Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Substansiyani barcha o„zgarishlarning sababchisi va (causa sui) o„z-
o„zining sababchisi
sifatida tushunish I.Kant tomonidan qabul qilinib
, yuksak 
baholangan. U substansiyani «hodisalarning vaqtdagi barcha munosabatlarini 
aniqlashga yordam beruvchi o‗zgarmas asos»
1
, deb ta‘riflagan. Uningcha, 
substansiya har qanday tajriba va har qanday idrok etishning asosiy shartidir. U 
barqaror holatda bo‗ladi, har qanday mavjudlik va vaqtdagi o‗zgarish uning 
modusi, ya‘ni o‗zgarmas narsaning mavjudlik usuli sifatida qaralishi mumkin.
Empirik yo„nalish vakillari substansiya g„oyasini
tajribadan keltirib 
chiqarish mumkin emas, deb hisoblaydi.
Berkli bizning sezgilarimiz ruhimizdan 
tashqarida «idrok etilmagan narsalar» mavjudligidan dalolat berishi mumkin emas, 
deb, 
moddiy
substansiyani rad etgan. YUm Berklining ayni shu fikrini 
ma‟naviy
substansiyaga nisbatan ham tatbiq etgan. Uning fikricha, substansiyaning umumiy 
(moddiy substansiya ham, ma‘naviy substansiya ham) g‗oyasi xayolot mahsulidan 
boshqa narsa emas. Biz ayrim narsalarni idrok etamiz, lekin hech qachon ularning 
o‗rtasidagi sababiy aloqani idrok etmaymiz. Substansiya shunday bir nomki, uning 
ostida biz o‗zaro bog‗lanmagan ro‗yolarni birlashtiramiz. D. YUm substansiyani 
umuman borliq tushunchasiga tatbiq etadi. YUm, ―Bizning sezgilarimizdan 
tashqarida biron-bir narsa mavjud yoki mavjud emasligini so‗rash befoydadir. Biz 
tashqi dunyo mavjud, ya‘ni bizga bog‗liq bo‗lmagan va uzluksiz borliqqa ega 
ekanligiga ishonishimiz mumkin, lekin u mavjud ekanligini isbotlay olmaymiz. 
Mavjud bo‗lgan narsa mavjud bo‗lmasligi ham mumkin... Butun mavjudlikning 
mavjud emasligi uning mavjudligi kabi aniq va ravshan g‗oyadir»
2
, deb yozadi. 
Ammo Berkli va YUm mohiyat e‘tibori bilan shunday bir ontologik konsepsiyani 
rivojlantirganki, unda substansiya rolini uning «surrogati» - sub‘ektda tug‗ilgan 
sezgilar oqimi o‗ynaydi.
«Borliq» tushunchasini insonning o‗zini qurshagan dunyoni va o‗z-o‗zini 
bilish jarayonining negizi sanalgan asosiy falsafiy kategoriya sifatida o‗rganar 
1
Кант И. Критика чистого разума. –М.: 1996. –С.47 
2
Юм Д. Сочинения. В 2 т.Т.1. -М.: 1965. –С.167-168 


62 
ekanmiz, biz mazkur kategoriyaning eng umumiy belgisi borliqning har qanday 
narsalari, hodisalari, jarayonlari va holatlariga xos bo‗lgan mavjudlik ekanligini 
aniqladik. Bu kategoriyadan foydalanar ekanmiz, biz inson avvalo o‗z borlig‗ini 
qayd etishi va shundan keyingina uni real borliq butun rang-barangligining 
mavjudligi bilan bog‗lashiga e‘tiborni qaratdik. Ammo biron-bir narsaning 
mavjudligini shunchaki qayd etish ham yangi masalalar yuzaga kelishiga sabab 
bo‗ladiki, ularning eng muhimlari 
borliqning birinchi sababi bilan bog„liqdir.
Hozirgi zamon falsafasida substansiya kategoriyasining ontologik mazmuni 
o„zaro ta‟sir sifatida tushuniladi
.
 
CHunki aynan o„zaro ta‟sir dunyo yaralishining 
haqiqiy va pirovard sababchisi – narsalarning causa finalisi hisoblanadi.
Narsalarni substansiyalilik nuqtai nazaridan o‗rganish ularning mavjudligini ichki 
sabablar va o‗zaro ta‘sirlar nuqtai nazaridan yoritish, demakdir. SHu ma‘noda 
substansiyani ichki birlik nuqtai nazaridan, uning cheksiz va rang-barang 
o‗zgarishlaridan qat‘iy nazar qaraladigan ob‘ektiv borliq sifatida, harakatning 
barcha shakllari, mazkur harakat jarayonida yuzaga keluvchi va yo‗q bo‗luvchi 
tafovut va qarama-qarshiliklar nuqtai nazaridan yondashiladigan materiya deb 
ta‘riflash mumkin. 
SHunday qilib, substansiyaning xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
- o„z-o„zini belgilash (o„z-o„zining sababchisi hisoblanadi, uni yaratib va 
yo„q qilib bo„lmaydi); 
- universallik (hech narsaga bog„liq bo„lmagan, barqaror, o„zgarmas va 
mutlaq birinchi negizni ifodalaydi); 
- kauzallik (barcha hodisalarning umumiy sababiy bog„liqligini o„z ichiga 
oladi); 
- yagonalik (birinchi negizning yagonaligini nazarda tutadi); 
- yaxlitlik (mohiyat va mavjudlikning birligini ko„rsatadi).
Xo‗sh, ana shu xususiyatlar nuqtai nazaridan hozirgi zamon falsafasida 
substansiya kategoriyasi o‗z o‗rniga egami, degan savolga qanday javob berish 
mumkin? Avvalo, ta‘kidlash lozimki, substansiya kategoriyasi hozir ham ko‗p 
jihatdan diqqatga sazovor. Birinchidan, bu barcha hodisa va jarayonlarning sababiy 
belgilanganligi g‗oyasini namoyon qiladi. Substansiya bunda barcha mavjud 
narsalarning birinchi sababi sifatida amal qiladi. Ikkinchidan, u universiumning 
ontologik mazmunini muayyanlashtirish talabidir. U barcha o‗zgarishlarni 
belgilovchi o‗zaro ta‘sirning yangi turlarini izlash va maydonning yagona fizik 
nazariyasini tuzishga yo‗naltiradi. Uchinchidan, substansiya o‗zining rang-barang 
ko‗rinishlari darajasida uning rivojlanishi nuqtai nazaridan olingan hamda o‗ziga 
xos bo‗lgan butun evolyusion imkoniyatlarni ishga solib, harakatlanayotgan 
materiya sifatida tushunilishi lozim. To‗rtinchidan, substansiya kategoriyasiga 
murojaat etish materiya va ongning mutlaqo qarama-qarshiligi to‗g‗risidagi 
masalani kun tartibidan chiqarish imkonini beradi. 
Substansiya masalasi biron-bir faylasuf e‘tiboridan chetda qolishi mumkin 
emas, chunki uning har qanday mulohazalari, ular qaysi mavzuga tegishli 
bo‗lmasin, go‗yoki «havoda muallaq osilib qoladi», zero har doim mulohaza 
qilinayotgan narsaning eng katta asoslari haqidagi masala yuzaga keladi. Masalan, 


63 
bir qarashda dunyoning zamirida nima yotishini aniqlashdan uzoq bo‗lib 
tuyuladigan axloq mavzusini olaylik. Axloq individual ong bilan ham, ijtimoiy ong 
bilan ham bevosita bog‗liq bo‗lib, faqat ularga bog‗lab o‗rganilishi mumkin. 
Ammo ongning kelib chiqishi haqidagi masala falsafa tarixida har xil hal qilinadi. 
Xususan, diniy falsafa vakili uchun axloqning ham, ongning ham manbai va 
birinchi asosi Xudo hisoblanadi, ayni vaqtda ateist uchun bu masala butunlay 
boshqacha echimga ega bo‗ladi.
Falsafa tarixida ob‘ektiv dunyoning rang-barangligi qandaydir pirovard, eng 
katta asosga umuman olganda qanday bog‗langaniga nazar tashlaydigan bo‗lsak, 
tabiatan har xil bo‗lgan va bir-biriga mutlaqo bog‗lanmaydigan ikki shunday asos: 
materiya va ongga duch kelamiz. Ko‗rsatilgan asoslar ham, ularning o‗zaro aloqasi 
masalasi ham doimo qizg‗in bahslarga sabab bo‗lgan, moddiy (tabiiy) va ideal 
(ma‘naviy) narsalar va hodisalarning o‗zaro nisbati muammosi esa deyarli har bir 
ta‘limotda bevosita yoki bilvosita ilgari suriladi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish