321
almashuvi izchil jarayoni odamzotning yagona va yaxlitligidan dalolat beradi.
«Birinchi odam» - bu muqarrar tarzda ko‗p
sonli kishilar, ularning guruhlari,
mehnat faoliyati, nutqi va hokazolardir.
Ko‗p jihatdan gipotetik xususiyatga ega bo‗lgan
antroposotsiogenez mehnat
nazariyasi
ning keng tarqalganligi u arxeologik dalillarga tayangan holda
asoslanganligi va rivojlanish evolyusion nazariyasiga muvofiqligi bilan izohlanadi.
Antroposotsiogenez mehnat nazariyasiga muvofiq,
bundan oldingi evolyusiya
jarayonida inson va insoniy ong vujudga kelishiga zamin yaratuvchi omillar
ta‘riflangan. Bu erda gap
insoniy ong genezisini belgilovchi quyidagi uch omil
haqida boradi: oliy hayvonlarning murakkab ruhiy faoliyati (1); mehnat
qurollariga asoslangan faoliyat kurtaklari, odamsimon ajdodlarning instinktiv
mehnati (2); oliy hayvonlarning poda bo„lib yashashi (3).
YUqorida zikr etilgan omillardan har biri vaqt o‗tishi bilan yangicha sifat
kasb etadi. Masalan, oliy hayvonlarning sof biologik qonuniyatlar bilan
belgilangan murakkab ruhiy faoliyati ularning adaptiv (moslashish)
xulq-atvorini
tartibga solish vositasi bo‗lib xizmat qiladi. Hayvon o‗z turiga xos bo‗lgan xulq-
atvor tarziga tug‗ma moyillik bilan tavsiflanadi. Insonga esa xulq-atvorning
individual variativligi xosdir. Hayvonlardan farqli o‗laroq, u o‗zini har qanday tur
mezoniga muvofiq tutishi mumkin. Tabiiy cheklanganlik xulq-atvorning
variabelligiga imkon bermagan joyda esa inson sun‘iy vositachilar – mehnat
qurollarini yasaydi va ulardan foydalanadi.
Hayvonning insonga aylanishi bir lahzada yoki
tez yuz berishi haqida gap
bo‗lishi ham mumkin emas. Hozirgi tadqiqotlarning ma‘lumotlariga qaraganda,
antroposotsiogenez jarayoni 3–3,5 mln. yil mobaynida davom etgan, bu vaqtning
95% aniq insoniy xususiyatlarga ega bo‗lgan ilk
jamoalarning shakllanishiga
ketgan. YUksak darajada uyushgan hayvonlar orasida inson eng uyushgan
mavjudotdir degan evolyusion mantiqni antroposotsiogenezning tushuntiruvchi
modeli sifatida qabul qilinsa, uning oldingi turlarga o‗xshash jihatlarini va ulardan
farqini qayd etish kerak bo‗ladi.
Organizm va tabiat o‗rtasida moddalar almashinuvi har qanday organik
mavjudlikning umumiy sharti hisoblanadi.
Bu jihatdan inson ham, hayvon ham
moddiy muhit bilan tabiiy-moddiy rishtalar vositasida bog‗lanadi. Tabiiy muhitdan
zaruriy moddiy energiyani olish bosh vazifaga aylanadi. Ammo tabiiy ne‘matlarni
o‗zlashtirish usullariga ko‗ra inson hayvonlardan sezilarli darajada farq qiladi.
Birinchidan, hayvonlar va o‗simliklar dunyosida organizmlar va tabiat
o‗rtasida moddalar almashinuvi
bevosita
yuz beradi.
Hayvon tabiat fermentlarini
aynan qabul qiladi. Hayvonlar tabiiy ne‘matlarning iste‘molchilari hisoblanadilar
yoki o‗zlari boshqa organizmlar uchun iste‘mol ob‘ektlari bo‗lib xizmat qiladilar.
Iste‘mol qilinadigan ob‘ektlarni yaratishda ular ishtirok etmaydilar va tayyor oziq-
ovqat zahiralarini eb bitirish bilangina kifoyalanadilar.
Ikkinchidan, bevosita iste‘mol qilish munosabati jarayonni tabiiy-biologik
chegaradan hech qachon chetga chiqarmaydi. Har bir yangi iste‘mol akti sifat
jihatidan ayni bir jarayonni takrorlaydi. Mazkur jarayon takrorlanganda tabiatning
o‗zidagi tabiiy o‗zgarishlar (o‗sish, biologik turning ko‗payishi,
tabiiy muhitning
stixiyali o‗zgarishlari)dan boshqa hech narsa yuz bermaydi. Ushbu iste‘mol
322
aktining oxirida dastlabki munosabatning ikki ishtirokchisi – muayyan biologik tur
va tabiiy muhit o‗rtasida biron-bir yangi voqelik yuzaga kelmaydi. Jarayon ayni bir
makonda, tabiiy-biologik munosabat doirasida aylanadi.
Odamlarning tabiiy muhitga bo‗lgan munosabati butunlay boshqacha
xususiyatga ega. Ammo bu yangi munosabat yuzaga kelishi va tabiiy-biologik
iste‘mol chegarasi buzilishi uchun rivojlanish jarayonida sakrash yuz berishi lozim.
Antropolog olimlar mazkur jarayonni tadqiq etgan va arxeologiya ma‘lumotlariga
tayangan holda ikki sakrash nazariyasini yaratganlar va shu tariqa «etishmayotgan
bo‗g‗in» muammosining o‗z echimini taklif qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: