O‘qituvchining o‘quvchilarni o‘quv-bilish (anglash) faoliyatini boshqarishdagimahorati. Ta’lim muassasalarida o‘qituvchining o‘quvchilarni o‘quv-bilish (anglash) faoliyatini boshqarishdagi mahorati o‘quv jarayonini tashkil etish, o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyati yo‘nalishlarini oqilona, aniq belgilash, ularning o‘quv topshiriqlarini bajarishdagi harakatlarini nazorat qilish, to‘g‘ri yo‘naltirish, zarur o‘rinlarda maslahat berish, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini tashxislash va baholashda namoyon bo‘ladi.
Ta’limni tashkil etish jarayonida o‘qituvchi V.P.Bespalkoning bilish nazariyasiga ko‘ra psixologik nuqtai nazardan yondashgan holda o‘quvchilar tomonidan o‘quv-bilish materiallarini o‘zlashtirishdagi faoliyati darajasini quyidagi guruhlashtirishi mumkin:
daraja: avval o‘zlashtirilgan materialni ikkilamchi idrok etish (anglash) orqali ob’ektlarni bilish va ular asosida oddiy harakatlarni bajarish.
daraja: avval bajarilgan harakatlarni reproduktiv (unumli, samarali) harakatlarni mustaqil bajarish yo‘li bilan qayta tiklash.
daraja: namuna asosida harakat qilish yo‘li bilan produktiv (mahsuldor) harakatlarni tashkil etish orqali yangi bilimlarni egallash.
daraja: yangi bilimlarni mustaqil o‘rganishga qaratilgan ijodiy harakatlarni tashkil etish16.
A.V.Usova esa o‘quvchilarning bilish ko‘nikmalari shakllanganlik darajasi quyidagi mezonlar asosida baholash mumkin degan g‘oyani ilgari suradi: bajariladigan operatsiyalarning tarkibi va sifati; ularning anglanganligi; ularning to‘liqligi va ixchamligi; murakkablik darajasi; ularni bajarishdagi amaliy izchillik17.
Bilish ko‘nikmalarining shakllanganlik darajasi quyidagicha ham aniqlanadi:
14Богоявленская Д.Б. Интеллектуальная активность как проблема творчества. – Ростов-на- Дону: Изд-во РГУ, 1983. – 176 с.
15 Тот источник. – 176 с.
16 Беспалько В.П. Слагаемые педагогической технологии. – М.: Педагогика, 1989. – с. 70-71.
17 Усова А.В. Теория и практика развивающего обучения, индивидуально-личностного подхода в обучении. – Челябинск: ЧТУ, 1996. – С. 45.
(past) – o‘quvchilar tomonidan atigi alohida operatsiyalar bajariladi (tartibsiz, anglanmagan);
(o‘rtacha) – o‘quvchilar tomonidan talab etilgan barcha operatsiyalar bajariladi, biroq, ularning izchilligi yetarlicha o‘ylanmagan, harakatlar to‘liq anglab yetilmagan;
(yuqori) – o‘quvchilar tomonidan barcha operatsiya va harakatlar amaliy izchillik asosida ongli ravishda bajariladi18.
N.A.Polovnikova o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishdagi mustaqilliklari darajasini quyidagicha guruhlaydi: 1) tahlid qilish; 2) ijodiy ishlab chiqish; 3) ijodiy yaratuvchanlik19.
Faoliyat darajasini aniqlashga qaratilgan turli yondashuvlarni umumlashtirgan holda biz quyidagi yondashuvning bir qadar aniq va asoslangan ekanlgiga ishonch hosil qildik:
daraja: reproduktiv (mahsuldor – qayta aks ettirish; unga muvofiq o‘quv-bilish faoliyati namuna bo‘yicha amalga oshiriladi);
daraja: evristik (ijodiy ishlab chiqarish; unga ko‘ra o‘quv-bilish faoliyati topshiriq va sharoitlarga bir qadar yaqin keladigan algortmning mustaqil tanlangan varianti bo‘yicha tashkil etiladi);
daraja: ijodiy (faoliyatni mustaqil rejalashtirish va erkin bajarish).
O‘quvchilarda o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirish ko‘plab ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sirida kechadigan yaxlit jarayon sanaladi. Har qanday jarayon muayyan bosqichlar asosida kechadi. O‘qituvchining ta’lim jarayonidagi mahorati o‘quvchilarda o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirish jarayonini tashkiliy-metodik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish, har bir bosqichda aniq maqsadga erishishda namoyon bo‘ladi.
Mohiyatiga ko‘ra o‘quvchilarda o‘quv-bilish faolligini rivojlantirish jarayonini quyidagi bosqichlarida kechadi (22-rasm):