Нигинахон шермухамедова


Harakat shakllarining tasnifi



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Harakat shakllarining tasnifi.
Harakat shakllarini tasniflashda qaysi 
tamoyillarga rioya qilinishiga qarab bunday shakllarning har xil miqdori 
farqlanadi. XIX asrning saksoninchi yillarida materiya tashkil topishining turli 
darajalariga asoslanib, materiya harakatining besh asosiy shakli: 
mexanik, fizik, 
kimyoviy, biologik va ijtimoiy
harakatni qayd etgan. 
- mexanik harakat – turli jismlarning makonda bir joydan boshqa joyga 
ko„chishi: mayda zarralar harakati, katta jismlar, shu jumladan kosmik ob‟ektlar 
harakati, materiya harakatining mexanik shakli boshqa har qanday shaklga 
kiruvchi eng sodda shakl sifatida namoyon bo„ladi; 
- fizik harakat – elektromagnetizm, gravitatsiya, issiqlik, yorug„lik, ovoz, 
moddalar agregat holatining o„zgarishini, fizika o„rganuvchi issiqlik, yorug„lik, 
elektr kuchini qamrab oladi; 
- kimyoviy harakat – noorganik va organik tabiatdagi turli kimyoviy 
reaksiyalarni, kimyoviy sintez jarayonlarini o„z ichiga oladi;
- biologik harakat – jonli organizmlarda yuz beruvchi rang-barang biologik 
jarayonlar; - organik hayotni qamrab oladi. Ular tabiat sohasidagi asosiy shakllar 
hisoblanadi. Ulardan yuqorida yanada oliyroq soha – ijtimoiy-tarixiy jarayon 
mavjud; 
- ijtimoiy harakat – ijtimoiy o„zgarishlarni, shuningdek fikrlash 
jarayonlarini qamrab oladi.
Harakat shakllarining nisbiy mustaqilligi
. Harakatning har bir shakli 
nisbatan mustaqil bo‗lsa-da, ularning barchasi bir-biri bilan bog‗liq. Harakatning 
murakkabroq shakli o‗zidan oldingi soddaroq shakllar negizida vujudga keladi, 
ularning sintezi hisoblanadi, lekin ularning oddiy yig‗indisidan iborat bo‗lmaydi. 
Masalan, harakatning biologik shakli harakatning soddaroq fizik-kimyoviy 
shakllari negizida vujudga keladi, ularni o‗zining sharti sifatida o‗z ichiga oladi va 
harakatning oldingi shakllari bilan taqqoslaganda uning butunlay yangi shakli 
hisoblanadi. Xuddi shuningdek harakatning ijtimoiy shakli – kishilik jamiyatining 


160 
vujudga kelishi va rivojlanishi ham harakatning biologik va o‗zidan oldingi boshqa 
barcha shakllarini o‗zining sharti sifatida o‗z ichiga oladi, lekin ularning yig‗indisi 
emas, balki harakatning butunlay yangi shakli hisoblanadi.
Harakat shakllari o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarni to‗g‗ri tushunish 
murakkab ob‘ektlar va jarayonlarni ilmiy bilish uchun ulkan ahamiyat kasb etadi. 
Ko‗rsatilgan munosabatlar materiya harakati turli shakllarining o‗zaro ta‘siri bilan 
tavsiflanadi. Materiya harakati asosiy shakllarining keltirilgan tasnifi fan tabiat 
rivojlanishining teran aloqalarini endigina aniqlay boshlagan XIX asrning 
saksoninchi yillarida yaratilgan edi. O‗sha davrda hali ko‗p narsa noma‘lum, ko‗p 
narsalarni aniqlash lozim edi.
Fan rivojlanishining hozirgi tendensiyalarini kelajakka nisbatan tatbiq etib, 
insoniyat borliqning yangi shakllarini va harakatning yuqorida zikr etilganidan 
o‗zgacha usullarini kashf etishini ancha ishonch bilan taxmin qilish mumkin. Ayni 
holda shuni ta‘kidlash lozimki, har qanday sxemalashtirish, harakatning u yoki bu 
shakllari, tiplari, usullarini farqlash doim to‗liq bo‗lmaydi va borliqni bilishda 
erishilgan darajanigina aks ettiradi. Bunday sxemalarni mutlaqlashtirish 
yaramaydi. Zero ular bilishning muayyan maqsadlariga xizmat qiladi. Binobarin, 
ular muttasil rivojlanishi, ularga aniqlik kiritilishi, takomillashtirilishi lozim. 
Fan rivojlanishining hozirgi bosqichida harakat shakllarining yuqorida 
keltirilgan tasnifi to‗ldirish va aniqlik kiritishni talab qiladi. Kimyo, fizika, 
biologiyaning rivojlanishi, kompleks fanlarning paydo bo‗lishi materiya harakati 
shakllari rang-barangligining yagona talqini to‗g‗risida so‗z yuritish imkonini 
bermaydi. SHu sababli yangi tasniflar paydo bo‗ladi. Masalan, informatsion-
kibernetik harakat, astronomik harakat, galaktika doirasidagi harakat, galaktikalar 
o‗rtasidagi harakat tilga olinadi. Materiya harakati muammolarini yoritishda 
falsafaning asosiy vazifalari shulardan iborat. 
Harakatning shakllari bir-biri bilan uzviy bog‗liq bo‗lib, bunda har bir 
keyingi harakat o‗zidan oldingi harakatdan kelib chiqadi, unga asoslanadi, biroq, 
shunga qaramay, quyi shakl bilan bog‗lanmaydi. Harakatning murakkab shakllarini 
soddaroq shakllarga bunday bog‗lashga urinishlar falsafa tarixida «mexanitsizm», 
«reduksionizm» (lot. 
reductio
– ortga surish) degan nom olgan, harakat ijtimoiy 
shakllarini biologik shakllar darajasigacha soddalashtirish biologizatorlik 
konsepsiyalarida mavjud.
Dunyo, uning kelib chiqishi va rivojlanishi haqidagi hozirgi tasavvurlar 
nuqtai nazaridan ko‗rsatilgan shakllar harakatning mavjud va taxmin qilingan 
usullarining butun rang-barangligini aks ettirmaydi. Xususan, elementar 
zarralarning o‗zgarish jarayonlari, XIX asrda noma‘lum bo‗lgan mikro- va 
makrodunyo darajasidagi boshqa o‗zgarishlar materiya harakati mexanik, fizik va 
kimyoviy shakllarining o‗zaro nisbatiga doir masalani yangidan qo‗ymoqda. Bu 
erda mexanik shakl endi barcha fizik jarayonlar negizi sifatida qaralmaydi. 
Endilikda biologik harakat ham boshqacha tushunilmoqda: uning elementar 
zarralari, ilgari taxmin qilinganidek, oqsilli molekulalar emas, balki XX asrda 
kashf etilgan DNK va RNK hisoblanadi. Ayrim olimlar er po‗sti hamda Er ostida 
yuz berayotgan jarayonlar haqidagi hozirgi tasavvurlarga asoslanib harakatning 
geologik shaklini farqlamoqdalar. 


161 
Materiya harakatining geologik shakli mavjudligi haqidagi taxminni qabul 
qilsak, materiyaning mazkur shakli mexanik, fizik va kimyoviy o„zaro ta‟sirlarni 
o„z ichiga olgan dastlabki sintez sifatida amal qiladi.
Bu qadimgi ―xaos‖ 
kategoriyasida o‗z aksini topadi. Mazkur kategoriya nafaqat tartibga solinmaganlik 
va tartibsizlik dalili sifatida, balki stixiyali shakllanish tamoyili sifatida ham talqin 
qilinadi. Bu holda organik dunyo vujudga kelishidan oldingi tabiat mexanik, fizik 
va kimyoviy jarayonlarning olg‗a qarab rivojlanishidan emas, balki ularning 
umumiy, differensialanmagan o‗zaro ta‘siridan tashkil topadi. Ayni paytda bunda 
geologik va geografik omillar Erda hayot vujudga kelishi uchun tarixiy shart-
sharoit yaratgan, deb ta‘kidlash lozim. 
Zilzilalar Erning qattiq qobig‗ida katta siljish, sinish yoki o‗pirilishlar 
yuzaga kelishi va ta‘sir energiyasining tez tarqalishi natijasida ro‗y berishi 
haqidagi tadqiqotlar materiya harakatining geologik shakli mavjudligining dalili 
hisoblanadi. SHved olimlarining fikricha, er qobig‗i muttasil harakatdagi plitalar 
bloklaridan tashkil topadi. Ular bir-birining ustiga chiqib, sunami va zilzilaga 
o‗xshash tabiiy anomaliyalarni vujudga keltiradi. Masalan, SHveysariya ikki plita 
– Afrika va Evropa plitalari tutashgan erda joylashgan. Afrika plitasi yiliga 6-11 
mm\tezlikda siljib, SHveysariyaning hududiy yo‗qotishlari «sababchisi» 
bo‗lmoqda. Qadimgi Ural ham har yili 3-5 sm\ tezlikda G‗arbiy Evropaga 
yaqinlashmoqda.
Qadimgi olimlar er qobig‗ining harakatini ustki suvlar va er ostidagi issiqlik 
faoliyati bilan tushuntirganlar. Dunyoviy moddaning harakati kosmik sabablar 
ta‘sirida ham yuz bergan, jumladan, olis o‗tmishda Er vujudga kelganidan keyin 
uning yuzasi ulkan asteroidlar urilishidan larzaga kelgan, suvning 1,5 kmg‗gacha 
balandlikka ko‗tarilishi esa relefni buzgan, degan fikrlar ham bor.
Ba‘zan «materiya harakatining geologik shakli» tushunchasi boshqa 
sayyoralarga nisbatan tatbiq etilgan. Bunday taxmin harakatning universalligini 
namoyish etgan, ammo bu aynan Er sayyorasini ko‗rsatuvchi va unda zarur 
komponentlar: suv, kislorod, mo‗‗tadil harorat rejimi mavjudligini nazarda 
tutuvchi «geo» atamasiga zid bo‗lgan. Ushbu komponentlar majmui boshqa 
sayyoralarda uchramasligi mazkur fikrning isboti sifatida talqin qilish imkonini 
beradi.
Sobiq ittifoq davrida materiya harakati shakllarining besh a‘zolik tasnifiga 
jiddiy aniqliklar kiritishga harakat qilindi. Masalan, B.Kedrov taklif qilgan 
materiya harakati shakllarining tasnifi, ayniqsa, keng tarqaldi. U harakatning 
quyidagi olti asosiy: subatom-fizik harakat, kimyoviy harakat, molekulyar-fizik 
harakat, geologik harakat, biologik harakat, ijtimoiy harakat kabi shakllarini qayd 
etdi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish