Farg’ona davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti Jismoniy madaniyat yo’nalishi ____- guruh talabasi ______________________ning o’quv o’tkazilayotgan malakaviy amaliyot HISOBOTI Men Farg’ona davlat universiteti Sirtqi Bo‘lim _____-guruh talabasi _________________________________________________ ____-bosqichda ________________ dan ____________________ gacha haftaning dushanbadan va juma kunlarigacha bo’ladigan bir oylik amaliyotni _________________________________ ____-umumta`lim maktabda o’tadim. Bu yerda men ______ sinf o’quvchilari bilan dars mashg’ulotlarini olib bordim. Men bir oylik amaliyot jarayoni uchun o’quv dasturi ishlab chiqdim va shu o’quv dasturi bo’yicha o’quvchilarga dars berdim. Amaliyot jarayonida nazariy jihatdan o’rgangan o’qitish metodlari bo’yicha bilimlarimni amalda qo’lladim va yanada ko’proq bolalarni o’qitish borasida tajriba orttirdim. Shuningdek, ko’proq tajribaga erishish maqsadida tajribali o’qituvchilarni darslarini kuzatdim. Dars mashg’ulotlarini qiziqarli olib borish maqsadida turli xil qiziqarli o’quv materiallardan foydalandim va albatta ularni tanlashda o’quvchilarning yoshi, qiziqishlari va extiyojlarini ham hisobga oldim. Natijada, o’quvchilarni o’qitishda yaxshi natijalarga, samaradorlikka erisha oldim. Ayniqsa, darsda mavzularni turli xil qiziqarli rangli o’quv materiallari va o’yinlar vositasida tushuntirish orqali bolalarni hamma fanlarni o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini yanada ortishiga erishdim. Har bir yangi mavzuni o’tishdan oldin o’tilgan mavzularni takrorlash sifatida so’rab oldim. Malakaviy amaliyot mobaynida bir qancha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillash haqida yetarli bilim-ko'nikmaga ega bo'ldim.
Amaliyot davrida sinf bilan ishlash, dars jarayonidan qatnashishdan tashqari maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim. Sinflarda o`tkiziladigan ma`naviyat soatlarida muntazam qatnashdim. Ma`naviyat soatlarini olib borishni o`rgandim. Davomati va o`zlashtirishi past o`quvchilar bilan ish olib borishni o`zlashtirdim. Ayniqsa sinfda faol va past o`zlashtiruvchi o`quvchilarga qo`shimcha materiallar tayyorlash, darsga jalb qilish hamda ko`rgazmali qurollar va tehnika vositalardan doimiy ravishda hamda maqsadli foydalanish yuzasida bilimlarimni oshirdim. Darslarda mustaqil ravishda konspekt yozishni va ko`rgazmali qurollardan foydalanishni o`rgandim.
Shuningdek, amaliyot davrida turli xil tadbirlarda ishtirok etdim va ularni tashkillashga yordam berdim. Ustozlar va o`quvchilarning yordamlari bilan o’zim ham madaniy-ma'rifiy tadbir o’tkazdim. Ushbu amaliyot mobaynida o`rgangan va keyingi bosqichlarda o`rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda va yetuk malakali mutaxassis bo’lib yetishishimda, davlatimizning ta`lim sohasini rivojlantirishga o’z hissamni qo’shishimga asos bo’lib xizmat qiladi. Amaliyot davomida o’rgangan bilim va ko’nikmalarim kelajakdagi kasbiy faoliyatimda qo’llayman va ular menga yaxshi natijalarga erishishimga yordam beradi deb ishonaman.
Maktab direktori: ________________________ Amaliyot rahbari: ________________________ Amaliyotchi talaba: ________________________
____________________ viloyati ___________________________ ____o’rta ta’lim maktabi direktori ___________________________ Farg’ona davlat universiteti Sirtqi bo’lim jismoniymadaniyat yo’nalishi __..__-guruh talabasi ________________________aga
TAVSIFNOMA Amaliyotchi talaba _________________________________________ ______________ dan ______________ gacha davom etgan pedagogik amaliyotni o`tash mobaynida muassasa ichki tartib qoidalariga rioya qilishi, umumiy va kasbiy tayyorgarligi, kasb o’rganishga bo’lgan ishtiyoqi bilan jamoada o’zini ko’rsata oldi. Mustaqil ishlash ko’nikmalari bilan bolalar e’tiboriga tushdi. Darslari sifatli, qiziqarli hamda zamonaviy ped texnologiyalar asosida olib bordi. O’qish davomida olgan bilimlarini amalda qo’llashga intildi. Mehnatsevarligi va tirishqoqligi, jamoada o’zini tutishi va kirishuvchanligi bilan maktab jamoasidagi o’qituvchilarning e’tiborini qozondi. _______________________________________ amaliyot davomida maktabdagi ma’naviy–ma’rifiy ishlarni tashkillashdagi jonkuyarligi, bolalar bilan ishlashdagi ishtiyoqi bilan maktab o’quvchilarining ham hurmatiga erishdi. Men amaliyotchi talaba _______________________________ning kelajakdagi o’qish va ish faoliyatida muvaffaqiyat tilayman. Men kelgusida ushbu amaliyotchi talabani oliy ta’limni tugallagandan so’ng o’zim ish bilan ta’minlayman.