Нигинахон шермухамедова


Noosfera yoki insoniyat geologik kuch sifatida



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Noosfera yoki insoniyat geologik kuch sifatida.
Echimini topmagan 
ekologik muammolar xavfi kuchayishiga qarab odamlar tang vaziyatdan chiqish 
yo‗llari haqida ko‗proq bosh qotira boshlaydilar, uni bartaraf etish yo‗lida 
muayyan qadamlar tashlashga harakat qiladilar. SHu munosabat bilan to‗plangan 
tajribadan, o‗zgargan sharoitlardan o‗z vaqtida chiqarilgan to‗g‗ri xulosalar 
ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday muhim xulosalardan biri shundan 
iboratki, yaqin o‗tmishda ijtimoiy hayot ikki mutlaqo zarur shart: tirikchilik 
vositalarini uzluksiz ishlab chiqarish va insonning ko‗payishiga rioya etgan holda 
kechishi mumkin edi. Bunda tabiiy muhit go‗yoki oldindan berilgan bo‗lib, 
insonga nisbatan muayyan konstanta vazifasini bajarardi. Undan faqat foydalanish 
lozim edi.
Hozirgi davr bu tabiiy muvozanatga jiddiy tuzatish kiritdi. 
Endi ishlab 
chiqarishning yangi turi – tabiiy muhitning o„zini ishlab chiqarish va takror ishlab 
chiqarishga zarurat tug„ildi, bu esa inson nafaqat ijtimoiy jarayonlarda, balki 
o„ziga bo„ysunuvchi tabiiy jarayonlarda ham faol asosga aylanganini anglatadi. 
Jamiyat va tabiatning o‗zaro bog‗lanishida yuz bergan o‗zgarishlar mohiyati, 
shuningdek bunday o‗zaro bog‗lanishning istiqbollarini taniqli olim 
V.I.Vernadskiy
insonning tabiatni o‗zgartiruvchi faoliyati ta‘sirida biosferada dunyo miqyosida 
yuz bergan sifat o‗zgarishlariga birinchilardan bo‗lib e‘tiborni qaratdi va mazkur 
faollikning misli ko‗rilmagan miqyosi va shakllarini tahlil qilib, hozirgi bosqichda 
insoniyat qudratli geologik kuchga aylanadi, degan xulosaga keldi
1
.
Biosfera va noosfera mutanosibligi.
Noosferani biosferadan ajraladigan, 
mustaqil mavjud bo‗lgan alohida qobiq yoki borliqqa hech qanday bog‗lanishi 
bo‗lmagan sof nazariy konstruksiya sifatida emas, balki 
biosferaning bir holatdan 
boshqa holatga o„tishi, buning natijasida butunlay yangicha sifat kasb etishi
ma‘nosida tushunish lozim. Demak biosfera va noosferaning sof geografik 
parametrlari mos kelmaydi.
Inson raketalar, sun‘iy yo‗ldoshlar, orbital stansiyalar va boshqa kosmik 
texnikadan foydalanib, tabiiy shakllangan biosfera chegaralaridan tashqariga 
chiqadi, biroq, shu biosferaning tarkibiy qismi sifatida, u o‗zining mazkur harakati 
bilan biosfera chegaralari – uning yangi sifati chegaralarini ham kengaytiradi. Ayni 
vaqtda, jamiyat tabiat bilan o‗zaro aloqaga kirishib, biosferaga kirib boradi, uni 
yangicha mazmun bilan boyitib «ijtimoiylashtiradi». Biosfera ijtimoiy borliq 
doirasiga tobora kuchliroq «tortiladi», uning cheksiz rivojlanish va takomillashish 
jarayoni esa ijtimoiy jabhaga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Bunda tabiatning bir qismi 
bo‗lgan inson mazkur jarayonni to‗xtata olmaydi. Zero, buning aksi inson o‗z 
1
Қаранг: Вернадский В.И. Химическое строение бисферы Земли и ее окружения. – М., 1965. – С.328. 


216 
ijtimoiy borlig‗ini, binobarin, insoniy borlig‗ini ham to‗xtatishini anglatgan bo‗lur 
edi.
SHunday qilib, biosferaning noosferaga o‗tishi avvalambor inson o‗zining 
o‗zgartiruvchi faoliyatida «Ziyon etk azma» degan qoidaga so‗zsiz amal qilib, 
biosferaning ham, o‗z-o‗zining ham keyingi evolyusiyasi uchun butun 
javobgarlikni o‗z zimmasiga olishga majbur ekanligini anglatadi.
Bunday vazifani hal qilish uchun jamiyat hamda «jamiyat-tabiat» sistemasi 
haqida keng bilimlarga ega bo‗lish talab etiladi. Aslida, mazkur bilimlar falsafa, 
shuningdek, barcha tabiiy, ijtimoiy va texnik fanlarning mazmunini tashkil etadi. 
Bunda falsafaning aksiologik jihati - qadriyatlar va axloqiy ideallarni belgilash, 
axloqiy qoidalar va tamoyillarni ta‘riflash qobiliyati birinchi o‗ringa chiqadi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish