246
Jonsiz tabiatdagi in‟ikosga tanlash xususiyati va kumulyativlik, ya‟ni oldingi
ta‟sirlarning izlarini saqlash xosdir
. In‘ikosning tanlash xususiyati o‗zaro ta‘sirga
kirishuvchi ob‘ektlarning o‗ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Masalan,
kimyoviy element boshqa har qanday element bilan emas, balki tanlash va ajratish
asosida kimyoviy reaksiyalarga kirishadi hamda birikadi. Tabiatdagi
ayrim
predmetlar ekranlashtirish xossalariga ega bo‗ladi va elektromagnit to‗lqinlarni aks
ettiradi, ayrim predmetlar esa bunday xossalarga ega bo‗lmaydi. Kumulyativlik –
oldingi ta‘sirlarning izlarini saqlash tizimning eskirishi haqida hukm chiqarish
imkonini beradi. Aks ettiruvchi tizim oldingi ta‘sirlarni «yodda saqlaydi» va
o‗zining keyingi faoliyatida ularni hisobga oladi.
Jonlining jonsizdan farqi haqida gapirganimizda, biz XIX asrning ikkinchi
yarmida yuzaga kelgan, ammo hozirgi
zamon fani inkor etmagan, balki
mufassallashtirgan hayotning universal ta‘rifini eslaymiz: «Hayot – bu oqsilli
jismlarning mavjudlik usulidir». Oqsillar, aminokislotalar, nuklein kislotalar
tiriklikning eng muhim unsurlari hisoblanadi. Ko‗payish, o‗sish va moddalar
almashinuvi tirik organizmlarning o‗ziga xos xususiyatidir. O‗z-o‗zidan ko‗payish
qobiliyati kimyoviy reaksiyalarning jonsiz tabiatda
uchramaydigan turi bilan
ta‘minlanadi va matritsali sintez deb ataladi. V.A.Engelgardt jonli sistemalarning
yana bir muhim xossasi – «xaosdan tartib o‗rnatish» qobiliyatini, ya‘ni hayot
jarayonlarining entropiyaga zid xususiyatini qayd etadi. Tirik organizmlar
molekulalarning xaotik issiqlik harakatini tartibga solishga qodir.
Jonli tabiatda in‟ikos oddiy bir hujayralilar va o„simliklarning
ta‟sirlanuvchanligi, asab hujayralarining ta‟sirchanligi ko„rinishida, shuningdek,
hayvonlar darajasida ularning xulq-atvorini tartibga solishni ta‟minlovchi psixik
in‟ikos ko„rinishida mavjud bo„ladi.
Biologik in‘ikos shunday bir xossaki, usiz
hayvonlar o‗z mavjudlik sharoitiga moslasha olmaydi. Ma‘lumki, ayrim
o‗simliklarning barglari doimo yorug‗lik manbai tomonga – nurlar ularga 90
gradusga intiluvchi burchak ostida tushadigan tarzda qarab o‗sadi. Kungaboqar
boshchasi quyosh tomonga o‗girilib o‗sadi. SHunga o‗xshash hodisalarni ildiz
sistemasining o‗sishida ham kuzatish mumkin. Oziqlanish va suv ta‘minoti shart-
sharoitlari optimal bo‗lgan joyda ildiz yaxshi o‗sadi.
Mimikriya hodisasi jonli tabiatdagi in‟ikosning o„ziga xos shakli
hisoblanadi. Jonli sistemalar in‟ikosining mazkur shakli mavjudlikning muayyan
shart-sharoitlariga yaxshiroq moslashish imkonini beradi
.
Turli hayvonlar ularni
ko‗zga ko‗rinmas qilib qo‗yadigan yoki ularning dushmanlarini hurkitadigan shakl,
tus yoki holatga kirganida mimikriya hodisasi yuz beradi.
Biologik in‟ikosda ikki jarayon kuzatiladi. Birinchi – in‟ikosda aks etayotgan
narsani in‟ikosning barcha (tubanroq) shakllariga xos bo„lishi mumkin bo„lgan
tuzilishi o„z ifodasini topadi
. Masalan, issiqlik ta‘sirida har qanday jism, shu
jumladan, organizm qiziydi.
Ikkinchi - aks etayotgan narsaning o„ziga xos
xususiyatlari in‟ikosning jonli tizimlargagina xos bo„lgan alohida jarayonlari
bilan bog„lanadi.
Keltirilgan jarayonga tatbiqan aytish mumkinki, organizmning
nafaqat qizishi, balki uning suvsizlanishi ham yuz beradi. O‗simlik suvni
bug‗lantiradi,
inson terlaydi, uning butun ichki sistemalari normal faoliyati
o‗zgaradi. I.Pavlov fikriga ko‗ra, har qanday in‘ikos ikki asosiy komponentdan
247
tashkil topadi: birinchi – tashqi komponent predmetlar o‗rtasidagi reaksiyalar
shaklida namoyon bo‗ladi; ikkinchi – ichki komponent o‗zaro ta‘sirlar natijasida
yuzaga keluvchi ichki holatlar, izlar shaklida mavjud bo‗ladi
1
.
Biologik in‟ikos ta‟sirlanuvchanlik va ta‟sirchanlik bilan tavsiflanadi.
Sezgi
psixik in‘ikosning asosiy shakli hisoblanadi.
Organizm asab sistemasiga ega
bo„lgan holdagina psixik in‟ikos to„g„risida so„z yuritish mumkin.
Sezgi
organizmning xulq-atvoriga ta‘sir ko‗rsatuvchi sub‘ektiv, ichki holat sifatida amal
qiladi, lekin organizm uchun muhim omillarni ob‘ektiv aks ettiradi.
In‟ikosning psixik shakliga
sezgi bilan bir qatorda instinktlar, shartli
reflekslar, idrok etish, emotsiyalar, fikrlash kiradi
. Instinkt mazkur turning hamma
ko‗rinishlarida bir xil bo‗lgan murakkab tug‗ma xususiyat sifatida amal qiladi.
Lekin instinkt juda tor doiradagina maqsadga muvofiqdir. Asalarilar shaklan va
mustahkamlik jihatidan mukammal bo‗lgan mumkataklar yasaydi. Lekin katak tubi
qirqib olib tashlansa, asalari bunga e‘tibor bermaydi va katakka asal quyishda
davom etadi. Tirik organizm darajasidagi in‘ikosning o‗ziga xos xususiyati
shundan iboratki, jonli sistemalarda aktual in‘ikoslar
tarzida yuz beruvchi
o‗zgarishlar individlar tajribasida va turlarning xossalarida saqlanib qoladi hamda
yig‗ilib boradi.
Sub‘ekt o‗zini qancha faol tutsa, u shuncha ko‗p predmetni aks ettiradi.
Masalan, qoyatosh to‗lqinlar ta‘sirida emiriladi, korall – organizm o‗sib boradi. U
suvdan oziq moddalarni o‗zlashtiradi. Bunda organizm ta‘sirga shunchaki javob
bermaydi, u atrof-muhitni o‗zgartiradi.
Materiya tuzilishining ijtimoiy darajasida in‟ikos
quyidagilarni o„z ichiga
oladi: a) o„z faoliyatini tartibga soluvchi individni ongli aks ettirish; b) fan, san‟at
hamda ijtimoiy ongning jamiyat hayotini aks ettiruvchi boshqa shakllari; v)
in‟ikosning inson sun‟iy sistemalar yaratuvchi texnika, bog„lanish va
boshqaruvdagi shakli alohida o„rin egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: