327
kasb etadi. Mazkur kurash jarayonida «inson o‗z g‗am-anduhlarini qurbon
keltirishi kerak». Zero, toki insonda salbiy emotsiyalar mavjud ekan, uning birligi,
ongi, irodasi rivojlana olmaydi. O‗z-o‗zini rivojlantirish uchun inson o‗zini
kuzatishni, o‗zining foydali va zararli jihatlarini farqlashni o‗rganishi lozim.
SHaxsda
yuzaga keluvchi qiziqishlar, xuddi magnetik markaz kabi, insonning
rivojlanishini yo‗lga soladi va nazorat qiladi.
Ezoterikaga oid adabiyotlarda inson o‗z rivojlanishining mazkur bosqichida
Olam Ibodatxonasining g‗ishti sifatida baholanadi. Moddiy tana ruh uchun
laboratoriya vazifasini bajaradi. Bu erda jon ma‘naviy o‗sish tajribalarini
o‗zlashtiradi. Etishmayotgan bilimni olib, uni ruhiy energiya ko‗rinishida o‗z
hujayralariga joylashtirgach, inson kosmik bilimlardagi ma‘naviyatning navbatdagi
bosqichiga ko‗tariladi. O‗z planetar rivojlanishining
evolyusiyasini yakunlagach,
inson joni dunyoviy hayot borlig‗ining barcha zarur tajribalarini o‗zlashtirgan
yuksak ma‘naviyatli jonzotga aylanadi. Inson manmanlik, hasadgo‗ylik, johillik,
g‗arazgo‗ylik, rashk, yolg‗onchilik kabi va boshqa illatlardan xalos bo‗lishi kerak.
Odamzot xayrixohlik, mehribonlik, bag‗rikenglik, kechirimlilik,
xushchaqchaqlik
kabi ma‘naviy fazilatlarni o‗ziga singdirishga harakat qilishi lozim
1
.
Ekosofiya muammolari doirasiga o„limni engish muammosi ham kiradi.
U
shaxs negizini nomuayyan uzoq muddatga saqlab qolish muammosi sifatida qayta
talqin qilingan. Olimlarda ham, ezoteriklarda ham katta qiziqish uyg‗otib
kelayotgan bu muammo hozirgi ilmiy munozaralarda o‗zining yangi echimlarini
topmoqda.
Ekosofiyani ancha yosh fan – eniologiyaning eng yangi xulosalari ham
to‗ldirmoqda. Energiya-axborot o‗zaro ta‘sirlarining hozirgi tizimida yozilmagan
qonunlar maqomiga ega bo‗lgan bir qancha qoidalar mavjud:
1. Energiya-axborot (EA) o‗zaro ta‘sirlarining barcha texnikalari mutlaq
emas,
balki nisbiy xususiyatga ega, ular EA qobiliyatlariga ega bo‗lgan,
professional jihatdan yaxshi tayyorlangan, ma‘naviy mas‘uliyat va psixik
barqarorlik darajasi yuqori bo‗lgan odamlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
2. Energiya-axborot o‗zaro ta‘sirlarining amalga oshish imkoniyati yuz foiz
emas. U operator holatiga va Inson – Er – Kosmos sistemalaridagi tashqi sharoitga
bog‗liq.
3. EA texnikalari inson ongi bilan bog‗liq bo‗lgani sababli, bu ongni
destruktiv ta‘sirlardan himoya qilish zarur. Muhabbat, ezgulik, mehribonlik
haqidagi gap-so‗zlar o‗z holicha shaxs va jamiyat psixosferasini uning «tabiblari»
vayron etishidan saqlay olmaydi.
Faqat amaliy faoliyat, tabobat sohasida esa –
uzoq muddatli natijalar shaxs va jamiyat ongi ishonchli himoyalanishini
kafolatlash imkonini beradi
2
.
Xulosa
. Ongga sun‘iy ta‘sir ko‗rsatishning barcha shakllari axloqiy va
ekologik jihatdan rad etiladi. Ommaviy axborot vositalari, zo‗ravonlikning
destruktiv dasturlaridan foydalanishning salbiy jihati bioenergiya-axborot o‗zaro
ta‘sirlarida shaxs va jamiyat ongini buzishning eng xavfli manbai hisoblanadi.
1
Қаранг: Древние и современные легенды. – Сочи, 1991. – 67-б.
2
Қаранг: Волченко В.Н. Неизбежность, реальность и постижение тонкого мира //
Сознание и физическая реальность. – М., 1996. №1-2. – 6-б.
328
Odatda ulardan davlat amaldorlari yoki fuqarolar orasidagi axloqsiz shaxslarning
guruhlari o‗z g‗arazli manfaatlari yo‗lida foydalanishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: