Jon va ruh haqida
.
Jon masalasida
Seneka qalb, ruh etukligini,
hurligini birinchi o‗ringa qo‗yadi. ―SHunday narsani izohlash kerakki, - deb
yozadi u shogirdi Lutsiliyga, - hech nima unga hukmronlik qilolmasin, hech
nima unga g‗ov bo‗laolmasin. Bu nima deysanmi? U mag‗rur, oliyjanob,
yuksak ruhdir. Uni kishi vujudidan joy topgan xudodan boshqa narsa deyish
mumkinmi?.. Vujud biqiqligidan kechib ko‗kka intil va shoir aytganidek, o‗z
ruhingni Xudoga monandligini namoyon et. Ruhning hurligi uchun tilla ham
kerak emas, kumush ham, chunki haqiqiy xudo timsolini yasab bo‗lmaydi.
Esla xudolar bizga xayrixoh bo‗lganlarida ular loydan edilar... Komil ruhni
qarzga ham, sotib ham olib bo‗lmaydi‖
1
. Seneka nazarida ezgulik, poklik,
adolat va etuklik izlagan kishi eng avvalo o‗z ruhini ilohiy talablarga monand
qilishi darkor. Valek bu talablar kishining o‗z ruhiga talablaridan boshqa
narsa emas. Ilohiylik – bir timsol, unga etish kishi ixtiyoridadir. Kishi qaerda
yashamasin, nimalarni izlamasin, kimlarga hamroh bo‗lmasin o‗zining ruhini
poklamaguncha, uni yuksaklikka yo‗naltirmaguncha hayotdan zavq, orom,
1
Ўша ерда. –Б. 66.
276
buyuklik topolmaydi. ―YAshash joyingni emas, ruhingni o‗zgartir, - deb
yozadi Seneka, - qancha ko‗p kezsang, shuncha ruhing iztirobga botadi.
Kema uchun bab-baravar ortilgan yuk emas, balki notekis ortilgan yuk
halokat keltiradi‖
1
. Ruh bezovta, xasta ekan kishini hech qanday tomosha,
hazz-huzur qutqara olmaydi. Qaerda va kim bilan emas, qanday qalb, ruh
bilan yashashing muhim. ―Ruhim hur bo‗lsin desang, biror makonga butun
dildan bog‗lanma. Men biror burchak uchun tug‗ilmaganman, butun mening
vatanim, degan e‘tiqod bilan yasha‖
2
. Bir qarashda faylasuf kosmopolitizm
tarafdori bo‗lib ko‗rinadi, biroq barcha rimliklar kabi u ham o‗z vatanining
fidoiysi edi. Bu o‗rinda Seneka vatansiz yashashni emas, balki ruhiy
osudalikni targ‗ib etadi.
Faylasuf kishidagi barcha illatlar uning qalbi, ruhidagi nopok tuyg‗ular
tufaylidir deb biladi. Ba‘zi kishilar boshqalarni pok, sofdil, ezgu amalli,
xushaxloq ko‗rishni istaydi, hatto ulardan ilohiy sifatlarni talab etadi, o‗zida
yo‗q xislatlarni boshqalardan talab etish zo‗ravonlik bo‗lmasa-da,
axloqsizlikdir. O‗zi dardmand kishi o‗zganing dardiga darmon bo‗lolmaydi;
qalbi nopok kishining o‗zgalardan poklik talab etishi nokaslikdan boshqa
narsa emas. Boshqani to‗g‗rilashdan oldin o‗zingni to‗g‗irla. ―O‗z aybingni
bilish, ruhni sog‗lom tutish tomon tashlangan birinchi qadamdir‖
3
. Kim o‗z
qalbini sog‗lom ko‗rishni istamasa, o‗zidagi illatlardan xolos bo‗lmoqchi
emas; kim nuqsonlarini eshitishdan qochsa, o‗z nuqsonlarini ezgulik deb
biladi; kim poklanishni ixtiyor etmasa, unga hech kim dars berolmaydi.
Ruhning poklanishi, sog‗lom bo‗lishi uchun nima qilish kerak? Seneka, eng
avvalo ―etuk donishmandlik ilmi‖ falsafa bilan shug‗ullanish lozim, deb
javob beradi.
―Qadimdan bizgacha etib kelgan bir odat bor, - deb yozadi Seneka, -
maktublar ―Agar sen sog‗-salomat bo‗lsang, men ham sog‗-salomatdirman‖
deb boshlangan.
Biz ham, ―Agar sen falsafa bilan shug‗ullansang juda ham
yaxshi‖, deyishimiz zarur. CHunki haqiqiy sog‗-salomatlik falsafada, usiz
ruh hamda tana, ularda qancha kuch va quvvat bo‗lmasin, xastadir. SHuning
uchun: eng avvalo haqiqiy sog‗-salomatlik haqida qayg‗ur, keyin esa
qolganlar haqida‖
4
. Kishi bilaklarini toblash uchun qo‗llarini, elkalarini
mashq qilib turadi. Ammo tana mashqlari chegaralangan, bel va bilak
qanchalik baquvvat bo‗lmasin, ular ho‗kizni yiqolmaydi; umuman odamning
hayvonga monand kuch yig‗ishi oriflik emas.
Odamni
ongli
mavjudotga
aylantirgan
uning
aqlidir.
Aql
donishmandlikka intilib odam ruhini buyuk qiladi. Donishmandlik orqaligina
1
Ўша ерда. –Б. 79.
2
Ўша ерда. –Б. 83.
3
Эпикур. Этика. –М., 1977. –С. 47.
4
Сенека Л.А. Нравственные письма к Луцилию. – Кемеровское книж. изд-во., 1986. –С. 87.
277
kishi baxtiyor sezadi o‗zini; o‗zini baxtiyor sezmagan baxtiyor ham, ozod
ham emas. ―YAxshi yashashni istasang falsafaning quli bo‗l‖
1
.
YOn-atrofda naqdga, boylikka o‗chlik avj olganda fikr, hikmat
izlashga mehr qo‗yish, taajjub uyg‗otadi. Seneka buni yaxshi biladi, hali
odam, u aqli tufayli hayvonlardan o‗zsa-da, nafs balosidan, aqidaparastliqdan
to‗la xolos bo‗lmagan. Falsafa yashashga o‗rgatadi, lekin qorin to‗yg‗azishga
emas. SHuning uchun faylasuf ikkisidan birini: yo ruhni tetik saqlashni, yo
nafsni to‗ydirishni tanlashi lozim. Donishmand ne‘matlardan mutlaq voz
kechmaydi, lekin u boriga qanoat qilib yashaydi, nafs bandasi esa
Kalliodordek nafaqat qullarini, o‗z ruhi va erkini ham pullashdan qaytmaydi.
Ko‗p kishilar falsafa bilan shug‗ullanishga jur‘at etolmaydi, chunki ular
boriga ko‗nib yashagandan yo‗qiga topinib yashashni afzal ko‗radilar. Foniy
dunyo lazzatlari va jihozlarini topish, ularni totib ko‗rish oson, biroq kun, tun
egulik izlab yashash qiyin. Falsafa non ham bermaydi, shon ham; unda
etuklik yo‗lida o‗zingni o‗zing izlash bor, xolos. Vaholanki, falsafa uchun
o‗zini fido qilgan o‗zi uchun o‗zini fido qilgandir; u qanday, kim bilan, qaysi
timsollarga talpinib yashashni o‗rgatadi. Ruhni o‗tkinchi havas va
ehtiroslardan xalos qilish ―etuk donishmandlik ilmi‖ga mehr qo‗yishdan
boshlanadi. Kim falsafaga xizmat qilsa, falsafa ham unga xizmat qiladi; kim
falsafaga borini bag‗ishlasa, falsafa ham unga borini, lekin umrini kitob
ustida o‗tkazganga emas, balki hayotdan hikmat izlaganga in‘om etadi
2
.
Seneka qalbning ruhni mavjud dunyoga mute ushlaydigan naqd, zar
orttirishdan, ehtiroslar va lazzatlarga berilishdan saqlash lozim degan g‗oyani
ilgari suradi. Bu fikr deyarli barcha maktublarda u yoki bu talqinda qayta va
qayta qayd etiladi. CHamasi donishmand rimliklar nafaqat shuhratga, xuddi
shuningdek, boylik to‗plashga ham o‗ch demoqchi bo‗lgan.
Pok ruhni, uning sof tabiatga monandligini tuyish beqiyos rohat,
huzurdir. Bunday ruh nafaqat aqldan, hatto hayotdan ham o‗zishi zarur.
Uning oldida ko‗pchilikni vahimaga soladigan o‗lim — hech nima. Biroq,
ko‗pchilik o‗lim muqarrarligini bila turib, hayotga jon-jahdi bilan yopishadi,
umrini cho‗zish uchun har qanday qabihlikka, yovuzlikka va nopoklikka
tayyor. Odam aslida tug‗ilganidan o‗lim tomon boradi, umrning o‗tgan har
bir daqiqasi o‗lim tomon tashlangan qadamdir. Demak, o‗lim — tabiiy hol;
hayotni cho‗zish tabiat qonunlariga ziddir. Tabiat — Buyuk Boqiy mutlaq
yo‗qlik emas, balki hayotni yangilash tarafdoridir. Kim unga qarshi chiqsa, u
yangilanishga ham qarshi; turg‗unlik muqimni vaqtincha asrasa-da,
yangilanishga to‗g‗anoq bo‗lolmaydi. Halim eng qudratlilarni ham yiqqan,
shuning uchun kishi o‗limni ―dovyuraklik bilan qarshi olishga o‗zini
tayyorlab borishi lozim‖
3
.
1
Ўша ерда. –Б. 39.
2
Ўша ерда. –Б. 91.
3
Ўша ерда. –Б. 255.
278
Faylasuf fikriga ko‗ra, ortiqcha naqd pul to‗plashga, hashamatda
yashashga, keragidan ortig‗iga intilish kishini axloqiy tanazzulga etaklaydi.
―YOn-atrofingga boq, — deb yozadi u yosh do‗stiga, — qanchadan qancha
narsalardan ikkilanmay voz kechish mumkin. Ularga ketgan vaqt, kuch,
harajatlarni hisobla, ana nimalarga umrimiz sarf bo‗ladi. Biz ularni muhtoj
bo‗lganimiz uchun emas, balki boshqalarga taklid qilib yig‗amiz. Suqrot bitta
xitonida, qishu yoz oyoq yalang, bosh yalang yurgan, Diogen bochkada
yashagan, Zenon bir siqim arpaga qanoat qilgan; biz ularning axloqiy-
ma‘naviy sifatlariga havas qilamiz. Havas qilamiz, valek ulardek yashashga
jur‘atimiz etmaydi. Nega? Uyimiz to‗ridagi billur qandillar, ipak gilamlar,
kumush idishlar, marmar haykallar, par o‗rindik, amrimizni bajarishga shay
qullar sodda va hur yashash o‗yini qalbimizdan o‗chirgan; kim shunday
yashamasa, uni davramizga noloyiq bilamiz. Vaholanki, loy idishdan
kumush idishdek foydalangan qanday a‘lam bo‗lsa, kumush idishdan loy
idishdek foydalangan ham shunday a‘lamdir‖
1
. Ko‗pga ega yanada ko‗pga
intiladi, keragiga ega esa boridan xushnud. Birinchisi halovat bilmaydi,
boyligimni o‗g‗irlamasinlar deb tunlari bedor, ikkinchisi esa raqibsiz
yashaydi, tunlari bexavotir uxlaydi. Mabodo yov kelsa, ikkinchisini emas,
birinchisini talaydi; ikkinchisini emas, birinchisini qul qiladi. Aristill,
Suqrotning shogirdi, tushgan kema dengiz qaroqchilariniki ekan. Qanday
xavfga duch kelganini sezgan faylasuf pullarini, tillalarini sanayotib, go‗yo
nogahon, ularni suvga tushirib yuboribdi va beparvogina debdi: ―Aristillning
tillolari uchun o‗ldirilganidan, tillolarning Aristill uchun o‗lgani afzal‖
2
. Axir
boylikka o‗ch bizning hayotimiz ham dengiz qaroqchilarining kemasiga
o‗xshamaydimi?
Ochko‗zlik, zarga o‗chlik, Senekaning yozishiga ko‗ra, kishilarga
yoshlikdan singdiriladi. Aynan ota-onalarimiz, tarbiyachilarimiz bizda tilla
va kumushga mehr uyg‗otmaganmi? Kishilar asosan nimaga intiladi —
ko‗proq naqd pul topishga, hatto ostona va shiplarini ham zar bilan bezashga
emasmi? YAqinlariga ular nima tilashadi — badavlat yashashni, to‗kin-
sochin bo‗lishini, marmardan tiklangan saroylarda yashashni emasmi?
Faqirlikdan nafratlanish axloqiy sifatlarimizga aylangan. Ochko‗zlik jazosiz
qolmaydi, uning o‗zi o‗ziga jazodir. Valek ayanchli tomoni shundaki,
ochko‗zlik illatlar ichida eng yuqumlisidir. ―Esingda tut, Lutsiliy, yiqqaning
emas, qalbingni bezagani boyligingdir‖
3
.
Faylasuf qalbni, ruhni poklash va boylikka, hazz-huzurga befarq
yashash insonning yakka o‗ziga, uning mujohadalariga bog‗liq deb biladi.
Kim xushbaxt yashashni istasa istaklari, ehtiroslari va ijtihodlarini o‗zi idora
qilishi zarur. Hayotimiz — xudo tuhfasi, ammo qanday yashash bizning
1
Ўша ерда. –Б. 98.
2
Ўша ерда. -Б. 89.
3
Сенека Л.А. Нравственные письма к Луцилию. – Кемеровское книж. изд-во., 1986. –С. 75.
279
erkimizda. Bizni illatlarga botirgan dushman, adu o‗zimizning ichimizdadir.
Ushbu yovuz kuchni faqat o‗zimiz ichimizdan quvishimiz, axloqimizni
tuzatib, uni mahv etishimiz mumkin. Ezgulik — tabiatimizga monand, illatlar
— ruhimizga yot. Hayratli tomoni shundaki, ko‗pchilik tabiatiga monandga
emas, ruhiga yot illatga ergashadi. SHuning uchun, har bir kishi tabiatga
monand sifatlarini asrashi, tabiat inom etgan tuyg‗u va aqlu idrokni
mukammallashtirishi kerak. O‗zi qodir ishni xudodan so‗rash ojizlikdir;
„Xudo sening yoningda, sen bilan, sening ichingda‖
1
. ―Ichimizga ilohiy ruh
jo, u barcha yaxshi va yomon ishlarimizni kuzatib boradi; biz u bilan qanday
muomalada bo‗lsak, u ham bizga shunday muomala qiladi. Har bir chin
olijanob kishi xudoga daxldor, uning ichida muabbad yashaydi‖
2
. Ushbu
muabbadni tuyishi uchun kishi o‗ziga o‗zi quloq tutmog‗i, o‗zi bilan o‗zi
suhbat qurmog‗i lozim. Etuklikni o‗zidan izlab topolmagan uni mahdudotdan
izlab topolmaydi. Seneka shogirdini o‗zini o‗zi o‗rganishga, goho o‗zini o‗zi
beayov tanqid qilishga chaqiradi. Bu o‗tkinchi dunyo lazzatlariga befarq
qolishni tarbiyalaydi. Foniy dunyo lazzatlariga va jihozlariga mehr qo‗ygan
kishini mavhum kelajak titroqqa, qo‗rquvga soladi. U ushbu lazzatlar va
jihozlardan mahrum bo‗lishidan vaylo ko‗taradi; u o‗lim tabiiy hol ekani
bilan hech chiqisholmaydi. O‗lim unga adolatsizlik, zo‗ravonlik va yovuzlik
bo‗lib tuyuladi, u bor kuchi bilai uni engishga, hatto mahmasada umrini
necha kunga, daqiqaga cho‗zishga intiladi. O‗limdan qochish bemanilikdir,
albatta. Lekin uning muqarrarligini bila turib g‗amga botish yanada
bema‘nilikdir. Stoiklar o‗limni mag‗rur qarshi oladilar; ular uchun o‗lim
emas, o‗limning borligini unutish ayanchli. Kim o‗limning borligini unutsa, u
etuklik borligini ham unutadi; hayot o‗limdan qochish uchun emas, etukni
topish uchun berilgan. ―Mavhum kelajak oldida qo‗rquvga botmay desang
uning kelishini muqarrar narsa deb bil; borlikda sodir bo‗lmaydigan narsa,
hodisa yo‗q, yon-atrofimiz tasodiflarga to‗la, kim ularning ro‗y berishini
tabiiy hol deb qabul qilmasa, u mavhum kelajak oldida titroqqa tushishdan
qutulolmaydi... Suqrot odamlarni o‗lim va zindon azobi xavfli emasligini
ko‗rsatish uchun mahbasdan qochish taklifini rad etib zahar ichgan. Muday
esa qo‗lini olovga tiqqan. Kuydirishlari senga azob beradi, shubhasiz, lekin
o‗zingni o‗zing kuydirish yanada azoblidir... Tarixda o‗limdan hazar qilgan
qaxramonlar ko‗plab topiladi, ammo o‗z illatlaringni engish ham chin
qahramonlikdir‖
3
. O‗z illatlarini bilgan va ularni enggan o‗limdan
qo‗rqmaydi; o‗lim ruhimizni qiynaydigan azoblardan biri emas, u oxirgi
azobdir. Faylasuf stoiklar an‘anasini davom ettirib yozadi: ―Bazmu
ziyofatlardan oshqozon buziladi, ichkilikbozliklardan tomirlar qotadi va
titraydi,
shahvatdan
qo‗l,
oyoq,
bo‗g‗imlar
zaiflashadi.
Men
1
Ўша ерда. –Б. 90.
2
Ўша ерда. –Б. 69.
3
Алимасов В. Фалсафа ѐхуд фикрлаш чанқоғи. –Тошкент: Фалсафа ва ҳуқуқ нашриѐти, 2007. –Б. 89.
280
qashshoqlashsam, demak, ko‗pchilikka qo‗shilaman, badarg‗a qilinsam,
borgan joyimni makon bilaman, zanjirband qilsalar — tashvish nega? Axir
men hozir ham zanjirband emasmanmi? Tabiat meni o‗z tanamga bandi etib
qo‗ymaganmi? Men o‗lamanmi? Demak, men endi xasta bo‗lmayman,
zanjirband qilinmayman, o‗lim xavfidan xoliman‖
1
.
SHunday qilib xulosa qilamiz. Umuman o‗limni tabiiy holdek kutib
olishga da‘vat stoiklar falsafasidagi bosh g‗oyalardan biri hisoblanadi. Unga
ko‗ra, kishi tug‗ilganidan o‗lim tomon boradi, go‗daklik, o‗smirlik, yoshlik,
qarilik yagona haqiqat — o‗limga eltadi. Umrini xushbaxt o‗tkazmoqchi
bo‗lgan kishi esa hayot quvonchlariga ham, o‗lim qo‗rquvlariga ham befarq
yashaydi, o‗lim ruhni bezovta qilolmaydi. Donishmand o‗z qismatidan
qochmaydi, hayotining oxiri kelganida tark etadi. Hayotdan qochish boshqa,
uni tark etish boshqa; birinchisi — ruhning zaifligi, ikkinchisi buyuk borliq
hukmidir. ―YAshash emas, munosib yashash muhim; erta o‗lasanmi yoki
keyin — ahamiyati yo‗q, yaxshilik bilan yashadingmi yoki yomonlik bilan
mana — nima zarur‖
2
. Ikki ming yil oldin bitilgan ushbu nasoyihlar —
nasihatlar moziy qa‘ridan emas, ma‘naviy-axloqiy etuklik izlayotan
zamondoshimiz qalbidan chiqayotgan da‘vatlardek eshitilmaydimi?..
Do'stlaringiz bilan baham: |