O‗zlikni anglash va inson ekologiyasi uyg‗unligi.
Personalistlarda juda
qiziqarli bir aforizm bor: «Psixologiyani o‗rganish – self ni o‗rganish demak. Self
ni o‗rganish – self ni unutish demak. Self ni unutish – hamma narsani unutish
demak».
Binobarin, biz o‗z manfaatlarimiz sohasini o‗rganishimizga qarab, asosan
shaxsiy mo‗ljallarimiz chegarasidan chetga chiqamiz va o‗zimizdan boshqa
narsalarni, bizni qurshagan muhitni ko‗ra boshlaymiz.
Inson ekologiyasi to„g„risida so„z yuritganda, inson populyasiyalarining
real turmush tarzini o„rganishni nazarda tutish lozim
. Bu erda nafaqat insonning
jismoniyligi va u yashaydigan moddiy muhit, balki ma‘naviyat ham muhimdir.
Ammo, ruhga hayot baxsh etish uchun tanani ham hayot bilan ta‘minlash kerak.
Ruh va tananing bir-birini taqozo etishi va ayni vaqtda bir-birini inkor etishi, har
safar yangi va yangi kuch bilan namoyon bo‗luvchi qarama-qarshilik sifatida, o‗z
echimini faqatgina ma‘naviy va faqatgina jismoniy bo‗lmagan boshqa bir narsa
vositasida topishni taqozo etadi. SHu ma‘noda o‗z qobiliyatlarini ro‗yobga
chiqarish muammosi doim inson ekologiyasining bosh muammosi bo‗lib kelgan.
M.Monten o‗z vaqtida: «Dunyoda eng muhimi o‗zlikni saqlashdir», deb yozgan
edi.
YAngi atama –
ekosofiya shaxs xulq-atvorini belgilab, unga o„zlikni saqlash
quvonchini baxshida etuvchi qadriyatlar shaxsiy kodeksi va dunyoqarashni
anglatadi.
Ekosofiyaning kategoriyalar tizimiga o„z qobiliyatlarini ro„yobga chiqarish
va qadriyatlar tizimidan tashqari, o„z-o„zini tinimsiz so„roqlash imperativi ham
kiradi
. Uning eng etuk refleksiv shaklini I.Kantning mashhur savollarida ko‗rish
mumkin: «Men nimani bilishim mumkin? Men nimaga umid qila olaman? Men
nima qilishim kerak? Inson nima?». Bular umumiy umuminsoniy muammolar
ro‗yxatiga kiritilgan olamshumul savollardir. Ammo yashash jarayonida vaziyatga
qarab muayyan savollar tug‗ilishi ham mumkin. Bu erda mental va etnik
xususiyatlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Mentallik shaxsni fikrlash, sezish va muayyan tarzda harakat qilishga
majbur etuvchi «vaqt ruhi»ni tavsiflaydi. Mental ta‘sir mexanizmlari ancha
murakkabdir. Odam bolasi dunyoni idrok etishning shunday bir xususiyatlarini ona
suti bilan hazm qiladi, dastlabki ijtimoiylashuv jarayonida jamiyat hayotida mo‗ljal
olishning shunday bir o‗ziga xos ko‗nikmalarini o‗zlashtiradiki, ular eng noqulay
vaziyatda o‗zidan nishona berib qolishi mumkin. Mentallik oqilonalikning yalpi
325
nazoratiga bo‗ysunmaydi, u oqilonalikdan ustun va uni g‗oyaviy jihatdan yo‗q
qilib bo‗lmaydi.
Maqsadni teran anglash insonning ijobiy xislatlarini yanada kuchaytiradi,
degan tezis ezoterizmning dunyo va o‗z-o‗zi bilan uyg‗un hayot kechirish usuli
sifatidagi ekosofiya muammolariga oydinlik kirituvchi eng diqqatga sazovor
g‗oyasidir. U.Kolin fikriga ko‗ra, kuchli iste‘dod sohibi va oddiy odam o‗rtasidagi
farq shunda namoyon bo‗ladiki, iste‘dod sohibi o‗z maqsadlarini teran anglaydi,
oddiy odam esa, maqsadlar tizginini tinimsiz yo‗qotadi, ularni har soat, deyarli har
daqiqada o‗zgartiradi
1
.
Maqsadni teran anglash – hayotni o„zgartirish, chuqur
o„rnashib qolgan odatlar va fe‟l-atvor xususiyatlariga barham berishga qodir
kuchli dastak.
Muayyan maqsadga erishishga yo‗naltirilgan ongning to‗liq
o‗zgarishi to‗g‗risida so‗z yuritish mumkin.
Onglilik
ilmiy an‘anada ham, falsafiy an‘anada ham, ezoterizm an‘anasida
ham shaxs hayot faoliyatining muhim unsuri sifatida qayd etiladi. Ezoterizm
an‘anasida, shu bilan birga, tozalangan, tuban psixizmlardan xoli ongga ega bo‗lish
naqadar muhimligi ancha ishonarli dalillar bilan ko‗rsatib berilgan. Ong yangi
imkoniyatlarni idrok etish, ijod qilish va kamol topish uchun ochiq. Oddiy ong xira
chiroq bilan yoritilgan rasmlar ko‗rgazmasiga o‗xshatiladi. Idrok etish jarayoni
faollashgan lahzalar, quyosh nuri kabi, toza ongda barcha ranglarni yangicha ko‗z
bilan ko‗rish imkonini beradi. Onglilik tiniq shuur, fikrning oydinligi, ziyraklik va
oqillik sifatida talqin qilinadi. Onglilik yo‗l tanlash, uni o‗zgartirish va o‗z
taqdirini o‗zi belgilash qobiliyatini nazarda tutadi. Ezoteriklar oqilona ongga bizni
atrofimizdagi haqiqiy hayotning to‗liq ta‘siridan asrovchi klapan turi sifatida
qaraydilar
2
.
Psixologik jamiyat asoschilaridan biri G.V.X.Meyer ongga spektr sifatida
qarashni taklif qiladi. Spektr o‗rtasida bizga ma‘lum qobiliyatlar: ko‗rish, eshitish,
hid bilish, teri orqali sezish qobiliyatlari joylashgan. Spektrning qizil chetidan
pastroqda biz ong ishtirokisiz muayyan darajada nazorat qilishimiz mumkin
bo‗lgan organik jarayonlar joylashgan. Spektrning binafsharang halqasi ustida biz
deyarli to‗liq inkor etuvchi boshqa oliy qobiliyatlar yotadi. Inson ulardan
foydalanishga harakat qilmaydi va shu bois ularga ishonmaydi. Ammo okkult
qobiliyatlar har bir odamda yashirin tarzda mavjud va sidqidildan xohlagan odam
ularni rivojlantirishi mumkin.
Inson har safar o‗z ahamiyatini teran his etganida, u binafsharang halqa
ustida yotgan qobiliyatlarni faollashtiradi. Inson mohiyati befarqlik holatida
bo‗lganida esa (inson ko‗pincha bu holatni o‗zi xohlagan holat sifatida qabul
qiladi), ongning barcha imkoniyatlaridan foydalanilmaydi. Har qanday tanglik yoki
mushkul muammo soat bongi sifatida yangrab, odamni mudroq uyqudan
uyg‗otadi. Insonning «uxlab yotgan» psixik qobiliyatlarini «uyg‗otish» muhim
vazifadir. Ko‗pgina odamlar «o‗z ichidagi projektorni yoqishni o‗rganadi».
Irodasi kuchli odam – sehrgar obrazining prototipi. Sehrgarlar va
mediatorlar ong ostidagi istakni ro‗yobga chiqarish mumkinligini anglab etgan
1
Қаранг: Калин У. Оккультизм. – М., 1994. – 50–52-б.
2
Ўша ерда. – 67-б.
326
odamlardir. Mistik – maqsadni topgan odam. Uning vazifasi – aqlning faol
ishlashiga erishish va bunda odatdagi energiya sarfiga yo‗l qo‗ymaslikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |