Denov pedagogika kolleji
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi 2-bosqich 3-guruh o’quvchisi
Choriyeva Sayyora ning
“Bolalar adabiyoti va ifodali o'qish”
fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: JAHON XALQ ERTAKLARI
Reja:
Jahon xalq ertaklari haqida tushuncha.
Jahon xalq ertaklaridan na’munalar.
Xulosa.
Mustaqil mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo‘lagi bo‘lgan bolalar adabiyotining rivojlanishi, har tomonlama boyib borishida tarjima asarlarining o‘rni, ahamiyati katta. Negaki, tarjima asarlarini o‘qigan har bir yosh kitobxonning dunyo haqidagi fikri, tasavvuri boyib, o‘sha xalqning yashash sharoitlari, urf-odatlari, mehnatlari, orzu-intilishlari bilan oshna bo‘ladilar.
Asrlar osha xuddi ertak kabi eldan elga, tildan tilga o‘tib, dillarni yashnatib yurgan „Qizil Shapkacha“ (Sh. Perro), „Ro- binzon Kruzo“ (D. Defo), „Dyumchaxon“ (H. Andersen), „Gulliverning sayohatlari“ (J. Svift), „Oltin baliq“ (A. S. Pushkin), „Tom Soyyerning boshidan kechirganlari“, „Shahzoda va gado“ (M. Tven), „Kapitan Grant bolalari“, „Ostin-ustin“ (S.J. Vern), „Don Kixot“ (J. Servantes) kabi asarlar yosh qalblarning olamga nisbatan qiziqishlarini jo‘sh urdirib yu- boradi.
XX asrda bunyod etilgan „Maugli“ (R. Kipling), „Kichkina Shahzoda“ (A. De Sent — Ekzyuperi), „Katta va kichik Karlson“ (A. Lindgren), „Toshkent — non shahri“ (A. Ne- verov), „Vinni Pux“ (A. Miln), „Ahmoq sichqoncha haqida ertak“ (S. Marshak), „Uch baqaloq“ (Y. Olesha), „Quvnoq japbaqlar“ (B. Kerboboyev), „Doktor Voyjonim“ (K. Chu- kovskiy), „Temur va uning komandasi“ (A. Gaydar), „Chi- pollinoning sarguzashtlari“ (J. Rodari), „Styopa amaki“ (S. Mi- xalkov), „Kim bo‘lsam ekan?“ (V. Mayakovskiy), „Bilmasvoy quyosh shahrida“ (N. Nosov) singari olam kezib yurgan asarlar o‘zbek kitobxon bolalarida katta taassurot qoldirmoqda.
Yuqorida tilga olingan asarlar yosh kitobxonni nimagadir o‘rgatadi, nimagadir da’vat etadi. Bu asarlarning ko‘pchiligida ona-Vatanga muhabbat, uning ozodligi va baxti uchun jon fido qilish („Uch baqaloq“), noshukur bo‘lmaslik, ota-ona pand-nasihatiga quloq solish („Ahmoq sichqoncha haqida ertak“), tabiatga buyuk mehr („Maugli“), tabiatni asrash, hayvonot olamini sevish („Doktor Voyjonim“), odamlar xiz- matini bajarish, beminnat yordam ko‘rsatish („Temur va uning komandasi“), o‘ziga pishiq-puxta bo‘lish, ichki sirlarni o‘zgalarga oshkor qilmaslik („Qizil Shapkacha“), namunali o‘qish, kasb-hunar egasi bo‘lish („Kim bo‘lsam ekan?“), sergak, tadbirkor bo‘lish, quvnoqlikka intilish („Quvnoq jap- baqlar“)dek oliyjanob g‘oyalarning yotishi bolalarning tarjima asarlariga nisbatan bo‘lgan qiziqish va ishtiyoqlarini o‘stiradi.
Bir misol: suriya xalqining „Asalari hech narsa demabdi“ degan bir ertagi bor. Bu ertakda mehnatkash-u kamtarin bo‘- lish masalasi ko‘tariladi. Ertak juda jozibali, hayajonli. Shu bilan birga, yosh kitobxonni o‘ylantiradigan, o‘ziga-o‘zi hisob beradigan ruhda kamol topishiga ham ko‘mak beradi.
Bir o‘rmonda xo‘roz, chigirtka, chivin va asalari yashaydi. Ma’lumki, bu yerda asalaridan tashqari hech kim ish, yu- mush bajarmaydi. Hammasi ishyoqmas, dangasa, ammo maq- tanchoq, takabbur. Xo‘roz: „Men qichqirmasam, tong ham ot- maydi. Tongni men orttiraman“. Chigirtka: „Mening kuyim dunyoda eng yoqimli, mayin kuy“. Chivin: „Odamlar ovo- zimni eshitib, huzur qilishadi“.
Barcha biladi: bularnnig barchasi zararkunanda. Odamlarning asablariga tegishdan nariga o‘tmaydiganlardan. Endi bularning qo‘shnilari asalari-chi? Juda kamgap, kamsuqum. U doimo mehnat bilan band. Asalarining bunday xususiyati yosh kitobxonni odobli, mehnatkash, kamtarin bo‘lishga o‘rgatadi.
Turkman adibi Berdi Kerboboyevning „Quvnoq japbaq- lar“ asarida bolalarni bir-birlari bilan ahil, do‘st, tadbirkor-u vatanparvar bo‘lishga undaydi.
Bir oilada Japbaq, Mapbaq, To‘pbaq, Yapbaq ismli juda quvnoq, kambag‘al-qashshoq aka-ukalar istiqomat qilishadi. Ota yo‘q, onaning topgan-tutgani ro‘zg‘or tebratishga yetmay- di. Ajoyib-g‘aroyib kulgu-yu sarguzashtlarga boy bu asarda aka-ukalar hayotda bo‘sh kelmaslikka, ozgina mug‘ombir, oz- gina ishbilarmonlik namunasini ko‘rsatishga harakat qilib ya- shashlari kitobxon bolalarga manzur bo‘ladi.
Yurtda nima ko‘p — boy-u puldor ko‘p. Nima ko‘p — aldamchi, g‘irrom, o‘zgalar hisobiga kun ko‘radiganlar ko‘p. Japbaqlarning mana shundaylarga qarshi ish yuritishlari, ol- dindan chiqadigan har qanday to‘siq-g‘ovlarni quvnoqlik yo‘- lini tutib, ishbilarmonlik bilan yengib o‘tishlari quvonchlidir. Qishloqdagi eng katta boylardan biri Duyduq xolani, uzoq yillardan beri xasislikda nom chiqargan Kelekboyni, „Ham- mangni duoyi ba’d qilib, yer yuzidan supirib tashlayman“, deb yuradigan tekintomoq Yaloq eshonni, ham ko‘p uxlash yo‘lini tutib, mehnatkash xalqni aldab, unga riyokorlik ko‘r- satib keladigan uyquchi Yotag‘on laqabli bir boyni o‘zlarining so‘zga chechanliklari-yu sabr-toqatlari bilan yengib chiqishlari elga manzur bo‘ladi.
Japbaqlar el-yurt, shahar va qishloqlarni aylanib chiqi- shadi. Ular qayerda bo‘lishmasin, albatta, xalqni zulukdek so‘ruvchilarni ahillig-u tabassumlari bilan sindirishadi.
Inson uchun hayotda eng muhimi, suv bilan havodek zaruri uy-joy, ya’ni vatan hisoblanadi.
Japbaqlar ko‘p o‘ylashadi. Ancha-muncha joylarda uy-joy qurib, o‘sha yerni vatan aylab, yashab qolishmoqchi ham bo‘lishadi. Lekin ona qishloq, kindik qonlari to‘kilgan joy ular uchun mo‘tabar tuyulaveradi. Bizning bu fikrimizga ularning mana bunday suhbatlari-yu xulosalari asos bo‘ladi:
Kambag‘alning kamchiligi nima? — debdi Yapbaq. — O‘tin bilan suv. Demak, o‘tovni o‘shanday joyga quramiz“.
Shu zaylda aka-ukalar turli joylarni tanlab, uy qurish- moqchi bo‘lishadi. Hamma joyda ham tinchlik, xotirjamlik yo‘q. Endi mana bu gapga e’tibor bering:
Agar yurtda osoyishtalik bo‘lmasa, — deyishibdi Japbaqlar, — o‘tinning issig‘i, suvning ta’mi-yu nonning kuchi ham bo‘lmaydi. Dunyoni qanchalik kezma, baribir ona-Vatandan azizroq joy yo‘q.
Shunday qilib, og‘a-inilar o‘zgalar yurtidan ko‘ngillari to‘l- may, o‘z makonlari sari otlanadilar. Qachonlardir uylari turgan joyning tuprog‘ini o‘pib, shu yerga yangi uy qurib oladilar. Shunday qilib, o‘z uying — o‘lan to‘shaging, deganlari- dek, japbaqlar uchun kindik qonlari to‘kilgan yer hamma joydan ko‘ra go‘zal, orombaxsh bo‘lishi kitobxon bolalar uchun ibrat maktabi rolini o‘taydi
Do'stlaringiz bilan baham: |