Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, Davlat xizmatlari markazlari, FHDY organlari va Filiallar uchun qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, tor doiradagi mutaxassislarni shartnoma asosida Agentlikka ishga jalb etish huquqi berilsin.
13. Sug‘urta kompaniyalariga Davlat xizmatlari markazlari egallab turgan binolarda va hududlarda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalarini tuzish hamda majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha xizmatlar reklamasini joylashtirish huquqi berilsin.
14. Belgilansinki:
tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji sifatida olinadigan barcha mablag‘lar hamda Davlat xizmatlari markazlari va Filiallar orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun davlat bojlari va boshqa to‘lovlar summasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladigan 1 foizi miqdoridagi mablag‘lar 0,5 foizga kamaytiriladi;
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasblari klassifikatori ishga qabul qilishda ta’limning minimal darajasi va ishchilarga kasbi bo‘yicha malakaviy razryadlarni belgilash qismida Agentlikda qo‘llash uchun, istisno tariqasida, tavsiyaviy xaraktyerga ega bo‘ladi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi:
Agentlik bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar talab eng yuqori bo‘lgan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan mobil ilovaning to‘liq shakli joriy etilishi va keyinchalik tizimli asosda takomillashtirib borilishini ta’minlasin;
ikki oy muddatda xizmatdan foydalanuvchilar tomonidan elektron raqamli imzodan foydalanmasdan identifikatsiyalashning muqobil mexanizmlarini joriy qilgan holda Internet tarmog‘i orqali davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini joriy etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
2020-yil 1-aprelga qadar Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlarini tahlil qilsin va davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi idoralararo va ichki idoraviy tartib-taomillarni soddalashtirish bo‘yicha choralarni ko‘rsin;
Davlat xizmatlari markazlari va ularning Filiallari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini, shu jumladan, psixologiya bo‘yicha kurslardan o‘tgan holda oshirish tizimining doimiy asosda takomillashtirilishini ta’minlasin;
2020-yil 1-mayga qadar Filiallarni mahalla yoki bir nechta mahallalarning ehtiyojini, shu jumladan ulardagi aholi soni, Davlat xizmatlari markazlaridan uzoqligini tahlil qilish asosida tashkil etish bo‘yicha minimal tashkiliy-texnik talablar, shuningdek, Filiallar tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat xizmatlarini aholi gavjum bo‘lgan va jamoat joylarida (diniy muassasalar, aeroportlar, vokzallar, metro bekatlari, savdo-ko‘ngilochar komplekslar) o‘rnatiladigan interaktiv infokiosklar orqali o‘ziga o‘zi xizmat qilish tamoyili asosida ko‘rsatish tartibini joriy etsin;
2021-yil 1-yanvarga qadar davlat xizmatlari ko‘rsatishning minimal talablari va standartlarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari U.Sh. Tashxodjayev — mazkur Farmonning sifatli, to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilishi, mas’ul vazirlik va idoralarning faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, ular rahbarlarining ko‘rilgan choralar haqidagi har oylik hisobotlarini eshitish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni tezkor bartaraf etishni ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov va O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov — Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilishi, mazkur Farmonning o‘z vaqtida ijro etilishida mas’ul tashkilotlarga har tomonlama uslubiy va amaliy yordam berilishini ta’minlasin, shuningdek, har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga uning amalga oshirilishi jarayoni to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etsin;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori X.S. Turaxujayev — mahallalarning ehtiyojini, aholi soni va markazlardan uzoqligini inobatga olgan holda ularda filiallar tashkil etilishi va keyinchalik faoliyat yuritishi, ularning yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirilishi, Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi uzluksiz ishlashi va doimiy takomillashtirib borilishi, Agentlik tizimi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy standartlari joriy etilishini ta’minlasin;
mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari — idoraviy axborot tizimlari o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi, ularning davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilinishi, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun ma’lumotlar raqamlashtirilishini ta’minlasin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — axborot tizimlari o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi, ularning davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin, shuningdek, filiallarni tashkil etish va ularning samarali faoliyat yuritishida yordam ko‘rsatsin.
101-гуруҳ ўқувчиси Абдумажидова Динара Абдуманон қизи
101-Гуруҳ раҳбари Маманазарова Гулбахор
Ташкилотдаги стажировка раҳбари:
_______________________________
Сана: ____ _______2021 йил
Do'stlaringiz bilan baham: |