Nigora Erkaboyeva pedagogik mahorat (O‘quv qo‘llanma) Toshkent


II BOB. MAKTAB AMALIYOTIDA O‘QITUVCHI MAHORATI O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHI O‘RTASIDAGI MULOQOT



Download 1,21 Mb.
bet25/102
Sana17.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#815525
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   102
Bog'liq
fayl 775 20210505

II BOB. MAKTAB AMALIYOTIDA O‘QITUVCHI MAHORATI O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHI O‘RTASIDAGI MULOQOT




O‘quv rejasi:

  1. O‘qituvchi obro‘si.

  2. Muloqot jarayonida o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan uslublar.

  3. O’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi muloqotining o’ziga xosligi.

  4. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiladigan muloqotga qo‘yiladigan talablar.



Tayanch tushunchalar: o‘qituvchi obro‘si, muloqot jarayonini boshqarish uslublari, avtoritar uslub, liberal uslub, demokratik uslub, muloqot turlari: do‘stona muloqot, qo‘rquv asosiga qurilgan muloqot, hazil-mutoyibaga asoslangan muloqot, dars, darsdan tashqari jarayon, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqot, o‘quvchilar jamoasida ijodiy kayfiyatni yaratish.



  1. O’qituvchi obro‘si. Pedagogik muloqotda o’qituvchining obro’si muhim ahamiyatga ega. O’qituvchi obro‘si – bu pedagogning o‘quvchilar, ularning ota- onalari, pedagogik jamoa, shuningdek, jamiyat tomonidan e’tirof etilgan axloqiy maqomi. Pedagog o‘zi tomonidan qozongan obro‘ga tayanib, o‘quvchi (talaba, tarbiyalanuvchi)larning hulq-atvorlarini boshqaradi, ularning ishonchlarini qozonadi.

Pedagogik obro‘ pedagogning ma’naviy-axloqiy va pedagogik-psixologik tayyorgarligini ham ifodalaydi. Pedagog ega bo‘lgan obro‘ darajasini uning chuqur bilimi, zakovati, mahorati, o‘z ishiga bo‘lgan munosabati va boshqalar belgilaydi.
Yurish-turishda, muomalada, atrofdagilar – hamkasblar, o‘quvchilar, ularning ota-onalari bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ijtimoiy axloq qoidalariga rioya qilish, vaziyatga bosiqlik bilan baho berish, ovoz ohangining dag‘al, qo‘rs bo‘lmasligi, aksincha, muloyim bo‘lish o‘qituvchining obro‘sini oshirishga xizmat qiladi. Muloqot chog‘ida hissiyotga berilmaslik, aksincha, aql bilan yondashish, vaziyat to‘g‘risida to‘la tasavvurga ega bo‘lmasdan xulosa chiqarmaslik, o‘quvchi yoki boshqalarni hech bir sababsiz ayblamaslik ham o‘qituvchining atrofdagilar o‘rtasida obro‘li bo‘lishiga olib keladi.
Har qanday vaziyatda ham o‘qituvchi holatni har tomonlama tahlil qila olishi, aksincha, unga bir yoqlama baho berishga yo‘l qo‘ymasligi kerak.




  1. Download 1,21 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish