253
Informatsion maydon ob‘ektning davomiga aylanadi, binobarin, u ob‘ektning
xususiyatini o‗rganishda hisobga olinishi lozim.
G.SHvebs axborot maydonlarining o„ziga xos xususiyatlari ustida mulohaza
yuritar ekan, materiya (ob‟ekt)ning mohiyatini aks ettiruvchi va boshqa
informatsion maydonlar bilan bog„lovchi bo„g„in bo„lib xizmat qiluvchi birlamchi
informatsion maydonni va shu jumladan golografiklik va fraktallik bilan
tavsiflanuvchi singulyar informatsion maydonni ajratishni taklif qiladi.
Axborot maydonlarining quyidagi tiplari farqlanadi:
bo‗lg‗usi voqealar kodini tashuvchi axborot maydoni;
kosmik axborot maydoni;
geoaxborot maydoni (kosmik informatsion maydonning erdagi in‘ikosi;
gelioaxborot maydoni;
galaktik axborot maydoni
1
.
Axborot maydonlari tabiatini tushunishga ob‘ektning o‗z nurlanishi
nazariyasi ayniqsa yaqin keladi. Biomaydon organizm nurlanishlari majmuidan
iborat bo‗lib, biolokatsiya metodlari (romlar, mayatniklar va sh.k.) yordamida qayd
etiladi. Biomaydonning maxsus komponenti sifatida psi-nurlanish amal qiladi. U
shunday bir chegaraga egalik bilan tavsiflanadiki, bu chegara ortida u mavjud
bo‗lmaydi. Jonsiz ob‘ektlar uchun psi-maydon uning yuzasidan 0,5-0,6 m ni, inson
uchun uning tanasi sirtidan (o‗rta hisobda) 2,5-2,6 m ni qamrab oladi. Psi-maydon
pilla shakliga ega, organizm funksiyalarining buzilishi chiqindilar tashlanishiga va
pillaning qarama-qarshi tomonida botiqlar paydo bo‗lishiga olib keladi,
degan
tasavvur vujudga kelgan. Inson psi-maydonining anomaliyalarini aniqlash va
bartaraf etish muhim vazifa bo‗lib, uni echish insonning sog‗lig‗i va ish
qobiliyatini quvvatlash uchun zarur. SHu bilan bir vaqtda tadqiqotchilar sun‘iy psi-
maydonlar paydo bo‗lishi va faoliyat ko‗rsatishining salbiy oqibatlari muammosini
ham qayd etadilar. F.YUsupov «Tabiiy psi-maydonlar mavjudligi jonli
mavjudotlar yashaydigan muhitning xossalaridan biridir,-deb ta‘kidlaydi. – Jonli
materiya o‗z tadrijiy rivojlanishining millardlab yillari mobaynida bu maydonlarga
moslashgan. Sun‘iy psi-nurlanishlar bu moslashuvga putur etkazadi. Sun‘iy psi-
nurlanishlar generatorlari (televizorlar va kompyuterlar)ning odamlar yashaydigan
joylarga keng miqyosda ekspaniyasi qo‗qqisdan yuz berishi va ko‗p
vaqtga
cho‗zilmasligi (taxminan 50 yil) bilan ajralib turadi. Bu muddat ichida irsiy yo‗l
bilan avloddan-avlodga o‗tuvchi himoya mexanizmlari shakllanib ulgurmaydi»
2
.
Hozirgi
zamon
fani
kvant-mexanik
effektlar
asosida
axborotni
kanallashtirishning turli tiplari mavjud bo‗lishi mumkin degan qoidani qabul
qiladi. Bu erda tegishli kodlar yoki filtrlar mavjudligi ayniqsa muhim ahamiyat
kasb etadi. Jumladan, G.YUng qayd etgan jamoa ongsizligi miyaga bevosita
semantik maydondan muayyan kanal orqali keluvchi axborotni o‗z-o‗zidan
taroziga solib ko‗rishni ta‘minlovchi tug‗ma kodlar yoki filtrlar to‗plami sifatida
tushunilishi mumkin. Ongli matnning shakllanish
bosqichi mavjud emas, lekin
ba‘zan anglash jarayoni individual ong osti sohasida kodlangan dastur bilan o‗zaro
1
қаранг: Швебс Г.И. Холистическая научно-эзотерическая доктрина мироздания // Сознание и физическая
реальность. – М., 1998. №5. – 7,11-б.
2
Юсупов Ф. О феномене пси-излучения // Сознание и физическая реальность. – М., 1998. №6. – 63-б.
254
ta‘sirga kirishish natijasida yuz berishi mumkin. Bunday jarayonlar uchun javob
beradigan va sinergetikadagi attraktor tushunchasi bilan ayniy bo‗lgan struktura
ezoterikada egregor
deb ataladi. Egregorning boshqacha talqini ham mavjud bo‗lib,
u antik an‘anaga yaqin turadi: bu erda u Kosmik Logos sifatida tushuniladi.
Egregor (jamoa ongi) individdan tortib etnosga qadar bo„lgan har bir sistemali
tuzilmaga mosdir, deb hisoblanadi.
U muntazam boshqaruvchi va yo‗l
ko‗rsatuvchi harakatga ega. Egregor yo‗l ko‗rsatuvchi struktura, har bir xalqqa xos
bo‗lgan funksional omil sifatida tushuniladi
1
. SHu ma‘noda etnos egregori o‗zidan
sotsium energetikasini o‗tkazadi va o‗ziga xos bo‗lgan
funksiyalarni hamda
o‗zidan lozim darajada foydalanish shakllarini tanlaydi.
Energiya axborot almashinuvi mexanizmi kontekstida Eynshteyn –
Podolskiy – Rozen paradoksining oqibatlari ustida mulohazalar alohida ahamiyat
kasb etadi. V.Erekaev qayd etishicha, paradoksning mohiyati shundan iboratki,
o‗zaro ta‘sirga kirishgan va uzoq masofaga tarqalgan ikki kvant zarrasiga nisbatan
bir zarra xossalarining o‗zgarishi, kvant mexanikasi qonunlariga binoan, ikkinchi
zarraning o‗zgarishiga sabab bo‗ladi. O‗zaro ta‘sirga
uchinchi zarra kirishsa,
birinchi zarra o‗zining dastlabki «sherigi» - ikkinchi zarra bilan yuz bergan
o‗zgarishlarni «his etishi» va o‗z ko‗rsatkichlarini o‗zgartirishi lozim. Uchinchi
zarra ayrim to‗rtinchi zarra bilan o‗zaro ta‘sirga kirishsa, Eynshteyn – Podolskiy –
Rozen paradoksining effektiga ko‗ra, ikkinchi zarra bundan ta‘sirlanishi va o‗z
ko‗rsatkichlarini o‗zgartirishi darkor. U o‗zgarganidan so‗ng birinchi zarrada ham
o‗zgarishlar yuz berishi lozim va h.k. Bu mikrodunyoda muayyan turdagi
«zanjirli» o‗zaro ta‘sirlar mavjudligini anglatishi mumkin. Bunday zanjir qay
darajada uzun bo‗lishi mumkin? Agar u cheksiz bo‗lsa, har bir zarra o‗zaro ta‘sirlar
bo‗yicha o‗z sheriklarini va o‗zining tug‗ilgandan boshlab tarixini «yodda
saqlashi» kerak. Mazkur holat «teleonomizm» terminidan foydalanib muhokama
qilinadi. «Bu
effektlar natijasida, - deb qayd etadi V.Erekaev, - birinchi zarra
tashqi (makroskopik) kuzatuvchi nuqtai nazaridan o‗z ko‗rsatkichlarini muntazam
ravishda spontan va sababsiz o‗zgartirishi lozim. Aslida u o‗zining o‗zaro ta‘sirlar
bo‗yicha oldingi sheriklari holatlarining o‗zgarishlarini pinhona va ziyraklik bilan
kuzatadi. Bu erda makroasboblar bilan ko‗rib bo‗lmaydigan sababiy bog‗lanishlar
yoki «korrelyasiya zanjirlari» ishlaydi»
2
.
Bu va boshqa ko‗pgina innovatsion gipotezalar energoinformatsion
jarayonlarni tushunish va ulardan insoniyatning gumanistik rivojlanishi
maqsadlarida foydalanish uchun keng yo‗l ochadi. Hozirgi informatsion-energetik
o‗zaro ta‘sirlar tizimida yozilmagan qonunlar maqomiga ega bo‗lgan bir qancha
qoidalar mavjud:
1. Axborot-energiya o‗zaro ta‘sirlarning barcha texnikalari mutlaq emas,
balki nisbiy xususiyat kasb etadi. Ularni real axborot-energetik
qobiliyatlarga ega
bo‗lgan, kasbiy tayyorgarlikdan o‗tgan, yuksak ma‘naviy burch hissi va ruhiy
barqarorlik bilan tavsiflanadigan kishilar ishga solishlari mumkin.
1
қаранг: Файдыш Е.А. Природа времени. Связь между настоящим и будущим // Сознание и физическая
реальность. – М., 1998. №4. – 5-б.
2
Эрекаев В.Д. Некоторые следствия парадокса Эйнштейна – Подольского – Розена // Смирновские чтения.
Международная конференция. – М., 1999. – 211-б.
255
2. Axborot-energetik o‗zaro ta‘sirlar amalga oshishining ishonchlilik
darajasi yuz foiz emas. U Inson – Er – Kosmos sistemalarining uchalasida ham
tashqi omillar hamda operatorning holatiga bog‗liq bo‗ladi.
3. Axborot-energetik texnikalar inson ongi bilan bog‗liq bo‗lgani bois, bu
ongga destruktiv ta‘sirlardan himoya zarur. Mehr-muhabbat,
yaxshi niyatlar
haqidagi da‘volar o‗z-o‗zidan shaxs va jamiyat psixosferasi uning «shifokorlari»
tomonidan buzilishidan himoyalovchi vosita bo‗lib xizmat qilmaydi. Amaliyot
sinovidan o‗tgan, tabobatda esa – uzoq vaqt barqaror natijalar bergan vositalargina
shaxs va jamiyat tafakkurini himoyalashni yuksak darajada kafolatlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: