Ning Tabaitshunoslik va uni o’qitish metosikasi fanidan


O’quvchilarning tabiatshunoslik bilimlarini o’zlashtirish didaktik tamoyilining o’rni



Download 0,67 Mb.
bet3/7
Sana31.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#262283
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5337167868020657596

O’quvchilarning tabiatshunoslik bilimlarini o’zlashtirish didaktik tamoyilining o’rni.
Tabiatshunoslik kursining mazmuni tushunchalar mohiyatini ochishda muntazamlilik va izchillikka buysunadi, o’quv materiallari ma’lum izchillik asosida joylashtirilgan. Bolalar avvalo jonsiz tabiat va uning tashqi muhit bilan aloqalarini tushunish uchun muayyam bilimlar to’playdilar.

Bu esa dasturda aniq belgilab berilgan. Masalan: 3 sinfda o’quvchilarda dala va bog’larning o’simlik va hayvonlari haqida tushunchalar shakllantirilsa, 4-sinfda esa “O’lkamiz tabiati” mavzusiga oid tushunchalar to’ldiriladi va kengaytiriladi. Muntazamlilik asosida amaliy ishlar ham turli shakllarda amalga oshiriladi. Hususan, tabiatni ko’zatish, qiziqarli o’yinlar tabiatga sayohatlar, maktab oldi maydondagi ishlar va mehnat bilan bog’lanishi ham ko’zda tutiladi.

Kursning izchilligi esa bolalarning yosh xususiyatlari, tayyorgarlik va rivojlanish darajasiga qarab o’quv materialning tushunarli bo’lishi belgilanadi. Xususan, kurs jonsiz tabiatdagi, o’simlik va hayvonlar hayotidagi, odamlar mehnatidagi mavsumiy o’zgarishlari /1-2 sinflar/; jonajon o’lka tabiatini, odam organizmi va uning salomatligi ekalogiya /3-sinf/ vatanimiz tabiatini, undan foydalanish va uni muhofaza qilishni /4-sinf/ ifodalovchi materiallarni izchillik asosida o’rganish ko’zda tutilgan. Bu mavzular biologiyaning keyingi bo’limlari o’quv predmetlari bo’yicha oddiy ma’lumotlarni beradi.

O’quv materiallarining ilmiylik va tushunarli bo’lish tamoyili ilmiylikka asoslanadi. Tabiatshunoslik kursi 60 yillardan boshlab mustaqil o’quv predmeti sifatida o’qitila boshlanadi. Hozirgi paytda esa zamonaaiy fan tarraqqiyoti darajasiga mos keladi. Dastur mazmuni ham o’lkashunoslik xususiyatlarini o’z ichiga oladi, tabiatshunoslik ta’limining mazmuni ham biologiya kurslarining hozirgi taraqqiyotiga mos keltirilgan.

SHu maqsadda o’quvchilar ilmiy bilimlarni o’zlashtirib olishlari uchun ularni idrok qilish imkoniyatlarini hisobga olib, eng muhim ilmiy ma’lumotlarni tanlab olish kerak. O’quvchilarning ijodiy o’zlashtirish imkoniyatlari jismoniy ko’chi va aqliy kuchlanishlar qiluvchi o’quv materiallari va ilmiy ishlarni murakkablashib borish jarayonida kengayib boradi. O’quv materialini o’zlashtirishda muammoli vaziyatni yaratilishi, ya’ni qiyinchilik tug’ilishi bolalarning idrok qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. O’quv materialini murakkablashib borishiga yordam beruvchi eng optimal variantni tanlab olishga imkon beradi. Bu o’quvchilar aqliy taraqqiyotini ko’tarilishi va ilmiy bilimlarni chuqurroq o’zlashtirib olishiga imkoniyat yaratadi.

O’quv materialining ilmiyligi dunyoviy bilimlar bilan belgilanib, murakkab jarayonlarni o’z ichiga olishi bilan birga qiziquvchilar uchun tushunarli holda bayon etilishini talab etadi. Har ikkisi uyg’unlanishi tayyorgarlik. Bu jarayonni o’quvchilarning aqliy va ruhy rivojlanishga tayyorgarlik darajasiga moslashtirilishi lozim. Tabiatshunoslik o’quv materiallari mazmuni tushunarli kichik yoshdagi o’quvchilarda bilimga qiziqish uyg’otadi, aqlga ozuqa beradi. Shu bilan birga bolaning mantiqiy fikrlashga, taqqoslash va yakuniy xulosalar chiqarish, amaliy masalalarni yechishga da’vat etadi.

Ayrim o’quv mavzulari ancha murakkabdir. Ammo ularning tushunarli bo’lishini ko’zlab, uning ilmiyligi va sistemasini buzish mumkin emas. Zero, biror bo’limdagi mazmuni bayon etilmagan qismlari, keyingi bo’limlarni o’rganishda sezilib qoladi. Buning uchun murakkab mavzularni o’quvchilarning tushunishlari uchun tegishli metod va uslublarini topib qo’llash lozim.

Bu borada barcha munozarali masalalar ekspremental metodik va psixologik tadqiqotlar yordamida oydinlashtiriladi. Bu tadqiqotlar o’quvchilar bilimlari haqida ob’ektiv ma’lumotlar beradi yo bolalar bilimlari past bo’lishi sabablarini yoki o’zlashtirishning optimal darajada asosiy turlaridan biri bu nazariyani amaliyot bilan bog’lash qoidasidir. Bu tamoyilning asosiy mohiyati o’quvchilarning yo’nalishidagi masalalarini hal qilishda nazariyani ahamiyatini tushunishlarini ta’minlaydi va bilimlarini o’zlashtirishni sifatini oshiradi. Bu tamoyil mehnat ta’limini va o’quvchilarni amaliy faoliyatiga tayyorlash vazifasini hal qilishda salmoqli ahamiyatni kasb etadi.

Nazariy bilimlar bolalarning tabiat hodisalarini amaliyotda tanishtirish jarayonida puxta o’zlashtiriladi. Bu paytda nazariy bilimlar bilan bolalar oldinroq tanishtiriladi. Masalan “Tabiatda bahor” III sinf mavzusi bo’yicha amaliy ishlar ekin ekish bilan bog’liq bo’ladi. Ildiz mevalarning hosligiga ekinlar zichligi ta’sirini aniqlash uchun urug’lar ekishni, keyinchalik mavzuni o’rganish jarayonida amaliy ish natijalarini tahlil qilinadi.

Nazariy bilimlar bilan 3-sinfda tut ipak qurti hayotini ko’zatish jarayonida shu kabi, “G’uza”, “Poliz ekinlari”, “Donli ekinlar”, “Sezgi organlari”, “Yurak va qon” mavzularini o’rganish jarayonida bog’lanadi va bolalar bilimlari mustahkamlanadi.

Tirik tabiat burchagida esa amaliy ishlar quyidagi jarayonlarda o’tkaziladi. O’simliklarni ekish va ko’paytirish, ularni parvarishlash so’g’orish, issiqlika, yorug’lika ehtiyojini o’rganish, oziqlantirish gul-manzarali o’simliklarni o’stirish mobaynida o’quvchilar nazariy bilimlarini amaliyotda tadbiq etib, o’z qo’llari bilan bajaradilar.

O’quvchilar o’quv tajriba maydonchasida belgilangan vaqtlarda o’simliklar ustida tajriba ishlari o’tkazadilar. Tajribalar to’plamidagi mavzularda bo’lishi mumkin. Manzarali o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga organik va meniral ug’itlarni ta’siri /3-sinf/, “Pomidorning pishib yetilishi va hosildorligiga bochkalarni ko’chirib o’tkazishning ta’siri”, /4-sinf/ “Ildiz mevali o’simliklar zichligini uning hosildorligiga ta’siri”, “Urug’larni ekish muddatini ularning gullash muddatiga ta’siri” mavzulardagi tajriba ishlari o’quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog’lanishi uchun zaruriy sharoit yaratadi.

Nazariy amaliyot bilan bog’lanish jarayonida shuni esda tutish kerakki amaliy ishlari uchun shunday ob’ekt va tajribalarini tanlash kerakki, ular ilgari o’raganilmagan nazariy qoidalari tasdiqlansin va bilimlarini chuqurlashtirishga xizmat qilsin.

Nazariyani amaliyot bilan bog’lanishga kursni o’rganishning barcha bosqichlarida qo’llash lozim. Nazariy bilimlarining bog’liq holda darsdan tashqari mashg’ulotlar xususan, laborotoriya, amliy mashg’ulotlar, sayohatlar, ijtimoiy foydali mehnatni tashkil etgan holda muntazam foydalanish lozim.



Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish