Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet377/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Mohiyat va hodisa. 
Platon ta‘biri bilan aytganda, bilish taajjubdan 
boshlanadi. Amalda taajjub inson nimanidir «ko‗rayotgani», lekin uni 
«tushunmayotgani» va shu bois ko‗rilgan narsaning chegarasidan chetga chiquvchi 
qo‗shimcha bilimga muhtoj ekanligini anglatadi. Bu bilish sari tashlangan birinchi 
qadam – o‗rganilayotgan ob‘ektning dastlabki «ikkilanishi»dir: unda sezgilar 
darajasida idrok etiluvchi «sirtdagi» borliq (hodisa) va mazkur hodisaning ko‗zdan 
yashirin, uni tushunish uchun bilish zarur bo‗lgan «ichki» mohiyati farqlanadi.
Bitta, yagona, yaxlit hodisaning bunday «ikkilanishi» ibtidoiy odamlar 
tabiatni ruhlantira boshlagan zamondayoq paydo bo‗lgan. O‗rmon ruhi (alvasti), 
suv ruhi (suv alvastisi) va hokazolar kuzatilayotgan hodisalar zamirida yotuvchi va 
ularni «boshqaruvchi» mohiyat haqidagi dastlabki, o‗ta sodda tasavvurlardir. 
Hodisa va mohiyat falsafiy kategoriyalarining vujudga kelishiga eltuvchi yo‗l ayni 
shu ibtidoiy tasavvurlardan boshlanadi.
Hodisa
ob‘ektning tashqi tomoni bo‗lib, uni inson hissiy obrazlarda aks 
ettiriladi.
Hodisa – bu narsada, jarayonda qarshimizda bevosita namoyon 
bo„luvchi xossalar, tomonlar yig„indisini ifodalash uchun mo„ljallangan 
kategoriya. 
Mohiyat
– ob‘ektning bevosita hissiy idrok etish mumkin bo‗lmagan va 
fikrlash yordamida anglab etiladigan ichki tomoni. 
Mohiyat ob‟ektiv borliqning 
ichki, nisbatan yashirin va barqaror tomonini ifodalash uchun mo„ljallangan 
bo„lib, u narsaning, jarayonning tabiatini va ularga xos bo„lgan qonuniyatlarini 
belgilaydi
Hodisani bilish uchun uni kuzatish kerak. Bu hodisaning mohiyatini bilish 
uchun uni tushunish lozim. Hodisa haqidagi bilim uning tavsifida aks etadi. Bu 
hodisaning mohiyati haqidagi bilim unga berilgan izohda o‗z aksini topadi. Ilmiy 
bilishda hodisalarni tavsiflash empirik o‗rganishga tayanadi, ularning mohiyatini 
tushuntirishga esa nazariy o‗rganish yordamida erishiladi.
Hodisa va mohiyat bir-biri bilan uzviy bog‗liq. Ular bir-birisiz mavjud 
bo‗lishi mumkin emas. Har qanday hodisa o‗z mohiyatiga ega bo‗ladi, har qanday 
mohiyat esa muayyan hodisada namoyon bo‗ladi. Mohiyat hodisaning uni 
belgilovchi va tushuntiruvchi asosi sifatida amal qiladi. Ammo bu asos hodisadan 
sirtda emas, balki uning o‗zida mujassamlashadi.
Bir-biri bilan uzviy va yagona bo‗lgan hodisa va mohiyat o‗zaro mos 
kelmaydi. Ularning birligi – bu qarama-qarshiliklar birligidir. Bu kategoriyalar 
bilishning turli bosqichlarini belgilaydi va ularning har biri ob‘ektni anglab 
etishning chuqurlik darajasini aks ettiradi. 
 
Hozirgi falsafiy adabiyotlarda mohiyat predmet borlig‗i barcha rang-barang 
va qarama-qarshi shakllarining barqaror birligidan iborat bo‗lgan predmetning 
ichki mazmuni sifatida tavsiflanadi. 
Mohiyat har qanday sistemaning asosiy 
jihatlari va tendensiyalarini belgilovchi teran aloqalar, munosabatlar, xossalar va 
ichki qonunlar majmuidir
. Muayyan mohiyatsiz jism, jarayon bo‗lmaganidek, 
muayyan hodisada o‗z ifodasini topmagan mohiyat ham bo‗lishi mumkin emas.
Falsafada hodisaning ikki ma‘nosi shakllangan
. Birinchidan, hodisa 
deganda voqea, tabiat va jamiyatdagi jarayonlar tushuniladi
. U mazkur jarayonlar 
bizning ongimiz, idrokimizda aks etishini anglatadi. Masalan, momaqaldiroq, 


487 
kamalak, qor yog‗ishi, suv toshishi, er qimirlashi, vulqon otilishi – bularning 
barchasi tabiat hodisalaridir. Inson tabiat hodisalarini tushunish, tushuntirishga 
harakat qilgan va ularning o‗z ongidagi in‘ikosi bilan amaldagi ifodasi o‗rtasida 
muayyan farq mavjudligini aniqlagan. Tabiat hodisalarini ularning inson birinchi 
navbatda idrok etadigan va pirovard natijada uni aldaydigan yuzaki, o‗zgaruvchan 
jihatlari tavsiflaydi. SHu tariqa hodisa kategoriyasi mohiyatning ziddi sifatidagi 
falsafiy ma‘nosiga ega bo‗ladi. 
Ikkinchidan
h
odisa – mohiyatni aniqlash usuli
. U, odatda, narsalar o‗zaro 
ta‘sirga kirishganida, mohiyat o‗zini namoyon etishi natijasida yuz beradi. Narsa 
qanday bo‗lsa, ko‗rsatilgan aloqalar va o‗zaro ta‘sirlar xususiyati ham shunday 
bo‗ladi. Masalan, yirtqich hayvon uni o‗txo‗r hayvonga aylantirishga qancha 
urinmasinlar, baribir yirtqich bo‗lib qoladi. Ammo u qanday muhitda va o‗z 
ishtahasining qaysi potensial qurboni bilan to‗qnash kelishiga qarab, uning xulq-
atvori o‗zgaradi. Ayni shu sababli hodisa narsaning mohiyatini, uning muayyan 
ichki va muhim xossasini u yoki bu tarzda namoyon etadi.
Haqiqiylik mezoniga javob beruvchi bilimni olish bilishning muhim 
vazifasidir. Bunday bilim o‗rganilayotgan narsaning mohiyatiga kirish demakdir. 
Mohiyatni bilish rivojlanishning asosiy jihatlari va tendensiyalarini belgilaydigan 
teran aloqalar, munosabatlar va qonunlarni aniqlashni nazarda tutadi. Tabiatning 
mohiyati cheksiz-chegarasiz bo‗lgani bois, uni bilish jarayoni ham cheksizdir. 
Mohiyat tushunchasi bilishni to‗liq, mukammal bilimga erishishga yo‗naltiruvchi 
tartibga solish tamoyili ahamiyatiga egadir. Hodisa tushunchasi mohiyatni bilish 
usulini ko‗rsatadi va shu boisdan metodologik ahamiyat kasb etadi. 
O‗rganilayotgan ob‘ekt o‗zi uchun g‗ayrioddiy shart-sharoitlarga solinadigan ilmiy 
eksperiment butunlay yangi hodisalarni qayd etish va shu tariqa o‗z shakllanishi va 
faoliyatining ilgari noma‘lum bo‗lgan qonunlarini kashf etishi tasodifiy bir hol 
emas.
Har qanday konkret hodisa «bu erda» va «hozir», ya‘ni shu vaqtda va shu 
joyda mavjud bo‗lgan qandaydir 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish