Har bir tajribali o‘qituvchi o‘zining uy vazifalarini tekshirish usullariga ega. Quyida tajribasi yo‘q o‘qituvchilarga bir necha tavsiyalar berildi.
Qanday qilib? Uy vazifasini tekshirishning bir necha usullari bor.
An’anaviy usul O‘qituvchi bolalarning ishlarini oladi va xatolarni to‘g‘rilab chiqadi.
Noan’anaviy usulO‘qituvchi ikki rangli ruchka yoki qalamlardan tekshirish uchun foydalanadi.
Yashil rang — ogohlantirish.
O‘quvchi birinchi marta xato qilganda Siz uning tagiga yashil rang bilan chizasiz. Bunda o‘quvchilar qilingan xato ustida ishlashadi.
Qizil rang —yomon.
O‘quvchining xatosi ko‘p mashqlarda takrorlansa uning tagiga qizil ruchka bilan chizing. Bunda o‘quvchilar xato ustida qattiq ishlashi kerak. Xatolarni o‘zingiz tuzatishingiz mumkin, lekin o‘quvchilarga uni o‘zlari qilishga imkon bersangiz yaxshiroq bo‘ladi. Quyidagi belgilarni hoshiyaga yozish orqali Siz o‘quvchilarga o‘z xatolarini tuzatishga yordam berasiz: Gr – grammatik xato;
Sp – orfografik xato; WO – so‘z tartibida xato; P – imloda xato d O‘z-o‘zini tekshirish usuli O‘quvchilar berilgan namunaga qarab o‘z xatolarini tekshiradi (m-n.: o‘qituvchi o‘quvchilardan so‘raydi va to‘g‘ri javoblarni doskaga yozadi.)
e O‘zaro tekshirish usuli O‘qituvchi o‘quvchilardan ishlarini almashtirishlarini va ularga berilgan namuna asosida xatolarni tuzatishni so‘raydi.
Qachon? a O‘quvchilar sinf mashqlarini bajarayotgan paytlarida Siz sinfni tezda aylanib, uy vazifalarni ko‘rib chiqasiz.
O‘quvchilarda ikkita ish daftari bo‘lsa yaxshi bo‘lardi. Bittasi sinf ishi uchun, boshqa biri uy vazifalari uchun. b Ijodiy ish davomida uy vazifalarni baholashingiz mumkin.
d O‘quvchilarning ishlarini baholash uchun daftarlarni uyga olib ketishingiz mumkin. O‘quvchilarning ishlarini yig‘ib olish juda muhim chunki:
Bir haftada uch soat darsga qo‘shimcha berilgan uy vazifalarini bajarish orqaligina o‘quvchilar yaxshi natijalarga erishishadi. Agar Siz uy vazifalarini tekshirmasangiz, o‘quvchilar uni bajarishni to‘xtatib qo‘yishadi.
O‘quvchilar o‘rgangan bilimlarini uy vazifasida ishlata turib xato qiladilar. Agar Siz bu xatolarni topishda ularga yordam bersangiz, har bir xato ular uchun o‘rganish imkonini beradi. Agarda ko‘rsatmasangiz, ular o‘rganish imkonini qo‘ldan boy beradilar, hattoki xato bir narsani o‘rganishlari mumkin!
O‘quvchilarning o‘zlashtirishini ko‘rishingiz mumkin.
O‘quvchi bilan yakkama-yakka ishlashingiz mumkin.
O‘quvchilarni ko‘rgazma, musobaqalar qilishga rag‘batlantirishingiz mumkin.
U o‘quvchilarning ota-onalari bilan ishlashga yordam beradi.