Нинг 2020/2021 ўқув йилида стажировка ўталганлиги тўғрисидаги



Download 66,5 Kb.
bet2/3
Sana31.12.2021
Hajmi66,5 Kb.
#276569
1   2   3
Bog'liq
44444444и

Жумладан,
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISH MILLIY TIZIMINI JADAL RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi izchil va tizimli isloh qilinmoqda hamda takomillashtirilmoqda. Har bir tumanda (shaharda) Davlat xizmatlari markazlari tashkil etildi va 2019-yil davomida ular tomonidan 13 mln.ga yaqin xizmatlar ko‘rsatildi.

Bugungi kunda ayrim hududlarda ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari soni 130 taga yetdi, mijozlar soni esa kuniga 300 dan 1,5 minggacha odamni tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun murojaat etuvchi aholi va tadbirkorlik subyektlarining soni doimiy ravishda o‘sib borishi mazkur sohani takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishini talab etmoqda.

Aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish davom ettirilishini ta’minlash maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5278-son Farmoniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) zimmasiga yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimini Agentlikka o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

3. Agentlikka Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimini yuritish va texnik qo‘llab-quvvatlash hamda uni Yuridik shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilish va idoralararo elektron hamkorlikni bepul ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin.

4. Quyidagilar:

2020-yil 1-apreldan Toshkent shahrida faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;

Davlat xizmatlari ko‘rsatishda qo‘llaniladigan elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish uchun mashinada o‘qiladigan formatda raqamlashtirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;

Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Mazkur Farmonning 2-ilovasida ko‘rsatilgan vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga elektron ma’lumot bazalarini o‘z vaqtida va sifatli shakllantirish hamda ma’lumotlarni raqamlashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarda (keyingi o‘rinlarda — mahallalar) yuridik shaxs tashkil etmagan holda Davlat xizmatlari markazlari filiallarini (keyingi o‘rinlarda — Filiallar) bosqichma-bosqich tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

7. Quyidagilar Filiallarning asosiy vazifalari etib belgilansin:

jismoniy va yuridik shaxslarga keng qamrovli, shu jumladan mobil (sayyor) davlat xizmatlarini ko‘rsatish;

fuqarolarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyatini oshirish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanishning boshlang‘ich ko‘nikmalari bo‘yicha maslahatlar berish;

tegishli hudud aholisini ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari haqida muntazam xabardor qilib borish.

8. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining Filiallarni mahallalarning fuqarolar yig‘inlari binolarida bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.

9. Belgilansinki:

Filiallar, zarur hollarda, alohida, shu jumladan davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida, shuningdek, Agentlik, adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qurilgan binolarda joylashtirilishi mumkin;

Filiallarni tashkil etish, shu jumladan xodimlarning mehnatiga haq to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq xarajatlar Agentlik, adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan, Filiallar uchun alohida binolarni mebel, tashkiliy texnika va jihozlar bilan ta’minlash esa mahalliy budjetlar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

10. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikning buyurtmanomalari bo‘yicha Filiallarning belgilangan tartibda Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlasin.

11. Agentlik tuzilmasida Agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha 5 ta shtat birligini ajratgan holda Davlat xizmatlarini raqamlashtirish boshqarmasi tashkil etilsin.

12. O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Agentlik, adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan:


Download 66,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish