Nigora Erkaboyeva



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/198
Sana12.01.2022
Hajmi1,71 Mb.
#336157
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   198
Bog'liq
fayl 775 20210505

pedagogik tashxis 
– aniq maqsaddan kelib chiqqan holda muayyan holat 
(fazilat,  bilimlarni  o‘zlashtirish)  bo‘yicha  o‘rganiluvchi  shaxs  faoliyatini  kuzatish, 
tekshirish  va  baholashga  oid  statistik  ma’lumotlarni  yig‘ish,  ularni  tahlil  qilish, 
dinamik  rivojlanishni  aniqlashga  qaratilgan  nazorat  yoki  monitoringning  tarkibiy 
qismi. O‘z mohiyatiga ko‘ra ma’lum jarayon, hodisa yoki ob’ekt bo‘yicha pedagogik 
tashxis  qo‘yishga  qaratilgan  faoliyat  esa  pedagogik  tashxislash  sanaladi.  Chunki 
tashxislash  negizida  shaxs  yoki  avtomatik  qurilma  tomonidan  amalga  oshiriladigan 
real harakat yotadi
45
.   
V.Uruskoy esa pedagogik tashxislash o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki maqsadga erishishga 
xizmat qiladi,  deb hisoblaydi. Ular: 1) o‘qituvchining  kasbiy  darajasini  o‘rganuvchi  
metod,  vositalarning  tizimi  sifatida  kasbiy  faoliyatdagi  qiyinchiliklarni  o‘rganish, 
ularni barataf etishning samarali yo‘llarini izlash zaruriyatini anglash; 2) pedagogik 
faoliyatni  tashkil  etishning  individual  uslubiga  ko‘ra  o‘qituvchining  kuchli 
tomonlarini aniqlash, ularni mustahkamlash hamda rivojlantirishning aniq yo‘llari va 
vositalarini aniqlash
46

N.V.Kuzmina  talabalar  misolida  pedagogik  tashxisni  quyidagi  izchillikka  muvofiq 
amalga  oshirishni  maqsadga  muvofiq  deb  topadi:  1)  tashxislash  maqsadining 
aniqlash;  2)  vaziyatli  modelning  tahlili;  3)  tashxislashning  shakl,  metod  va 
vositalarini  tanlash;  4)  o‘qituvchi  va  talabaning  tashxislash  jarayonidagi  o‘zaro 
aloqasining  aniqlash;  5)  talabalar  faoliyatini  nazorat  va  baholash;  6)  o‘qituvchi 
pedagogik faoliyatining tashxisli tadqiqot natijalar bo‘yicha tahlil  qilish; 7) talabalar 
bilish  faoliyatini  izlanish  natijalari  bo‘yicha  tahlil  qilish;  8)  etalon  (me’yoriy 
ko‘rsatkichlar)dan  og‘ish  sabablari  va  darajasini  aniqlash;  9)  korrektsiyalovchi 
faoliyatning belgilash
47

Pedagoglar  mehnatini  tashxislashda  quyidagi  yo‘nalishlar  ustuvorlik  qiladi:  1) 
an’anaviy metodlarni qo‘llagan holda mavjud kasbiy tajribadan oqilona foydalanish; 
2)  o‘quv  faoliyatining  ilg‘or  metod  va  usullarni  o‘zlashtirish;  3)  ularni  o‘z  vaqtida 
                                                           
44
 
Дудина  М.М,  Хаматнуров  Ф.Т.  Основы  психолого-педагогической  диагностики  / 
Учеб.пособие. – Екатеринбург: Изд-во РГПУ, 2016. – С. 16-17. 
45
  Инназаров  М.А.  Малака  ошириш  тизимида  педагог  кадрлар  касбий  компетентлигини 
ташхислаш  ва  баҳолаш  технологиялари:  пед.фанл.бўйича  фалс.докт.(PhD)  …дис.  –  Тошкент: 
2020. – 37-бет. 
46
  Шапран  Ю.П.  Диагностика  профессиональной  компетентности  будущих  учителей 
биологии //https://sibac.info/conf/pedagog/xxii/30254.
 
47
 
Кузьмина  Н.В. Профессионализм  личности  преподавателя  и  мастера  производственного 
обучения. – М.: Педагогика, 1990. – С. 29.
 


o‘quv  materialining  mazmuni  bilan  bog‘lay  olish;  4)  o‘z-o‘zini  tahlil  va  baholash 
orqali tegishli o‘quv fanini samarali o‘qitishda qayta aloqani ta’minlash
48

L.V.Grebennikovaning  ishlarida  pedagoglar  faoliyatini  baholash  mezonlari 
sifatida quyidagilar e’tirof etilgan: tegishli o‘quv fani bo‘yicha chuqur bilimga egalik; 
pedagogika,  psixologiya,  bolalar  va  yosh  fiziologiyasi  asoslarini  bilish;  o‘qitish 
metodikasini o‘zlashtirganlik darajasi; kasbiy va ilg‘or tajribalar, metodik navatorlik, 
shaxsiy  innovatsion  ishlanmalardan  foydalanish  malakasiga  egalik;  shaxsiy  kasbiy 
sifatlar  (ijodkorlik,  improvizatsiya  qila  olish,  individual  ijodiy  izlanish,  favqulodda 
topqirlik, kommunikativlik, insoniylik, demokratizm, tashkilotchilik kabi qobiliyatlarga 
egalik);  ta’limning  natijasi  uchun  mas’ullik;  hamkasblarga  nisbatan  ijobiy 
munosabatda bo‘lish
49

 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish