3. Rivojlantirish bosqichi.
Bu bosqichning asosiy xususiyati o‘quvchilarning
o‘quv-bilish faoliyatida mustaqillikning yorqin namoyon bo‘lishi bilan belgilanadi.
O‘quvchilar har qanday murakkablikdagi o‘quv-bilish harakatlarini maqsadli, izchil,
uzluksiz ravishda o‘qituvchi yoki ishlab chiqarish ustasining rahbarligisiz mustaqil
amalga oshiradi. Ushbu bosqichda o‘quvchilarning o‘quv, kichik tadqiqot, loyiha,
ishlab chiqarish faoliyatlariga oid ko‘nikmalari sekin-asta malakalarga aylanadi.
Buning natijasida o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyati qisman-izlanuvchanlik va
ijodiylik kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |