N.Baxriyeva ish tajribasidan.
O’quvchilarni savodxonligini oshirishda eng avvalo o’qituvchi nimaga ahamiyat bermog’i lozim?
O’quvchilarni savodxonligini oshirishda eng avvalo o’qituvchi uchun qulay usullar haqida to’xtalaman. Sinfni 5-sinfdan qabul qiliboq, o’quvchilardan ona tili va adabiyot o’qituvchisi diktant olishi lozim. Har bir o’quvchi ishi alohida tahlil qilinadi. Qaysi o’quvchi nimaga qiynalsa shu bo’yicha ish tashkil etiladi. Albatta, bunda boshlangich sinf o’qituvchisi bilan hamkorlik juda zarur. Harflarni bir teksda yozishga qiynaladigan o’quvchilar uchun alohida mayda chiziqli daftar tashkil etiladi. Hatto 1 ta gap bo’lsa ham uni chiroyli yozish uyga vazifa qilib beriladi. Albatta, o’quvchi ishi nazorat qilinib, har kunlik ish baholab borilishi lozim.
A yrim o’quvchilar tinish belgilarga, ayrimlari boshqa tillardan kirib kelgan so’zlarning yozilishiga, ayrimlari esa bo’g’in ko’chirishga qiynalishi mumkin.
Qaysi o’quvchi nimaga qiynalsa shu yuzasidan o’qituvchi ish olib boradi. Lug’atlar bilan ishlash, boshqa tillardan kirib kelgan so’zlarni yodlatish yaxshi samara beradi.
Lug’at ishi. Ilmiy matnda qo’llangan, o’quvchilar tushunishi qiyin bo’lgan quyidagi so’zlarning lug’aviy-ma’nosi izohlanadi: jamiyat, ijtimoiy, me’yor, talaffuz, rasmiy, matbuot, muloqot, mantiqlilik, farmon va h.k.
Namuna: jamiyat- tarixiy taraqqiyotning ma’lum bosqichida moddiy boyliklar yaratishning muayyan usullari va muayyan ishlab chiqarish iunosabatlari bilan xarakterlanadigan ijtimoiy munosabatlar majmui.
Ijtimoiy -kishilik jamiyatiga, uning hayoti va qonuniyatlariga oid.
Me’yor -o’lchovli, miqdor, daraja, norma;
Mantiqlilik –gap, fikr, harakat, va sh.k.ning aqlga monandligi, asosliligi.
“O’rgan o’rgat” talabi asosida o’quvchilarni bir-biriga berkitish va bir-birini ishini nazorat qilish ham yaxshi samara beradi.
“O‘rgan –o‘rgat” - o‘quvchilar o‘rtasida
Umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim- tarbiya jarayonini to‘g‘ri va ilmiy asosda tashkil etish uchun o‘quvchining o‘ziga xos psixologik holatini o‘rganishi muhim sanaladi. Zotan, har bir o‘quvchi o‘ziga xos fe’l-atvorga ega. Shu bois, ta’lim-tarbiya jarayonida ularga individual munosabatda bo‘lish, shaxsiy xususiyatlarini o‘rganish orqali tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish oqilona va samarali usuldir. O‘quvchini o‘rganishda uning birinchidan yaxshi jihatlari, ijobiy tomonlarini e’tirof etish yaxshi samara beradi. Demak, o‘quvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro do‘stona munosabatning shakllanishi ta’lim sifatini kafolatlovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Jumladan, DTS talablarini o‘zlashtirishida qiynalayotgan o‘quvchilarga ko‘maklashuvchi «Faol o‘quvchilar» maktabining tashkil etish orqali amalga oshirilishi mumkin.
O’qituvchi iqtidorli o‘quvchini boshqa bir iqtidorli bilan, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi o‘rta o‘quvchini xuddi shunday o‘quvchi bilan yoki a’lo va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchidan juftlik hosil qilish orqali fanlar bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirish sifatini oshirish, bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni yuqori darajaga ko‘tarish, o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona muhitni shakllantirish, bir-biriga yordam berish hislarini tarbiyalash hamda iqtidorli, ilg‘or va ijodkor o‘quvchilarni aniqlab, ularga yordamga muhtojlik sezadigan o‘quvchilarni biriktirish yo‘li orqali ularni o‘qishga qiziqishlarini oshirish, ilg‘or o‘quvchilar safiga qo‘shilishiga ishtiyoq uyg‘otish, o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish, o‘quvchining faolligini oshirish maqsadida tashkil etiladi.
Yozilgan diktant matnini tahlil qilishda, yo’l qo’yilgan xatolar ustida ishlash jarayonida matnni o’quvchiga praektor orqali ko’rsatib tahlil qilish ham yaxshi samara beradi. Chunki, o’quvchi ko’rganini eslab qoladi. O’z xatosini yaqqol ko’radi, qaytib bu xatoni takrorlamaslikka harakat qiladi.
O‘quvchilarni orfografiyaga o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni ona tili faniga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish bilan birga, to‘g‘ri va chiroyli yozishlariga tezroq erishishga yordam beradi.
Orfografiya – grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, „to‘g‘ri yozmoq“ degan ma’noni anglatadi. So‘zning o‘zak-negizi va qo‘shimchasini yagona tarzda yozish haqidagi qoida – orfografiya deyiladi.
O‘quvchilarni orfografiyaga o‘rgatishda quyidagi mavzularda slaydlar yaratish mumkin. Masalan, o‘qituvchi bugun darsda ta’limiy diktant turlaridan biri bo‘lgan lug‘at diktant ustida ishlamoqchi. So‘zlar yozilgan slaydni tayyorlab qo‘yadi.
O‘quvchilar diktant so‘zlarini yozib bo‘lishgach, slayd kompyuter yoki proektor orqali ko‘rsatiladi. O‘quvchilar o‘z xatolarini o‘zlari tuzatishadi. Tajribali pedagoglar yaxshi bilishadiki, o‘z-o‘zini baholash o‘quvchilarning eng sevimli mashg‘ulotlaridan biridir. Ona tili darslarida so‘z ma’nolarini tushuntirish mavzuni o‘zlashtirish bilan birga o‘quvchilarning lug‘at boyliklarini ham oshiradi.
Har darsda doskaga yangi mavzuni tushuntirish jarayonida bitta gap yozib chiroyli yozuv talab etilsa, (bu gap mavzuga, yoki tarbiyaga mos bo’lishi o’rinli) shu gap orqali mavzu tushuntirilsa ham o’quvchining husnixati o’zgaradi.
O ’qituvchining husnixati chiroyli bo’lsa, mashqlarni baholashda, yoki o’quvchi daftariga izoh yozganda o’zi e’tiborli bo’lsa, o’quvchi undan ibrat oladi. Daftarlarni baholashda o’quvchi chiroyli, qoidaga mos yoza olmagan harflarni o’qituvchi qizil hoshiyadan so’nggi qatorga aniq, chiroyli yozib ko’rsatsa o’quvchi harfni qaytib buzib yozmaydi va chiroyli yozuv qoidasiga amal qiladi.
A yrim o’quvchilar kichik q,f harfini, bosh I harfini, kichik k harfini, bosh r va boshqa harflarni yozishga qiynaladi. Bunday holatlarda o’qituvchi shu harflarni o’zi daftarga yozib ko’rsatadi. O’quvchi harflarni chiroyli yozishni o’rgangunga qadar bu jarayon davom etadi.
Ayrim o’quvchilar bo’g’in ko’chirishga, tildagi jarangli va jarangsiz 8 ta juftlikni so’zlarda qo’llaganda xatolikka yo’l qo’yadi. Bunday hollarda so’z oxirida kelgan har bir harfning talaffuzi va imlosi ustida ish olib boriladi, lug’atlar yordamida so’zlarni yodlatib, ularning yozilishi o’quvchiga tushuntiriladi. Bo’g’in ko’chirish qoidasi o’rgatiladi. So’zlar qaysi o’rinlarda bo’g’inga ko’chirilmasligiga izoh beriladi.
Matndagi birinchi xat boshiga qarab qolgan xat boshilar yozilishi lozim.
Barcha so’zlar bir qatorda marjondek, bir maromda yozilsa, diktant chiroyli chiqadi. Fikrimni isbotlash uchun kitobga qarang, birinchi xat boshi qayerdan boshlansa, qolganlari shunga qarab yozilgan. Bir barmoq joy tashlab, so’ng harflar bir maromda yozilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |