Buning ma’nosi shuki, ilgarilari o‘quv jarayonida o‘quvchilarga emas, balki o‘qituvchining roliga ko‘proq e’tibor berilar edi. Albatta, o‘qituvchi ham juda muhim, ammo tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, agar o‘quvchilarga yangi til materialini mashq qilish va amalda qo‘llab ko‘rishga imkoniyat berilsa ular samarali muloqot qilishni ko‘proq o‘rganadilar. Shunday qilib, New Fly High da ishlatilgan o‘quvchiga yo‘naltirilgan uslubning maqsadi o‘quvchini sinfxonada sodir bo‘ladigan ko‘p narsalarning diqqat markaziga qo‘yishdir. Shu sababli New Fly High juftlik va guruhlarda ishlash orqali yangi tilni tabiiy qo‘llashga o‘quvchilarni ruhlantiradigan ko‘pdan-ko‘p mashqlar, bahslar, ijodiy ishlar va o‘yinlarni o‘z ichiga oladi. Albatta, Siz hanuz yangi so‘z va grammatikani o‘quvchilaringizga tanishtirishingizga to‘g‘ri keladi, lekin o‘quvchiga yo‘naltirilgan sinfxonada Siz juftlik va guruh ishlarini tashkil qilish va boshqarishga ham ko‘p vaqt sarflaysiz.
O‘quvchiga yo‘naltirilgan sinfxonani tashkillashtirish
O‘quvchilaringiz tez-tez juftlik, uchlik va to‘rtliklarda ishlaydi, shuning uchun oldindan darsni va bu guruhlarni qanday tashkil etish xususida o‘ylab ko‘rishga to‘g‘ri keladi. O‘quvchilar bir necha marta guruhlarni tashkil qilib ko‘rgandan so‘ng, ularni eslab qoladi va tezlikda guruh tashkil etishga o‘rganib qoladi.
Quyida qo‘zg‘almas partalar joylashgan sinfxonada juftlik, uchlik va to‘rtlik guruhlarni tashkil qilish yuzasidan ba’zi takliflar keltirilgan. Diagrammada a Bu yerda o‘n ikkita o‘quvchi vazifa bajarishmoqda, o‘qituvchi esa tinglamoqda. Qora nuqtalar har bir juftlikning e’tibor qaratadigan joyini ko‘rsatib turibdi. b Bu yerda ham shu o‘n ikki o‘quvchi juftlikda vazifa bajarishmoqda, ammo ular bu safar o‘z o‘tirgan joylarini o‘zgartirmasdan yangi sherik bilan juft bo‘lib ishlamoqdalar. O‘qituvchi yordamlashmoqda.
c Bu yerda ham shu o‘n ikki o‘quvchi, faqat ular endi uchlik guruhda vazifa bajarishmoqda. Ular hali ham o‘z o‘tirgan joylarini o‘zgartirgani yo‘q. O‘qituvchi uchlik guruhlardan birini tinglamoqda. d Bu to‘rtlik guruhda o‘quvchilar o‘z qarshisida turgan o‘quvchi bilan ikki kishilashib vazifa bajarmoqdalar. O‘quvchilarda ikkitasi o‘z joylarini o‘zgartirib, to‘rtlik guruh hosil qilishgan. O‘qituvchi, dars davomida keyinroq o‘quvchilarga yordam berish maqsadida, yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘ziga qayd qilib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |