Нигинахон шермухамедова


Falsafa tarixida borliq muammosi



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Falsafa tarixida borliq muammosi.
Borliq muammosini falsafiy anglab 
etishga ilk urinishlar miloddan avvalgi birinchi ming yillikda vujudga kelgan 
qadimgi hind va qadimgi xitoy falsafalaridayoq kuzatiladi. Xususan, Vedalar 
(qadimgi hind tafakkurining ilk yodgorliklari) va ularga diniy-falsafiy sharhlar – 
Upanishadalarda yaxlit ma‘naviy substansiya, o‗lmas jon haqidagi g‗oyalar, 
shuningdek dunyo haqidagi materialistik va ateistik tasavvurlar o‗z aksini topgan. 
Bu tasavvurlarga muvofiq butun borliqning negizini tabiiy asoslar – olov, havo, 
suv, yorug‗lik, makon, vaqt tashkil etadi. Qadimgi Hindiston mutafakkirlari borliq 
sirining tagiga etishga harakat qilar ekanlar, quyosh tunda qaerga ketadi, yulduzlar 
kunduzi qayoqqa yo‗qoladi kabi savollarga javob topishga uringanlar va bu 
tasavvurlarni insoniyatga ma‘lum bo‗lgan eng qadimgi kitob – 
Rigvedalarda
aks 
ettirganlar.
Qadimgi Xitoy falsafasi avvalo ijtimoiy muammolarga qarab mo‗ljal 
olgani bois, unda inson borlig‗iga, shuningdek ijtimoiy borliqqa ko‗proq e‘tibor 
berilgan. Ayni vaqtda, tabiatning birinchi asoslari ham e‘tibordan chetda 
qolmagan. Bu qiziqish, xususan, narsalar va hodisalarning butun rang-barangligini 
belgilovchi besh stixiya (suv, er, daraxt, temir, olov) haqidagi ta‘limotda o‗z aksini 
topgan. Keyinroq «O‗zgarishlar kitobi»da borliqning butun rang-barangligini 
tashkil etuvchi bunday birinchi asoslarning sakkiztasi qayd etiladi.
Markaziy Osiyoning eng qadimgi manbasi ―Avesto‖da ―Olamning asosi 
nima?‖ degan savol uchraydi va unga javob sifatida ezgulik va yovuzlik kuchlari 
o‗rtasidagi kurash ko‗rsatilgan. ―Avesto‖da tabiat, osmon, er, suv, dunyodagi 
barcha jismlar va jannat haqidagi tasavvurlar, ularni bilish yo‗llari haqida fikr 
yuritiladi 
Xudolarning kelib chiqishi, ularning hayoti, ishlari, o‗zaro kurashi haqida 
hikoya qiladigan, shu tariqa qadimgi odamlarning dunyoning vujudga kelishi
evolyusiyasi haqidagi tasavvurlarini aks ettirgan kosmogonik miflar tabiat falsafasi 
sifatida yuzaga kelgan va rivojlangan yunon falsafasining birinchi manbai bo‗lib 
xizmat qildi. Ilk yunon faylasuflari o‗z asarlarini odatda «Tabiat haqida» deb 
nomlaganlari, ularning o‗zlari esa naturalistlar, «fiziklar» deb ham atalishi bu 
fikrni tasdiqlaydi.
SHarq donishmandlari kabi, antik mutafakkirlarni ham borliqning 
manbalari qiziqtirgan. Qadimgi yunon falsafasi vujudga kelgan paytdan boshlab 
ular butun borliqning birinchi sababini mavjud voqelikning o‗zidan izlaganlar, uni 
dam suv (Fales) yoki havo (Anaksimen) deb, 
Anaksimandr
(taxminan mil. av. 611-
545 yillar) hamma narsani boshqaradigan boqiy va cheksiz asos – «apeyron» deb 
tavsiflaganlar va hatto jonli mavjudotlarning tabiiy kelib chiqishi g‗oyasini ilgari 
surgan. Uning fikricha, mazkur mavjudotlar dengiz suvida vujudga kelgan va suv 
o‗tlaridan paydo bo‗lgan. So‗ngra baliqsimon mavjudotlar quruqlikka chiqqan va 
ulardan odamlar rivojlangan. SHunga o‗xshash fikrlarni Ksenofan (mil. av. 580-
490 yillar) ham ilgari suradi. U hamma narsa er, suvdan vujudga keladi va 
rivojlanadi, hatto «biz ham er va suvdan paydo bo‗lganmiz», deb hisoblaydi.




Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish