O‗zaro ta‘sir.
Narsalar bir-biriga ta‘sir ko‗rsatishi natijasida yuzaga
keladigan va ular bir-birini o‗zgartirishiga sabab bo‗ladigan aloqa. YA‘ni,
o„zaro
ta‟sir narsalarning o„zaro aloqadorligini, ular bir-biriga ta‟sir ko„rsatishi va bir-
birini
o„zgartirishini anglatadi.
Ammo
o‗zgarish – harakat falsafiy
tushunchasining sinonimidir. Binobarin, umumiy aloqaning tan olinishi bizni
1
Қаранг: Современный философский словарь / Под ред. В.Е.Кемерова. – М.: 2004. – С.497.
357
muqarrar tarzda borliqning o‗zgaruvchanligi umumiy xususiyatini tan olishga olib
keladi. Umuman o‗zgarish sifatida tushuniladigan harakat butun olamni qamrab
oladi, dunyoda hamma narsa muayyan paytda vujudga keladi, tadrijiy rivojlanadi,
o‗zgaradi va g‗oyib bo‗ladi (o‗ladi, halok bo‗ladi, barham topadi). Demak, har
qanday hodisa o‗z tarixiga ega. Ayni shu sababli tabiat va jamiyat hodisalarini
o‗rganishga nisbatan tarixiy yondashuv zarur. O‗zgarishlar o‗z xususiyati va
yo‗nalishiga ko‗ra bir xil bo‗lmaydi. Tartibsiz o‗zgarishlar, aylanma harakatlar,
jismlarning makonda bir joydan boshqa joyga mexanik ko‗chishini farqlash
mumkin. Rivojlanish o‗zgarishning alohida tipi hisoblanadi.
Dialektika kategoriyalari umumiy aloqalarning o‗zgarish va rivojlanish
manbai sifatidagi tavsifini to‗ldiradi, harakatlanayotgan, tadrijiy rivojlanayotgan
dunyoning keng manzarasini yaratish imkonini beradi. Biron-bir aloqalar va o‗zaro
ta‘sirlarsiz mavjud bo‗lishi mumkin bo‗lgan ob‘ektlar amalda mavjud emas.
Dialektikaning muhim belgilaridan biri va umumiy aloqa tamoyilining mazmuni
aynan ob‘ektlarning har tomonlama o‗zaro aloqalari va o‗zaro ta‘sirlarini hisobga
olishdan iborat.
SHunday qilib, dialektika moddiy dunyoda hukm suruvchi umumiy aloqani
aniqlashni talab qiladi.
Aloqalar quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi.
Birinchidan, ular ob‘ektiv
xususiyat kasb etadi, ya‘ni odamlar ongidan qat‘i nazar, ob‘ektiv qonuniyat sifatida
mavjud bo‗ladi.
Ikkinchidan, aloqalar universaldir, chunki hamma joyda va har doim, barcha
hodisalarda, barcha darajalar va bosqichlarda namoyon bo‗ladi.
Uchinchidan, o‗zaro aloqa o‗zining mohiyati va tabiatiga ko‗ra serqirradir,
zero har bir predmet, har qanday hodisa boshqa hodisalar bilan minglab rishtalar
vositasida bog‗lanadi hamda bu aloqa moddiy va ma‘naviy dunyo hodisalari va
jarayonlari o‗rtasidagi munosabatlarning oxiri ko‗rinmaydigan tarmog‗i bilan
tavsiflanadi.
To‗rtinchidan, real aloqalar o‗z xususiyati, chuqurlik va murakkablik
darajasi, namoyon bo‗lish shakllariga ko‗ra cheksiz darajada rang-barangdir.
Dialektika
borliqning
rang-barang
aloqalarini
tahlil
qilishga
nisbatan
differensiatsiyalashgan yondashuvni nazarda tutadi. Bunda u quyidagi aloqalarni
farqlaydi:
- materiyaning asosiy turlariga va uning harakat shakllariga xos bo‗lgan
aloqalar (mexanik, fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy aloqalar);
- materiya mavjudligining asosiy shakllariga xos bo‗lgan aloqalar (makonga
doir, vaqtga doir, strukturaviy, genetik, sababiy, funksional aloqalar).
Ammo aloqalarning ko‗p sonli konkret shakllari orasida dialektikani
borliqning barcha hodisalari va jarayonlarida namoyon bo‗luvchi o‗ziga xos
aloqalar (aloqalar xususiyati) qiziqtiradi. Aloqalarning bunday shakllari qatoriga
quyidagilar kiradi: ichki va tashqi aloqalar; muhim va ahamiyatsiz aloqalar; zaruriy
va tasodifiy aloqalar; barqaror va beqaror aloqalar; umumiy va yakka aloqalar.
Rivojlanishda bu aloqalarning roli bir xil emas: ularning ayrimlari
yordamida predmet o‗z tabiatini ro‗yobga chiqaradi, ya‘ni ular bosh rolni o‗ynaydi,
boshqa aloqalar esa ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi. SHunga muvofiq
358
«qonun aloqa demak» degan ibora paydo bo‗lgan. Bu to‗g‗rimi? To‗g‗ri, agar
qonun – bu har qanaqangi aloqa emas, deb qo‗shimcha qilinsa.
Qanday aloqa qonun hisoblanadi? Qonun deb, bir qancha zaruriy belgilarga
ega bo‗lgan o‗zaro aloqaga aytiladi:
-
Do'stlaringiz bilan baham: |