Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

 
 
 
 
 
 
 
 
 


274 
 
 
2 BO‗LIM. INSON BORLIG‗I 
 
JON INSON MAVJUDLIGINING ASOSI 
 
Jon haqidagi falsafa
. Ong qaerdan paydo bo‗lgan, degan savolga javobni 
inson qadim zamonlardayoq izlay boshlagan. Insoniyatning eng buyuk 
mutafakkirlari ko‗p asrlar mobaynida ong tabiatini aniqlashga harakat qilganlar. 
Ammo fikrlash, his qilish, baholash qobiliyati uzoq vaqt «jon» deb atalgan. Burjua 
jamiyatining shakllanish davridagina Evropa falsafasida jon tushunchasidan ong 
kategoriyasiga o‗tish amalga oshgan.
«Jon»ni antik yunonlar kashf etganlar degan fikr mavjud. Biroq ma‘rifat 
davrida fransuz faylasufi Volter o‗zining «Jon haqida» deb nomlangan risolasida 
jon tushunchasi qadimgi hind braxmanlarining tafakkuri mahsuli bo‗lsa kerak, 
degan farazni ilgari suradi. Uning fikricha, braxmanlar inson joni uning o‗limidan 
keyin tanadan ajralib chiqishi va o‗z hayoti bilan yashashiga ishonganlar. Jonning 
bir tanadan boshqa tanaga o‗tishi – «metempsixoz»ni ham ular o‗ylab topganlar. 
Ilk yunon donishmandlari, shu jumladan Pifagorning Hindistonga sayohatlari 
natijasida jon haqidagi ta‘limot va uning bir tanadan boshqa tanaga ko‗chishi 
haqidagi mif Evropaga kirib kelgan. Evropada ma‘lum bo‗lgan eng qadimgi 
muallif – Gomer o‗z davriga xos bo‗lgan jon haqidagi tasavvurni aks ettirgan. Jon 
ko‗zga ko‗rinmaydigan va qo‗l bilan ushlab bo‗lmaydigan havodek engil narsa deb 
hisoblangan. Tana halok bo‗lganda jon uni tark etgan
1

Ong va jonning tenglashtirilishi
. Atrof muhitda, o‗z ichki dunyosida yuz 
berayotgan o‗zgarishlarga odamlar qadim zamonlardayoq e‘tibor berganlar. Bu jon 
va ruh haqidagi mulohazalar paydo bo‗lishiga olib kelgan. SHu tariqa bashariyat 
tarixida animizm - odamlar, hayvonlar hayoti, narsalar va hodisalarga jon va ruhlar 
ta‘sir ko‗rsatishiga bo‗lgan e‘tiqod paydo bo‗ldi, shu asnoda shakllangan dunyo 
haqidagi tasavvurlar keyinchalik u yoki bu tarzda turli dinlar negizini tashkil etdi.
Jon haqidagi ilk falsafiy tasavvurlar odatda muayyan birinchi asoslar (havo, 
olov, atomlar harakati va sh.k.) bilan bog‗langan va shaxssiz bo‗lgan, ya‘ni inson 
tabiatining betakrorligi, uning individualligi bilan tenglashtirilmagan. Suqrotdan 
oldingi falsafa to‗laligicha shunday xususiyatga ega bo‗lib, bu erda ideallik 
tushunchasini deyarli uchratmaymiz. Masalan, olovni oqil va olijanob, suvni – 
tuban asos deb hisoblagan Geraklit jon (psixeya) olov yoki suvdan iborat bo‗ladi, 
degan g‗oyani ilgari suradi. Olov ko‗proq bo‗lgan «quruq» jonni - eng oqil va 
maqbul deb hisoblaydi. Jon namlangach, o‗z kuchini yo‗qotadi, ho‗llangach esa – 
halok bo‗ladi. SHu sababli jon olovi kuchliroq yonishi uchun faol ma‘naviy va 
aqliy hayot kechirishga harakat qilish lozim. O‗z navbatida ayrim kishilarning 
jonlari butun dunyoning birinchi sababi hisoblanadigan va uni boshqaradigan 
dunyoviy aql olovi – «logos» bilan bog‗liq.
Suqrot va Platon moddiy va ideal hodisalarni farqlagan. SHuningdek, Platon 
Evropa falsafiy an‘anasida ideal asosni qayd etibgina qolmasdan, balki undan 
1
Қаранг: Вольтер. Философские сочинения. – М., 1989. – 542-б.


275 
moddiy asosni ham keltirib chiqargan birinchi faylasuf hisoblanadi. Ayrim inson 
ongi esa, Platon fikriga ko‗ra, uning joni bilan bevosita bog‗lanadi. Bu o‗lmas jon 
u yoki bu tanaga, tana tug‗ilgunga qadar o‗z «zindoni»ga tushgandek kirib 
joylashadi va u o‗lganidan keyin esa boqiy g‗oyalar dunyosida mushohada yuritadi 
va shu tariqa ularni o‗rganib yashaydi. Platon ruhiy hodisalarni tuyg‗ular dunyosi 
(sezish va idrok etish) va intellektga ajratadi. Intellektda u aql va idrokni farqlaydi. 
Bunda sof g‗oyalar bilan ish ko‗ruvchi aql fikrlashning formal usullari bilan 
bog‗liq (masalan, matematikada) idrokka qaraganda yuksakroq hodisadir. SHuni 
alohida ta‘kidlash lozimki, keyinchalik falsafada ideal narsalar va hodisalarni 
tushunishga nisbatan ko‗p sonli har xil yondashuvlar paydo bo‗ldi, ammo ularning 
barchasi ideallikni moddiylik va ko‗lamlilikka qarshi qo‗yadi. 
Aristotelning «Jon haqida» risolasini qadimgi yunon faylasuflarining ong 
haqidagi falsafiy mulohazalarining muayyan yakuni deb hisoblash mumkin. Bu 
erda jon tananing mohiyati, uning uyushtiruvchi tamoyili sanalsa-da, lekin aql 
ichki faolligining in‘ikosiga emas, balki kosmos hayotining umumiy qonunlariga 
bo‗ysunadi.
O‗rta asrlar Evropa falsafasi «din cho‗risi»ga aylanib, ong haqidagi 
masalaga butunlay o‗zgacha nuqtai nazar bilan yondashdi – uni abadiy mavjud 
bo‗lgan dunyoni, shu jumladan inson va uning jonini yo‗qlikdan yaratgan 
Xudoning yagona dunyoviy asos sifatidagi talqini bilan bog‗ladi. Bu ta‘limotga 
binoan inson aqli ilohiy aqlning bir zarrasi sifatida muayyan darajada o‗zini o‗zi 
bilish, o‗zini o‗zi tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‗lsa-da, ongning bu faoliyati 
Tangrini bilish va u bilan muloqot qilishga qaratilgandir. Ongning mazkur 
ob‘ektiv-idealistik talqini bilan bir qatorda o‗rta asrlarda ongni «fikrlovchi 
materiya»dan keltirib chiqargan materialistik an‘anada ham uzilish yuz bergani 
yo‗q. Bunday qarashlarga SHarq falsafasi (Ibn Sino, Ibn Rushd) o‗z ta‘sirini 
ko‗rsatgan evropalik ayrim faylasuflar Duns Skot, brabanlik Sigerning asarlarida 
duch kelish mumkin.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish