65
Qadimgi yunon faylasuflari orasida Anaksimandr o‗zining materiya haqidagi
fikr-mulohazalari bilan alohida ajralib turadi. Uning uchun materiya yoki birinchi
modda sezish mumkin bo‗lgan konkret jism emas, balki ayrim nomuayyan
o‗zgaruvchi mohiyatga ega bo‗lgan apeyrondir. Atomistlarda materiya
tabaqalashgan substrakt ko‗rinishini kasb etadi.
Materiyaning birinchi ilmiy konsepsiyasini miloddan avvalgi V asrda
qadimgi atomistlar (Demokrit va boshqalar) taklif qilgan.
Demokrit
barcha narsalar oddiy ajralmas zarralar – atomlardan iborat,
degan g„oyani ilgari surgan. Uning tasavvurida bu zarralar bir-biri bilan
to„qnashib, bir-biriga yopishib va bir-biri bilan birikib, biz ko„radigan narsalarni
hosil qilgan.
Narsalarning xossalari pirovard natijada ularni tashkil etuvchi atomlar
shakli, kattaligi, o‗zaro joylashuvi va harakatiga bog‗liq. Bu barcha narsalarni
tavsiflash va tushuntirishga asos qilib yagona umumiy sxemani – bilish ob‘ektining
har qanday ob‘ektni atomlar birikmasi sifatida aks ettiruvchi modelini olish
imkonini beradi. SHunday qilib, antik faylasuflar nuqtai nazaridan, materiya – bu
barcha narsalar asosi. Odatda bular qadimgi donishmandlarning farazlari bo‗lgan
va ularning materializmi o‗ta sodda xususiyat kasb etgan, chunki nazariy xulosalar
borliqni kuzatish natijasi, tabiatni eksperimental o‗rganish mavjud emasligi
mahsuli bo‗lgan.
Demokrit, Epikur, Lukretsiy Karning atomistik nazariyasida barcha
narsalarning substrati sifatidagi materiya atomlar yig‗indisi ko‗rinishida namoyon
bo‗ladi. Ular shakli, katta-kichikligi, og‗irligiga ko‗ra har xil, lekin bo‗linmas va
yo‗q bo‗lmasdir. Ob‘ektlarning rang-barangligi atomlar konfiguratsiyasining
turliligi bilan izohlanadi.
Materiya falsafiy kategoriyasini ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini
muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo
bo‗lishiga asos bo‗lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni
ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo‗lib, har qanday
geometrik shakl ko‗rinishini kasb etishi mumkin bo‗lgan makon bilan
tenglashtiriladi. Keyinchalik materiya haqidagi tasavvurlar asosan uning muayyan
xossalari (massa, energiya, ko‗lam) bilan bog‗langan va muayyan turlari (modda,
atomlar, korpuskulalar va sh.k.) bilan tenglashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: