Nigora Erkaboyeva pedagogik mahorat (O‘quv qo‘llanma) Toshkent


Model – real, haqiqatda mavjud bo‘lgan ob’ektning soddalashtirilgan, kichraytirilgan (kattalashtirilgan) yoki unga o‘xshagan nusxasi. Modellashtirish



Download 1,21 Mb.
bet79/102
Sana17.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#815525
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102
Bog'liq
fayl 775 20210505

Model – real, haqiqatda mavjud bo‘lgan ob’ektning soddalashtirilgan, kichraytirilgan (kattalashtirilgan) yoki unga o‘xshagan nusxasi.
Modellashtirish hodisa, jarayon yoki tizimning umumiy mohiyatini to‘la yorituvchi modelni yaratishdir.
O‘quv jarayonida o‘quv, tajriba, ilmiy-texnik, o‘yin hamda imitatsion modellar qo‘llanilsa, tarbiya jarayonida ko‘proq o‘yin va imitatsion modellardan foydalaniladi. O‘yin modellari (turli vaziyatlarda ob’ekt tomonidan turli harakatlarni bajarish orqali ko‘nikma, malakalarni hosil qilish maqsadida qo‘llaniladi; kompyuter, sport,
iqtisodiy, harbiy, ishchanlik o‘yinlari va boshqalar).
Imitatsion modellar (real voqelikni u yoki bu darajada shunchaki aniq aks ettirish uchun emas, balki aynan unga o‘xshatish maqsadida qo‘llaniladi; amaliy harakatlarni bajarishga xizmat qiluvchi turli trenajyor va mexanizmlar).

  1. Shaxsning tarbiyalanganlik darajasini aniqlash (diagnostika). Tarbiyalanganlik shaxsning jamiyatda o‘zini tuta bilishi, yaxshi tarbiya ko‘rganligi, xushaxloqliligidir. Pedagogik nuqtai nazardan tarbiyalanganlik negizida shaxsning axloqliligi, xushmuomalaligi, yaxshi xulq-atvori, to‘g‘ri ifodalanadigan nutqi, atroqdagi kishilar bilan turli vaziyatlarda muloqot qila olishi e’tirof qilinadi32.

Tarbiyalanganlik negizida shaxsga xos xususiyatlar to‘la namoyon bo‘ladi.
O‘quvchining tarbiyalanganlik darajasi unda shaxsiy sifatlari o‘z yoshiga mos kelishi bilan belgilanadi. Quyidagi baholovchi ko‘rsatkichlar o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini baholashni ta’minlaydi:

  1. O‘quvchining oiladagi xalq-atvori:

  • oilaviy ishlar va muammolarga bo‘lgan qiziqish darajasi;

  • oila a’zolariga nisbatan xushmuomalada bo‘lish;

  • oila a’zolarining tanbehlariga munosabat bildirish;

  • oilaning katta yoshli a’zolarini hurmat qilish;

  • oilaning kichik yoshli a’zolari to‘g‘risida qayg‘urish;

  • oilada zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va o‘zining oiladagi majburiyatini bilishi.

  1. O‘quvchining maktabdagi xulq-atvori:

  • o‘quv faoliyatiga mas’uliyat bilan yondashish;

  • uy vazifalarini o‘z vaqtida bajarish;

  • mehnatsevarlik, o‘quvchi sifatidagi majburiyatlariga mas’uliyatli yondashishi, o‘quv faoliyatida tartibli bo‘lishi;

  • ijtimoiy vazifalarni bajarishda mas’uliyatni his qilishi;

  • ta’limning moddiy vositalariga nisbatan ehtiyotkorona yondashishi;

  • o‘qishdagi yutuq va kamchiliklariga bir xilda yondashishi;

  • tanaffus vaqtida tartib-intizomga rioya qilishi.

  1. O‘quvchining kattalarga munosabati:




32 Оценка уровня воспитанности школьников // https://studme.org/49846/pedagogika/ otsenka_ urovnya_vospitannosti_shkolnikov.

  • kattalarni hurmat qilish va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi;

  • kattalarning topshiriq va iltimoslarini o‘z vaqtida bajarishi;

  • yordamga muhtoj keksalarga yordam ko‘rsatishi.

  1. O‘quvchining tengdoshlariga munosabati:

  • jamoaviy faoliyatda faol ishtirok etishi;

  • xolis yordam ko‘rsatishga tayyorligi;

  • jamoa a’zolarini uyaltirib qo‘ymaslikka intilishi;

  • o‘z kechinmalarini jamoa a’zolari bo‘lgan tengdoshlari bilan o‘rtoqlashishga tayyorligi.

  1. O‘quvchining jamoa joylaridagi xulq-atvori:

  • jamoa joylarida tartib-intizom va tozalikka rioya qilishi;

  • tabiatga nisbatan ehtiyotkorona yondashishi.

  1. O‘quvchining o‘ziga nisbatan yondashuvi:

  • shaxsiy gigienaga rioya qilishi;

  • shaxsiy buyumlariga nisbatan tartibli va ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi;

  • o‘ziga nisbatan tanqidiy yondasha olishi;

  • kun tartibiga rioya qilishi;

  • rostgo‘yligi, haiqqatgo‘yligi, qat’iyatliligi33.

Ushbu mezonlar asosida shaxsning tarbiyalanganlik darajasini baholash mumkin. Tarbiya jarayonida o‘qituvchilar o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini baho berishda ushbu mezonlarga tayanib ish ko‘radi.
Shunday qilib, tarbiya jarayonida muayyan qonun, qonuniyat va tamoyillar asosida tashkil etiladi. O‘quvchiga nisbatan samarali tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishda tarbiya metodlari va vositalarining to‘g‘ri tanlanishi muhim ahamiyatga ega. Tarbiya jarayoniga nisbatan texnologik yondashish uning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Bugungi kunda ta’lim muassasalarida rivojlantiruvchi, talabqalashtirilgan, loyiha va o‘yin texnologiyalari faol qo‘llanilmoqda. Tarbiyaviy vaziyatlarda kutilgan pedagogik natijaga erishish uchun ularni loyihalash va modellashtirish taqozo etiladi. Shaxsning tarbiyalanganlik darajasi uning jamiyatda o‘zini tuta bilishi, yurish-turishi, axloqi va muomalasi bilan belgilanadi.



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish