Нигинахон шермухамедова


Levkipp  (hayot davri noma‘lum) va uning o‗quvchisi  Demokrit



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Levkipp 
(hayot davri noma‘lum) va uning o‗quvchisi 
Demokrit 
(460-370 
yillar) borliq ta‘limotidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga urindilar va atomlar 
konsepsiyasini yaratdilar. Atomlar – bo‗linmas mayda zarralar. Barcha bo‗linmas 
narsalar atomlardan tashkil topgan. Atom va jismlar bir tomondan bo‗shliqda, 
ikkinchi tomondan harakatda mavjud. Demokrit va Levkipp
 
atomlarni muayyan 
modda sifatida tavsiflab, ularni «bo‗shliq» - yo‗qlikka zid o‗laroq, «to‗la» yoki 
«qattiq» borliq bilan tenglashtirgan. Keyinchalik ularning atomlar haqidagi 
nazariyasi Tit Lukretsiy Kar tomonidan yanada rivojlantirildi.
Platon
(mil. av. 427-347 yillar) 
nafaqat moddiy, balki ideal narsalar ham 
borliqqa ega ekanligini falsafa tarixida birinchi bo„lib ko„rsatib berdi.
Platon haqiqiy borliqni narsalarning shakllanish chegarasi sifatida tushunadi 
va uni g‗oyalar dunyosi deb nomlaydi. Dunyodagi barcha narsalar unga o‗z negizi 
va haqiqati singari muhtojdir. O‗z vazifasini bajaruvchi va asoslovchi maqsadning 
harakatlantiruvchi kuchi borliqning oliy mazmuni hisoblanadi. Bo‗lish – o‗zi 
1
Гераклит // Всемирная энциклопедия.-М.: Современный литератор, 2001.-С.154. 


11 
o‗ziga mos kelish, eydos (g‗oya)ning ko‗rinmas ma‘no chegaralarini tasavvur 
qilish demakdir. Bunda hissiy idrok etiluvchi moddiy dunyoning nomukammal 
tuzilmalariga ideal shakllar barkamolligi qarshi qo‗yiladi. G‗oyalar dunyosi haqiqiy 
oliy borliq bo‗lib, u moddiy dunyoda ko‗plab ko‗rinishlarga parchalanadi, hamda 
namoyon bo‗ladi. Borliq tengsiz turlarga bo‗linadi. 1) Bu eng avvalo narsalar 
dunyosidan oldin keluvchi va uni hal qiluvchi abadiy, o‗zgarmas mohiyatlar, 
g‗oyalar dunyosi, borliqning yangi shakli; 2) bu abadiy bo‗lmagan narsalar 
dunyosi, ya‘ni qandaydir yarim borliq; 3) bu materiya, undan dunyoviy hunarmand, 
ma‘naviy yaratuvchi, dunyoviy ruh ideal namunalarda oliy borliq narsalarini 
yaratadi. Materiya borlig‗i Platon fikricha bu noborliq, chunki u mustaqil 
mavjudlikka ega emas va borliq sifatida faqat narsalar shaklida namoyon bo‗ladi.
Platon ontologiyasi teistik (metafizik) xarakterga ega. CHunki unda
 
Xudo 
haqidagi ta‘limot asosiy o‗rin egallaydi. Platonning ta‘limotida Xudo shaxslangan, 
personalistik xarakterga ega (antropomorf).U Xudo haqida ikki ma‘noda gapiradi: 
«Davlat» asarida Xudoni «Futurgos», «Timey» dialogida «Demiurg» deb ataydi. 
Futurgos – Xudo g‗oyalarini yaratuvchi, Demiurg – Xudo esa bu g‗oyalarni 
namuna (proobraz) qilib, o‗zini, butun borliqni ularga muvofiqlashtiradi. 
Platonning «Timey» nomli dialogida «yaratuvchi» Tangri ma‘nosini ifodalaydi.
Demiurg – lug‗aviy ma‘nosiga ko‗ra yunoncha hunarmand, mohir usta degan 
tushunchaga mos keladi. Platonning «Davlat» nomli asarida Demiurg – «Olamning 
ijodkori va otasi» deb ko‗rsatiladi. Demiurg o‗zidan quyida turadigan Xudolarni, 
butun olam jonini, inson jonining o‗lmas qismini, shuningdek, kosmosni ham 
yaratgan. U kosmosni kosmos bilan birga abadiy mavjud bo‗lgan, hamisha tartibsiz 
harakatdagi materiyadan («plastik massadan») abadiy mavjud birinchi obraz 
(proobraz) – paradigma – eydos (g‗oya)ga qarab yaratadi. Boshqacha aytganda, 
Demiurgning o‗zi keyin yaratiladigan kosmosning dastlabki abadiy timsoli, 
paradigmasidir. Demiurg olamni yo‗qlikdan emas, balki materiya va g‗oya 
(birinchi obraz)dan yaratadi. Materiya ham, g‗oya ham Demiurgga bog‗liq emas, 
uning faoliyati cheklangan. Demiurg – aql(Nus) Olamni «iloji boricha yaxshi» 
tashkillashtirishga intiladi, lekin bu intilish materiya (xaos)ning «zaruriy» - 
deterministik sababiyatli qarshiligiga duch keladi (Axuramazda va Axriman kabi). 
«Timey» da tasvirlangan bu Demiurg Aristotelning cheklanish bilan 
cheksizlikning «birlashuvi sababchisi» yoki amaliy sababidir (Aristotelning 
teologiyasi shaxssiz, xarakterga ega). Qadimgi Akademiyada «Timey» 
kosmologiyasini vaqtdan tashqari mavjud bo‗lgan ontologik strukturalarni yoritish 
didaktik maqsadga xizmat qilgan majoziy til deb, ham talqin etilgan. 
Platonizmning eng yorqin namoyondalari bu oliy ilohiy transsendensiya tamoyilini 
yaratish jarayonida materiya bilan bevosita bog‗lanadigan Demiurgdan yaratuvchi 
vazifasini olib, bu vazifani birinchi tamoyildan emanatsiya qiladigan ikkinchi 
vositachi – Xudoga taalluqli deb, ham ko‗rsatgan. Aleksandriyalik Filon 
Demiurgni Laos bilan aynan bir deb qaragan bo‗lsa, Numeniy (II asrning ikkinchi 
yarmida antik faylasuf neopifagorizm va o‗rta platonizm namoyandasi
neoplatonizmdan oldingi davr faylasufi) uni Aql (Nus) bilan aynan deb hisoblagan 
va «ikkinchi Xudo» deb atab, «Aql o‗zidan boshqa aqlni – Demiurgni yaratdi» 
degan. 


12 
Demiurg – (Aql) o‗zidan boshqa quyi Xudolarni ham yaratadi. Bular 
«falaklarning Xudolaridir». Ularning hammasi beistesno olov stixiyasidan paydo 
bo‗lgan. Ular sharsimon osmon jismlari yulduz va planetalar bo‗lib, bir tekis yoki 
notekis harakatda bo‗ladilar. Osmon ichra Er ham ilohiy sifatga ega qilib yaralgan 
(Vernadskiyning noosfera konsepsiyasi).
Platonning Demiurg haqidagi ta‘limotini tushunish bo‗yicha keyinchalik 
katta ziddiyatlar yuzaga kelgan. 
Umuman, Platon ta‘limotida g‗oyalar yaratuvchi Xudoga (Futurgosga) 
nisbatan Demiurg haqida ko‗proq tasavvur berilgan. Platonning «qonunlar» asarida 
esa Xudo barcha narsalar me‘yori deb ta‘kidlangan. 
Platon ontologiyasi idealistik xarakterda
.
CHunki u g‗oyalarni birlamchi va 
ob‘ektiv, inson ongidan mustaqil reallik va tabiatdan oldin mavjud deb 
hisoblangan. (Lekin uning g‗oyalarni yaratuvchi Xudoning maavjudligi haqidagi 
fikri e‘tiborga olinmay kelindi). 
Platon ta‘limotida inson shaxsiga xos iroda, tuyg‗ular va o‗zlikni bilish 
kabi xususiyatlar, ob‘ektiv xarakterda va tabiatdan tashqari mustaqil mavjud. Bu 
Platonda olamni ongli ravishda yaratuvchi ijodkor Tangri tushunchasida 
ifodalangan. G‗oyalar esa, yaratiluvchi narsalarning Futurgos – Xudo ongidagi 
timsollari (sur‘atlari yoki paradigmalarida). SHu ma‘noda ular moddiy narsalardan 
oldin paydo bo‗lgan. U o‗zining «Qonunlar» nomli asarida «hamma narsa 
tabiatdan va tasodifan kelib chiqqan» degan faylasuflarga qarshi chiqadi va ularni 
boshqa faylasuflarga qarama - qarshi qo‗yadi. CHunki Platon ular «olov, suv, 
tuproq va havoni barcha narsalarning asosi deb qaraydilar va mana shularni tabiat 
deb ataydilar. Jonni ham keyinchalik shu asoslardan kelib chiqqan deb biladilar», 
deydi. Platon uchun esa birinchi asos olov ham, suv ham emas, balki jondir, zero 
jon birlamchidir. Tabiatda bor barcha narsalar ―jon‖dir, vujud (jism, moddiyat) esa 
jonga nisbatan ikkilamchidir. «Qonunlar» asarida Platon idealizmni tiezm bilan, 
materializmni esa, ateizm bilan bog‗laydi. SHu ma‘noda Platon idealizmi ratsional 
– falsafiy idealizm emas, balki diniy, mifologik idealizmdir. 
Platon falsafasida hamma narsa qorishib ketadi. Dastlabki faylasuflar 
qarashlirida materiya bilan ayniy borliq noborliq darajasiga tushiriladi. Haqiqiy 
borliq esa g‗oyalar borlig‗i deb e‘lon qilinadi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish