rasm. Kasbiy-pedagogik muloqotning asosiy bosqichlar
Muloqot jarayonida mo’ljal olish. Bu bosqichda pedagog muloqotining anglanganligi yuzaga chiqadi. Shuningdek, muloqot uslubini yangi kommunikativ faoliyat sharoitida aniqlash ham yuzaga chiqadi.
Pedagogik faoliyatning muhim jihati e’tiborni o’ziga tortish bo’lib, bola bilan samarali muloqotni amalga oshirish uchun dars jarayonida bolaning diqqati barqaror bo’lishi kerak.
Ob’ekt e’tiborini qozonish pedagogik muloqotni tashkillashtirishda katta ahamiyatga ega. Mohiyati jihatidan bu bosqich kommunikatsiyani o’ziga xos izlash bosqichidir. M: yangi materialni bayon etishda pedagog bolalarni muloqotga tayyorlab oladi. o’qituvchining o’quvchini tushunishi kasbiy-pedagogik muloqotning kaliti hisoblanadi.
Verbal muloqot, ya’ni o’qituvchining yangi materialni o’quvchilarga og’zaki bayon qilishidir. Pedagog uchun nutq muloqoti juda muhim. Pedagogik muloqot tizimida pedagogning so’zi obrazlar qo’zg’atuvchisi bo’lib hisoblanadi.
Pedagog bilan o’quvchi o’rtasidagi o’zaro harakatda hayajonlanishning uzatilishida kommunikativ vositalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Jumladan, pedagogning nutqi jonli, ohanglarga boy, tushunarli, aniq, sodda tilda bo’lishi kerak. Shunda tinglovchilarning idroki to’liq, obrazli bo’ladi.
Muloqot orqali pedagogik ta’sir etish usullari va pedagogik muloqot jarayonini boshqarish. Muloqot orqali pedagogik ta’sir etish – o‘qituvchi, ota- onalar va vasiylarning muloqot jarayonida o‘quvchi (farzand)larga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi. Muloqot orqali pedagogik ta’sir ko‘rsatishda o‘qituvchi, ota-onalar va vasiylar muayyan so‘z, xatti-harakat, faoliyatning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini, maqsadga muvofiq yoki maqsadga muvofiq emasligini, o‘rinli yoki o‘rinsiz ekanligini anglatishga muvaffaq bo‘ladilar.
Pedagogik muloqotni samarali tashkil etish – o‘qituvchi, ota-onalar va vasiylarning muloqot jarayonida o‘quvchi (farzand)larga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishida kutilgan natijalarga erishishga qaratilgan faoliyat.
Pedagogik muloqot jarayonini boshqarish – o‘qituvchi, ota-onalar va vasiylarning o‘quvchi (farzand)larga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish, kutilgan natijaga erishish uchun muloqot jarayonida tashabbusni o‘z qo‘liga olish, muloqot mavzusi, yo‘nalishi, shakl, metod va vositalarini to‘g‘ri tanlay bilishga yo‘naltirilgan faoliyati.
Pedagogik muloqot jarayonini samarali boshqarish shakllari – o‘qituvchi, ota- onalar va vasiylarning o‘quvchi (farzand)larga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish, kutilgan natijaga erishish maqsadida muloqot jarayonida tashabbusni o‘z qo‘liga olish, muloqot mavzusi, yo‘nalishi, metod va vositalarini to‘g‘ri tanlay bilishga qaratilgan faoliyatlarining ko‘rinishlari.
Pedagogik muloqot jarayonini samarali boshqarish metodlari – o‘qituvchi, ota- onalar va vasiylarning o‘quvchi (farzand)larga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish, kutilgan natijaga erishish maqsadida muloqot jarayonida tashabbusni o‘z qo‘liga olish, muloqot mavzusi, yo‘nalishi, shakl va vositalarini to‘g‘ri tanlay bilishga qaratilgan faoliyatlarining uslublari.
Do'stlaringiz bilan baham: |