281
butunga birlashadi va turli funksiyalar: ovqatlanish, his qilish va mulohaza
yuritishda namoyon bo‗ladi. Jon unsurlarining barchasi tana unsurlari bilan uzviy
bog‗lanadi, ammo ular eng avvalo kosmik harakatlarga bog‗liq bo‗ladi. Antik
davrda jon alohida hayotbaxsh kuch, ichki ma‘naviy asos sifatida tushunilgan
bo‗lsa-da, uning faqat o‗z faolligi sifatida tushuntirilgan.
O‗rta asrlar falsafasida jon – dunyoviy va ilohiy faoliyat o‗rtasidagi
bog‗lovchi bo‗g‗in, degan umumiy tasavvur shakllanadi. Foma Akvinskiy (1226–
1274) jon insonni «aktuallashtiradi», uning asl mohiyatini belgilaydi, degan fikrni
ilgari suradi. Foma Akvinskiy j
on imkoniyatlarini potensiyalar deb ataydi. Ular
besh xil bo„ladi: o„sish, hissiy idrok etish, o„z xohish-irodasini ifodalash, makonda
harakatlanish, aql yordamida dunyoni tushunish
. Ayrim potensiyalar tana bilan
bog‗liq bo‗lsa, ba‘zilari, masalan, o‗z xohish-irodasini ifodalash va aql yordamida
dunyoni tushunish ko‗proq oliy asosga bo‗ysunadi. Ammo tana zarur, chunki u
jonning barcha potensiyalarini birlashtirishni ta‘minlaydi.
CHerkov otalari uchun jon faqat e‘tiqodlar tizimiga mos keladigan yoki mos
kelmaydigan bir mohiyatni o‗zida ifodalaydi. Jonning normal faoliyatini
ta‘minlash ruhoniyning vazifasi hisoblanadi. SHu nuqtai nazardan jon shaxsiy
hayot omili sifatida emas, balki yo‗lga solish lozim bo‗lgan jamoaviy-umumiy
mohiyat sifatida talqin qilinadi. Jonning moddiyligi g‗oyasi
cherkov mulozimlari
tomonidan taqiqlanadi. Aql va jon Xudo atributlari sifatida sharhlanadi. Faqat
jonning panoh topishi haqida qayg‗urish lozimligi ta‘kidlanadi, zero jon o‗lmas,
inson tanasi esa o‗tkinchidir.
YAngi davr Evropa falsafasida jon tushunchasi shaxsning teran, ichki
dunyosi bilan ayniylashtirila boshlaydi. Xususiy tashabbus va tadbirkorlikning
rivojlanishi insonning ma‘naviy intilishlari qadriyat sifatida anglab etilishiga turtki
beradi. Ayrim hollarda ma‘naviy asosni mutlaqlashtirish yuz beradi, u jismoniy,
moddiy asosdan muhimroq deb tushuniladi. Odamlar o‗z harakatlarini o‗zlarining
ehtiyojlari bilan ularni bog‗lash o‗rniga, o‗z mayllaridan kelib chiqib
tushuntiradilar.
SHunga qaramay jonning jismoniy kelib chiqishi
haqidagi konsepsiya
unutilmaydi. Fransuz faylasufi Jyulen Lametri
(1709–1751) hatto jon qaysi
organdan o‗rin olishini ham ko‗rsatadi. «Biz tubanlashuvimiz uchun barcha
kishilarning joni yashaydigan miyamizda zarracha o‗zgarish yuz berishining o‗zi
kifoyadir». «...Bizning jonimiz ehtiyojlarimizga bevosita bog‗liq bo‗ladi, ularni
misli ko‗rilmagan tezlikda qondiradi va bu ehtiyojlarga hech narsa qarshi bora
olmasligi haqida ogohlantiradi»
1
.
Jonda butun dunyo o‗zining to‗liq tajassumini topadi. U serqirradir. Fransuz
faylasufi va matematiki Blez Paskal (1623–1662) jon ruhiy parvozlarining cheksiz
darajada rang-barangligi, uning nozikligi, betakrorligi va beqarorligidan
taajjublanib, inson jonining mohiyatini formula
bilan ifodalash mumkin emas, u
haqda faqat hayotni o‗rganish va inson xulq-atvorini kuzatish orqali hukm
chiqarish mumkin, degan xulosaga keladi. Jonning mazkur xususiyatlari teran
ma‘naviy asoslarni ichki darajadan sirtga chiqaradi. Jon individuallikning asosi
sifatida amal qiladi.
1
Қаранг: Ламетри. Сочинения. – М., 1983. – 237–238-б.
282
SHunday qilib, falsafa tarixida mavjud jon haqidagi tasavvurlar o‗z-o‗zicha
to‗g‗ri, biroq to‗liq emas. Mazkur noyob fenomenni tushuntirish uchun energetik,
dinamik va temporal mezonlar zarur. Adabiyot va she‘riyatda, kundalik
muomalada jonning bezovtaligi, uning mayllari va harakatlari haqida ko‗p
gapiriladi. Jon azaldan muayyan faol kuch, harakat manbai,
energiya toki va
harakatlantiruvchi asos sifatida tushuniladi. Tana dam jonni ifodalash maydoni
sifatida, dam jon «go‗ri» sifatida qaraladi. Psixoanalitik K.YUng jon ham, uning
ishi ham ko‗pchilik uchun ko‗rinmas ekanligiga e‘tiborni qaratar ekan, jon uchun
muhim omillar ongdan tashqarida bo‗lsa kerak, deb taxmin qiladi. «Faqat tunda
ochiladigan gullar» haqida gapirar ekan, YUng, ―jon, barcha ma‘naviy asoslar
yaratiladigan va shakllanadigan vaqt oralig‗ini belgilaydi‖
1
deb ta‘kidlaydi.
Falsafiy oqimlar, maktablar va yo‗nalishlarning deyarli barchasi jonni
anglab etish, oqilona tahlil qilish mumkin bo‗lmagan,
teran hodisa sifatida
tavsiflaydi. Ayni paytda jonga ishora qiluvchi, jonning bokiraligi, uning ichki
kuchlari haqida bahs etuvchi mavzular doirasi behad keng.
Ekzistensializm asoschisi daniyalik faylasuf S.Kerkegor
(1813–1855) o‗z
izlanishlari natijasida jonni tanlash mumkin va bu har kimning o‗z xohish-istagiga
bog‗liq, degan muhim xulosaga keladi. Individual ruhiy olam, intim ichki
dunyoning mavjudligi inson hayotini mushkullashtiradi va ong fenomenini anglab
etish muammosini yanada og‗irlashtiradi. Ammo o‗z o‗zligini saqlab qolish
huquqi Erda yashaydigan har bir insonning uzviy huquqi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: