430
Ziddiyatlar
–
narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomonlarining bir-birini istisno
etish va bir-biriga o„tish munosabatlaridir.
Ziddiyatlar borliqning barcha
hodisalari va jarayonlariga xos bo‗lib, o‗zgarish va rivojlanishning manbai,
harakatlantiruvchi kuchi sifatida amal qiladi. Ayni shu sababli ziddiyat dialektik
ziddiyatlilik qonunining mohiyatini yoritib beruvchi bosh kategoriya hisoblanadi.
Ziddiyat – bu qarama-qarshiliklar munosabatigina emas, balki ularning tarqalish
jarayoni hamdir.
SHu
tufayli ham, Gegel g‗oyalariga asoslanib, ziddiyat
tarqalishini
ng quyidagi
bosqichlari (fazalari)
farqlanadi:
ayniyat, tafovut, qarama-
qarshilik, ziddiyat va asos
(ya‘ni ziddiyatning echilishi).
Dialektik ziddiyat – bir-birini istisno etuvchi qarama-qarshiliklarning
bilvosita birligidir.
Ziddiyatning vujudga kelishi yagonaning ikkilanishi sifatida, yagonaning
o‗z-o‗zini qarama-qarshiliklarga differensiatsiya qilishi sifatida yuz beradi.
Ikkilanish chog‗ida bir vaqtning o‗zida ayni shu munosabatda qarama-qarshiliklar
birligi ham, ularning kurashi ham vujudga keladi.
Ziddiyatning shakllanish
jarayonida qarama-qarshiliklar kurashi birinchi o‗ringa chiqadi va rivojlanishning
ichki, teran manbaiga aylanadi. Ziddiyatning o‗zida qarama-qarshiliklar har xil rol
o‗ynaydi. Faolroq, harakatchanroq qarama-qarshilik ziddiyatning etakchi tomoni
hisoblanadi. Qarama-qarshiliklar kurashi oxir-oqibatda yangi sifat holatiga olib
keladi. Paydo bo‗luvchi yangi hodisalar o‗zlariga xos bo‗lgan yangi ziddiyatlarga
ega bo‗ladi. Bu ziddiyatlar mazkur hodisalar rivojlanishining
harakatlantiruvchi
kuchi hisoblanadi.
Ziddiyatlarning rivojlanish jarayoniga yanada chuqurroq kirish uchun
ularning tarqalish bosqichlari (fazalari)dan tashqari,
holatlarini
ham farqlash zarur.
Predmetli-moddiy, «etilgan» ziddiyatning holati deganda uning qarama-
qarshiliklarining amal qilish usuli, «birligi va kurashi»ning namoyon bo‗lish
xususiyati tushuniladi. Ayni shu xususiyat bu qarama-qarshiliklarning rivojlanish
xususiyati
va faollik darajasini, mazkur ziddiyatni echish xususiyatini belgilaydi.
Ziddiyatning rivojlanish jarayonida bosqichlarni yoki tarqalgan, «etilgan»
ziddiyatni tavsiflovchi holatlarni ham farqlash mumkin. Ijtimoiy tizimlarga
tatbiqan ziddiyatlarning rivojlanish bosqichlariga nisbatan bunday yondashuv
ularning quyidagi:
garmoniya, disgarmoniya, konflikt
holatlarini aniqlash
imkonini beradi.
SHuni qayd etish muhimki, ziddiyatlar rivojlanayotgan har qanday tizimda
mazkur tizim mavjudligining boshidan oxiriga qadar mavjud bo‗ladi. Holatlar,
miqdor ko‗rsatkichlari, qarama-qarshiliklarning o‗zaro aloqa xususiyati, ularning
tizimdagi roligina o‗zgaradi.
Qarama-qarshiliklar – ziddiyatlarning negizi, bog„lovchi bo„g„inlar esa –
ularni echish mexanizmidir.
Quyidagi dalillar bog‗lovchi bo‗g‗inlar
roli va
qarama-qarshiliklar
tushunchasiga
misol
bo‗lishi mumkin: Irsiyat va
o‗zgaruvchanlik qutblarida nafaqat organizmning avvalgi holati, balki
o‗zlashtirilgan yangi belgilari ham saqlanishini ta‘minlovchi genetik kod
bog‗lovchi bo‗g‗in hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda jamiyatning o‗ta boy va o‗ta
qashshoq qatlamlari qarama-qarshiliklari o‗rtasida bog‗lovchi bo‗g‗in
vazifasini
o‗rta sinf bajaradi. O‗rta sinf mamlakat aholisining aksariyat qismini tashkil etishi
431
lozimligi, aks holda jamiyat holati doimo beqaror bo‗lishini Aristotel qadim
zamonlardayoq qayd etgan edi. Zero, mayda mulkdorlar olgan daromadining bir
qismini o‗z ishini rivojlantirishga yo‗naltiradi, bozor kon‘yunkturasini o‗rganadi
va unga juda tez moslashadi, bozorni zarur tovarlar va xizmatlar bilan boyitadi.
YAna bir misol – shaxs va jamiyat munosabatlari. Ma‘lumki, shaxs va jamiyat
qarama-qarshiliklar
hisoblanadi, shaxs a‘zo bo‗lgan ijtimoiy guruhlar ularning
o‗rtasida bog‗lovchi bo‗g‗in sifatida amal qiladi.
Bu va boshqa dalillar bilishda ichki qarama-qarshiliklar mavjudlgini ham,
bog‗lovchi bo‗g‗inlarni ham hisobga olish muhim ekanligini ko‗rsatadi. XX asr
30-yillarining boshida ingliz fizigi Pol Dirak pozitronlar, ya‘ni elektronlarga
o‗xshash, lekin musbat zaryadga ega bo‗lgan zarralar mavjudligini bashorat qildi.
Garchi olim o‗z nazariyasida biron-bir xato topmagan bo‗lsa-da, aksilzarralar
mavjudligiga uning ishonchi yuq edi.
SHunday qilib, qarama-qarshiliklar aloqasi va ziddiyatlarni echishning bir-
biri bilan bilvosita bog‗liqligi umumiy xususiyat kasb etadi, aloqa usuli esa aloqa
xususiyati bilan belgilanadi. Bog‗lovchi bo‗g‗inlarning o‗zi ziddiyat qarama-qarshi
a‘zolari xossalarining uyg‗unligidan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: