suchimoto, M.Miyagi kabi ijodkorlar oʻz filmlarida zamonning nizoli

muammolarini koʻtarib chikdilar. 1958 yildan boshlab "Toey" kinokompaniyasi ishlab chiqara

boshlagan multiplikatsion filmlar butun jahonga tarqaldi. 1970—80 yillarda yapon kinosi

televideniye bilan raqobat natijasida inqirozli holatda boʻlsada, "19 yoshli yalangʻochlar"

(1970, rejissyor Shindo Kaneto), "Jangchi sharpasi" (1982, rejissyor Kurosava Akira), "Loyqa

daryo" (1981, rejissyor Kohay Oguri), "Narayama haqida afsona" (1983, rejissyor Imamura

Sohey) kabi filmlar yaratildi. Keyingi yillarda T. Kitano, M.Syou, S.Ivai, N.Takenaka kabi

mashhur kino ijodkorlari yetishib chiqdi. 1969—96 yillar davomida namoyish etilgan "Janob

Tora" seriali yaponlar orasida mashhur. Yapon kinoshida Yamada Isuzu, Mifune Toshiro kabi

aktyorlar shuhrat qozongan. "Nikkatsu", "Shotiku", "Toho", "Toey" va boshqalar

kinokompaniyalar faoliyat yuritadi.

Asosiy maqola: 

Oʻzbekiston — Yaponiya munosabatlari


Download 387,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish