Ning Tabaitshunoslik va uni o’qitish metosikasi fanidan


O’quvchilarning o’z ulkasi tabiatini o’rganishda o’lkashunoslik tamoyillaridan foydalanishning o’ziga xosligi



Download 0,67 Mb.
bet6/7
Sana31.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#262283
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5337167868020657596

O’quvchilarning o’z ulkasi tabiatini o’rganishda o’lkashunoslik tamoyillaridan foydalanishning o’ziga xosligi.
Tabiatshunoslikni o’qitishning o’lkashunoslik tamoyili. Maktab o’lkashunosligining vazifasi o’quvchilar tomonidan ta‘lim-tarbiya maqsadida har xil manbalar bo’yicha va bevosita ko’zatishlar asosida o’z o’lkasi hududini har tomonlama o’rganishdir.

Boshlang’ich sinflar tabiatshunoslik kursi dasturi mavsumiylik tamoyili asosida qurilgan, zero, kichik yoshli maktab o’quvchilarini yilning turli mavsumlarida jonsiz va jonli tabiatdagi o’zgarishlarni ko’zatish, tabiat hodisalarning bir-biriga bog’liqligi haqida ishonchli bilimlar beradi.

O’lkashunoslik hayot bilan bog’lanishning qudratli vositasidir. Ko’pchilik o’quvchilarning maktabm bitirganlaridan keyin mahalliy sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalariga ishlash uchun borishlari hisobga olinganda, o’lkashunoslik alohida ahamiyat kasb etadi.

O’lkashunoslik bevosita tabiat muhofazasi bilan bog’liq, chunki o’z o’lkasini bilish o’quvchilarga uni muhofaza qilish va ko’kalam-zorlashtirish bo’yicha ishlarda ongli qatnashish imkoniyatini beradi. O’z o’lkasini o’rganish o’quvchilarning mutsaqilligini rivojlan-tiradi, chunki bu ijtimoiy-foydali mehnatda faol qatnashishga imkon beradi.

O’lkashunoslik materialini o’rganish bo’yicha ish o’quv maq-sadlariga javob berishi kerak, shuning uchun ham lining maz-muni va harakteri o’quv datsuri bilan belgilanadi. O’lkashunoslik ishlari tashkil qilinish shakllari bo’yicha sinfda va sinfdan tashqarida bo’lishi mumkin. Faqat ular barcha o’quvchilar tomonidan bajarilsin.

O’lkashunoslik tamoyili nazariy tabiatshunoslik kursining o’quvchilar o’z o’lkalari tabiati bilan bevosita muloqotda bo’lishida oladigan tasavvurlarga o’zviy ravishda bog’lanishini nazarda tutadi. O’lkashunoslik bilimlaridan foydalanish o’quv o’lkashunosligining bosh maqsadidir. Buning uchun o’qituvchi yetarli o’lkashunoslik materiallariga ega bo’lishi, o’quv materialini o’zlashtirish va tushunib olishga yordam beradigan mahalliy ma‘lumotlarni darslar uchun tanlab olishi kerak.

O’lkashunoslik tamoyili tabiatshunoslikni o’qitishda ko’pgina didaktik tamoyillardan (o’qitishning ilmiyligi va ko’rgazmaliligi, aniqdan noaniqqa, yaqindan o’zoqqa borish kabilardan) foydalanishga imkon beradi.

Mahalliy o’lkashunoslik materiallaridan o’qituvchi tabiatshunoslikni o’qitishda tushuntirish, taqqoslash va kursatish uchun, o’quvchilarning ko’pgina tabiat hodisalarini bevosita idrok qilishlarida foydalanadi.

O’lkashunoslik tamoyilidan muntazam ravishda foydalanish olingan nazariy bilim va uquvlarni turmush (masalan, qishloq xo’jalik ishlarining mo’tadil, ya‘ni optimal muddatlarini aniqlash uchun oldindan ob-havoni aytib bcrish, daryodan o’tishda xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida uning oqimi rejimini aniqlash, mahalliy qishloq xo’jaligi tashkilotlari uchun o’simliklar yig’ish va hokazolar) bilan bog’lashga yordam beradi.

Shunday qilib, tabiatshunoslikni o’qitish «og’zaki sxemada» bo’lmay, balki haqiqatni ko’zatish asosida quriladi. Bundan o’lkashunoslikdan tabiatshunoslikni o’qitishda har kuni va o’zluksiz foydalanish kerakligi ma‘lum bo’ladi. Barcha darslar o’lkashunoslik tamoyili asosida tuzilishi kerak.

O’quv o’lkashunosligini o’lkani o’rganish bo’yicha faqat yurish va to’garak ishlari tashkil qilish bilangina emas, balki har xil tabiiy hodisalarni muntazam ko’zatishlar bilan, o’rganilayotgan hududning ajoyib tabiiy va xushhavo joylarini tekshirish bilan hamda o’z ko’zatishlarini umumlashtirish bilan ham bog’lash kerak bo’ladi.

Darslardagi umumlashtirish o’rganiladigan datsur mavzulari bilan bog’liq holda borishi lozim. O’lkashunoslik tamoyilining mohiyati shundan ham iboratki, u o’quvchilarga tanish bo’lgan joyda tabiat hodisalarini ko’zatish va haqiqiy tasawurlar asosida tabiatshunoslik asoslarini tashkil qiluvchi tushunchalarni shakllan-tirish imkoniyatini beradi.

Jonajon o’lkani o’rganish umumiy tabiatshunoslik kursini o’rganish bilan parallel holda olib borilmog’i lozim. 3—4-sinflardagi o’lkashunoslik tadqiqotlarining muhim qismi tuproqqa, o’simlik va hayvonot dunyosiga harakteritsika to’zish, daryolar oqimining rejimi va harakterini o’rganish, tabiat muhofazasidir. O’quvchilar o’zlarining shahar yoki qishloqlarida qanaqa daryo,anhor kabi suv havzalari, ko’chatzorlar borligini, ularni qaerda joylashganligi bilan tanishadilar, ular haqida mashg’ulotlar jarayonida hikoya qilib beradilar.

Xulosa

O‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalashning asosi ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bu vazifani boshlang‘ich sinflarda amalga oshirishda tabiatshunoslik fani muhim rol o'ynaydi. Bu predmetni o ‘rganish kichik yoshdagi o ‘quvchilarning shaxsiy tajribasini boyitadi, atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlar to'g'risida bilimlar to‘plashga imkon beradi. Shuning uchun ham pedagogika oliy o ‘quv yurtlarining talabalari, ayniqsa, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o'qituvchilari, pedagogik o'quv predmeti sifatida tabiatshunoslikni o'qitish fanining ilmiy-nazariy va amaliy yutuqlari bilan yaxshi tanish bo'lishlari kerak. Tabiatshunoslikning o‘qitish metodikasini yaxshi bilish boshlang‘ich maktab o'qituvchisiga bolalami o‘qitishni to‘g‘ri tashkil qilish im konini beradi. M etodika o ‘qituvchini tabiatshunoslikni o'qitish nazariyasi bilan qurollantirib, o'qitish mahoratini egallab olishiga imkon yaratadi. 0 ‘quv materiallarining mazmunini ochib berishda xilmaxil o ‘qitish metodlaridan foydalanishga turlicha yondashish mumkin. U yoki bu metodni tanlashda o'qituvchi shuni nazarda tutishi kerakki, bu tanlash metodlar rivojlantiruvchi ta‘limning vazifalarini ta'minlasin, o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirsin va bir paytning o ‘zida qayta axborot bersin, ya’ni muvaffaqiyatsizlik sababini aniqlash va o ‘z vaqtida yordamga kelish uchun o ‘quvchilar tomonidan yangi bilimlarning qanday o‘zlashtirilayotganligini tez va aniq ko‘rsatib bersin. Shunga ko‘ra tabiatshunoslik darslarida amaliy ishlar, suhbatlar, hissiyotni qo‘zg‘atuvchi hikoyalar, ayniqsa, mustaqil ishlardan ko‘proq foydalanish kerak, bunda tadqiqiy yondashish, murakkab bo‘lmagan tahlil va sintez, taqqoslash va umumlashtirish, tabiat hodisalari o'rtasidagi sababiy bog‘lanishlarni aniqlash o'sha ishlarning majburiy tarkibiy qismlari bo‘lishi lozim.




Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish